Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
11 §. Eukariot hujayralar
hujayrasi tarkibida haqiqiy yadroga ega bo‘lgan organizm- larni eukariotlar deyiladi. eukariot yunoncha “eu” — haqiqiy, “karion” — yadro degan ma’noni anglatadi. eukariot hujayralar prokariot hujayralarga nisbatan murakkab tuzilgan va xilma-xil bo‘ladi. eukariotlarda o‘ziga xos tuzilishga ega ma’lum vazifalari- ni bajaradigan organoidlar mavjud. Turli-tuman organizmlarning eukariot hujayralari o‘zining tuzi- lishi jihatdan murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi (18- rasm). hujayralar bajaradigan vazifalari va shakliga qarab turli-tu- man: yumaloq (tuxum va yog‘ hujayralari), yulduzsimon (biriktiruv- chi to‘qima hujayralari), o‘simtasimon (nerv hujayralari), amyo- basimon, ya’ni shaklini o‘zgartiruvchi (leykotsitlar va ayrim birik- tiruvchi to‘qima hujayralari) ajratish mumkin. hujayralar turlicha katta-kichiklikka ega. ko‘p hollarda ular juda kichik bo‘lib, 10–100 mikrometr (mkm, 1mkm – 0,001 mm) ga teng. Biroq juda katta hujayralar ham mavjud. Masalan: tarvuz http:eduportal.uz 34 HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT II BO‘LIM hujayralarini oddiy ko‘z bilan kuzatish mumkin. eng katta hujayra- larga qushlarning tuxumi misol bo‘ladi. hujayralar katta-kichikligiga qarab turli xil og‘irlikka ega. Ma- salan, tuyaqush tuxumining og‘irligi 100 g dan 1,5 kg gacha bora- di. Qizil qon tanachalari (eritrositlar)ning og‘irligi esa 10 ~9 g (ya’ni, 0, 000 000 001 g) ga teng. eukariotlarga sodda hayvonlar, zamburug‘lar, o‘simlik va hay- vonlar kiradi. eukariot hujayralar prokariotlarning murakkabla- shishi tufayli paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. har bir eukariot hujayra 3 ta tarkibiy qismdan: tashqi sitoplazmatik membrana, si- toplazma va yadrodan iborat. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling