Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sitogenetik usul.
Egizaklar usuli belglarining egizaklarda rivojlanib borishini
o‘rganishdan iborat. egizaklar belgilarning irsiylanishida va rivoj- lanishida genotipning ham, muhit sharoitining ham ta’siri dara- http:eduportal.uz 169 genetika haqida umumiy ma’lumot VI Bo‘LIM jasini o‘rganish uchun juda qulay biologik obyektdir. Ma’lumki, odamda egizaklar ikki xil bo‘ladi. Ba’zi hollarda bir emas, balki ik- kita (kamdan-kam hollarda uchta va hatto to‘rtta) tuxum hujayra urug‘lanadi. egizaklar bitta tuxum hujayradan va har xil tuxum hu- jayradan rivojlanadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlangan egizaklar bir jinsli va bir-biriga nihoyatda o‘xshash bo‘ladi. Bu tushunarli al- batta, chunki ular bir xildagi genotipga egadir, ular o‘rtasidagi ta- fovutlar esa faqat muhit ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. har xil tuxumdan rivojlangan egizaklarda egizak emas aka- uka yoki opa-singillardek bir-biriga o‘xshash bir xil yoki har xil jins li bo‘ladi. Sitogenetik usul. Sog‘lom va kasal odamlarda xromosomalar soni va tuzilishini maxsus mikroskoplar yordamida qiyosiy o‘rga- nishdan iborat. Bu usul odam genetikasi haqida boy ma’lumot o lish imkoniyatini beradigan usullardan biridir. So‘ngi yillarda si- togenetik usul katta ahamiyat kasb etdi. u odamda uchraydigan irsiy kasalliklarning sabablarini tushunib olish uchun ko‘pgina qim- matli materiallar beradi. Genetika nuqtayi nazaridan olganda irsiy kasalliklar mutatsiyalardan iborat bo‘lib, ularning ko‘pchiligi retses- sivdir. Bu usul odam xromosomalar to‘plamidagi ko‘rinadigan da- rajadagi o‘zgarishlarni o‘rganish imkonini yaratdi. Belgilar Dominant Retsessiv Jingalak (geterozigotada taram-taram) soch Sochning erta to‘kilishi Malla bo‘lmagan soch Qo‘y ko‘z Sepkillar Pakanalik Polidaktiliya (ortiqcha barmoqlar bo‘lishi) To‘g‘ri soch Normal Malla soch ko‘k yoki kulrang ko‘z Sepkillar bo‘lmasligi Normal bo‘y Barmoqlar sonining normal bo‘lishi http:eduportal.uz 170 genetika haqida umumiy ma’lumot VI Bo‘LIM Xromosoma mutatsiyalarining shunday bir toifasi borki, ular xromosomalar soni yoki tuzilishining ko‘rinarli o‘zgarishlari bilan ifodalanadi. odamda bunday mutatsiyalar sitogenetik usul bilan aniqlanadi. So‘nggi yillarda har qanday odamning xromosoma sonini unga hech ziyon yetkazmay, oson va tez o‘rganishga imkon be- radigan yangi usullar ishlab chiqildi. Bu shundan iboratki, qon ley kositlari 37 °C da alohida oziq muhitiga tushirib qo‘yiladi, bu muhitda ular bo‘linadi. ulardan xromosomalar soni va tuzilishi ko‘rinib turadigan preparatlar tayyorlanadi. keyinchalik odam xro- mosomalarini alohida bo‘yoqlar bilan bo‘yash usullari ishlab chiqil- di, bular xromosomalar sonini sanab, hisoblab ko‘rishdan tashqari ayrim xromosomalardagi ancha nozik o‘zgarishlarni ham o‘rga- nishga imkon berdi. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling