Sitologiya va
§. Sitoplazma. Hujayraning membranasiz va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Endoplazmatik to‘r
12 §. Sitoplazma. Hujayraning membranasiz va
membra nali organoidlari: endoplazmatik to‘r, ribosomalar, golji majmuasi Sitoplazma. hujayraning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan sito- plazma tashqi muhitdan plazmatik membrana bilan ichkaridan esa yadro qobig‘i bilan ajralib turadi. Sitoplazma hujayralarning yarim suyuq holdagi ichki muhitidir. Sitoplazmada organoidlar, kiritma- lar, shuningdek, hujayra skeletini hosil qiladigan mayda-mayda naychalar va iplar joylashgan bo‘ladi. Sitoplazma asosiy moddasi- ning tarkibida oqsillar ko‘p bo‘ladi. Asosiy moddalar almashinuvi jarayonlari sitoplazmada boradi. Sitoplazma barcha organoidlar- ni bir butun qilib birlashtiradi va hujayra faoliyatini ta’minlab bora- di. Sitoplazma organoidlarini umumiy va xususiy, membranali va membranasiz organoidlarga ajratish mumkin. umumiy organoidlar organizm tarkibidagi barcha hujayralarda uchraydi. ularga mito- xondriya, hujayra markazi, golji majmuasi, ribosoma, endoplaz- matik to‘r, lizosoma, plastidalar misol bo‘ladi. Xususiy organoidlar ayrim hujayralardagina uchraydi. ularga misol qilib, infuzoriyalardagi kiprikchalar, evglena va spermato- http:eduportal.uz 39 huJAYRA hAQIDAGI TA’LIMoT II Bo‘LIM zoiddagi xivchinlar, epiteliy hujayralaridagi tonofibrillalar, nerv hu- jayralaridagi neyrofibrillalarni olish mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, sitoplazmada bir qator orga- noidlar mavjud va ular turli xil vazifalarni bajaradi. Endoplazmatik to‘r murakkab membranalar tizimidan ibo- rat bo‘lib, barcha eukariot hujayralarning sitoplazmasini qamrab olgan. endoplazmatik to‘r bir qavat membrana bilan chegaralan- gan vakuolalar va kanalchalar tizimidan tashkil topgan. kanalcha- lar shoxlanib, hujayraning hamma qismlarini bir-biri bilan hamda plazmatik membranani boshqa organoidlar va yadro qobig‘i bilan bog‘lab umumiy to‘rni hosil qiladi. endoplazmatik to‘r ayniqsa, moddalar almashinuvi jadal borayotgan hujayralarda yaxshi rivoj- langan bo‘ladi. endoplazmatik to‘rning hajmi hujayra umumiy haj- mining o‘rtacha 30–50 % gacha qismini egallaydi. endoplazmatik to‘r o‘z tuzilishiga ko‘ra ikki xil: silliq va donador bo‘ladi. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling