Sitologiya va


‘ simlik hujayrasining tuzilish sxemasi


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob


simlik hujayrasining tuzilish sxemasi.
19­ rasm.
http:eduportal.uz


36
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
II BO‘LIM
o‘simlik hujayrasining qobig‘i qalin bo‘lib, u asosan sellyulozadan 
iborat. o‘simlik hujayrasining qobig‘i tayanch vazifasini ham bajaradi. 
Plazmatik membrana barcha hujayralar uchun universal bo‘lgan – 
biologik membranadir. 
Plazmatik membrana barcha hujayralarda uchraydi. hujayra 
o‘zining yuza qismida yupqa qobiq hosil qilib sitoplazmasini tashqi 
muhitdan ajratib turadi. Tirik hujayraning yuza qismi to‘xtovsiz 
harakatlanib turadi, unda qavariq va botiqlar paydo bo‘lib, to‘lqinsimon 
tebranma harakat vujudga keladi, doimo u orqali makromolekulalar 
ko‘chirilib turadi. Plazmatik membrana yuksak pishiqlikka va 
elastiklikka ega. u ozgina shikastlangan yoki yo‘qotgan qismini tezda 
hosil qilib o‘zining bir butunligini oson va tez tiklay oladi.
Plazmatik membrana bir tekis yaxlit tuzilgan emas. unda 
maxsus fermentativ kanalchalar bo‘lib, ular orqali hujayraning 
ichki qismiga fermentlar yordamida ionlar va kichik molekulali 
moddalar o‘tadi. Shu bilan birga hujayra faoliyati natijasida hosil 
bo‘lgan moddalar hujayra tashqarisiga chiqariladi. Ayrim hollar-
da ion va kichik molekulalar hujayra ichiga membrana orqali ham 
o‘ta oladi, bu passiv diffuziya emas, balki faol transport bo‘lib, 
ATF energiyasi sarflanishi orqali amalga oshadi. 
Plazmatik membrana orqali ayrim moddalar osonlik bilan 
o‘tsa, boshqalari umuman o‘tmaydi. Masalan, k+ ionlarining hu-
jayra ichidagi miqdori, uning tashqarisiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. 
Na+ ionlari aksincha, hujayra tashqarisida ko‘p. Na+ ionlari hu-
jayra ichida kam bo‘lishiga qaramay hujayradan tashqariga chiqa-
riladi. k+
ionlari esa aksincha. Bu albatta, ATF energiyasi sarfi 
orqali amalga oshadi va faol transportga misol bo‘ladi. hujayra 
membranasining muhim xususiyati tanlab o‘tkazish, ya’ni yarim 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling