Sitologiya va


Tibbiy­genetik maslahat berish


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

 Tibbiy­genetik maslahat berish. Tibbiy genetika uchun turli 
irsiy kasalliklar bo‘yicha geterozigota tashuvchilarni aniqlash kat-
ta ahamiyatga ega. Chunki geterozigota tashuvchi organizm irsiy 
kasalliklar bilan o‘zlari og‘rimaydi. Agar geterozigota tashuvchilar 
bir xil irsiy kasallikka ega bo‘lsa, bunday kishilar nikohidan tug‘il-
gan bolalarning irsiy kasallik bilan tug‘ilish ehtimoli ko‘pdir. Juda 
ko‘p yoshlar genetika fanini o‘rgangan bo‘lishlaridan qat’i nazar 
turmush qurayotgan paytda, ayrim kasalliklar irsiy bo‘lishi haqida 
o‘ylashmaydi ham.
Buning oldini olish uchun maxsus tibbiy-genetik maslahat 
markazlari tashkil etilib, oila qurishga qaror qilgan yoshlarga, ular 
oilasida tug‘iladigan farzandlar salomatligi haqida tushuntirish ish-
lari olib borish shart. Shunday qilib, sog‘lom avlod uchun kurash, 
irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash usullarini ishlab chi-
qish tibbiyot genetikasi fanining dolzarb vazifasidir.
1. Tibbiyot genetikasining asosiy vazifasi nimadan iborat?
2. odamdagi xromosoma kasalliklarining sababi nima?
3. "Daun sindromi"ning sabablari nima?
4. klaynfelter sindromi belgilari va sababini tushuntiring.
5. "Shershevskiy–Terner sindromi" belgilarini ayting.
6. odamda uchraydigan gen kasalliklariga misollar keltiring. 
http:eduportal.uz


I
Sеlеksiya atamasi lotincha “selectio” so‘zidan olingan bo‘lib, 
“tanlash” dеgan ma’noni anglatadi. O‘simliklarning yangi navlari-
ni, hayvonlarning yangi zotlarini, mikroorganizmlarning yangi 
shtammlarini yaratish, ularning mavjud nav, zot va shtammlarini 
yaxshilash seleksiyaning asosiy vazifasidir.
64­ §. madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi va 
xilma­xillik markazlari
Mavjud hayvon zotlari va madaniy o‘simliklar navlarining 
geno fondi, boshlang‘ich yovvoyi turlarning genofondiga nisbatan 
kamroq bo‘lishi tabiiydir. Shuning uchun ham seleksion ishlar ning 
yutuqlari asosan o‘simlik yoki hayvonlarning boshlang‘ich guruh-
larining genetik xilma-xilligi bilan bog‘liq. o‘simliklarning yangi 
navlari va hayvonlarning yangi zotlarini yaratishda yovvoyi shakl-
larning foydali belgilarini qidirish va uni aniqlash muhim aha miyat 
kasb etadi. Madaniy o‘simliklarning xilma-xilligi va geografik tarqa-
lishini o‘rganish maqsadida rossiyalik genetik va seleksio ner olim 
N.I.Vavilov 1920–1940 yillarda Rossiya va chet ellarga bir qator 
ekspeditsiyalarni uyushtirgan. Bu ekspeditsiyalar davomida dunyo 
o‘simlik resurslari o‘rganilgan va urug‘chilik uchun g‘oyat muhim 
kolleksiya to‘plangan. Bular keyinchalik seleksion ishlarda, yangi 
navlarni yaratishda foydalanilgan.

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling