Sitologiya va


­ §. Oqsil tarkibi. Oqsil tuzilishi


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

25­ §. Oqsil tarkibi. Oqsil tuzilishi
 
har bir tirik organizmda ko‘plab turli-tuman oqsillar bo‘la-
di. Shu bilan birga har bir turda faqat uning o‘ziga xos, alohida 
oqsillar bo‘ladi. har xil hayvon turlarida bir xil vazifani bajaradi-
gan oqsillarning o‘zi ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, barcha 
umurtqali hayvonlar – baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchi-
lar, qushlar, sut emizuvchilarning eritrotsitlarida gemoglobin oqsili 
bo‘ladi, u barcha hayvonlarda bir xil vazifani bajaradi, ya’ni kislo-
http:eduportal.uz


67
hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI
III Bo‘LIM
rod tashiydi. Biroq, har bir turdagi hayvonning o‘ziga xos, alohi-
da tuzilishi va xossalari jihatidan boshqa hayvonlarning gemoglo-
binidan farq qiladigan gemoglobini bor.
oqsillarning nihoyat darajada xilma-xil bo‘la olishini izohlab 
berish uchun oqsillardagi aminokislotalarning tarkibi, aminokislota 
halqalarining soni, polipeptid zanjirida navbatlanib borish tartibi ji-
hatidan bir-biridan farq qilishini hisobga olish kerak.
Bitta aminokislotaning kattaligi 0,35–0,37 nm ga tengligini 
hisobga oladigan bo‘lsak, ravshanki, bir necha yuz aminokislota 
qoldig‘idan tarkib topgan oqsil makromolekulasi uzunligi bir necha 
o‘nlab nanometrlarga borishi mumkin edi. Lekin oqsil molekula-
larining o‘lchamlari ancha kichik. ulardan ba’zilarining diametri 
5–7 nm keladigan sharchalar ko‘rinishida bo‘ladi. oqsil polipep-
tid zanjiri ma’lum bir qonuniyat asosida buralgan, ma’lum bir ko‘ri-
nishda to‘plangan. oqsil molekulasining tuzilishini to‘la izohlab 
berish uchun uning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi tuzilishlari-
ni bilish kerak. Bulardan birinchisi eng oddiysi polipeptid zanjiri
ya’ni peptid bog‘lar bilan o‘zaro bog‘langan aminokislotalar zan-
jiridan iboratdir. Bu tuzilish oqsilning birlamchi tuzilishi deb ata-
ladi. Birlamchi tuzilishda aminokislotalar o‘zaro peptid bog‘i orqali 
birikkan bo‘ladi. Polipeptid zanjiri ko‘pincha to‘liq va qisman spiral 
bo‘lib buraladi. Bu oqsilning ikkilamchi tuzilishidir. Bunda ami-
nokislota radikallari spiral tashqarisida qoladi. Spiral o‘ramlari zich 
bo‘lib joylashadi. Bir marta buralgan spiralda turgan Nh-guruh lari 
bilan qo‘shni o‘ramdagi Co-guruhi o‘rtasida vodo rod bog‘lari hosil 
bo‘ladi. Vodorod bog‘lari kovalent bog‘larga qa 
raganda ancha 
bo‘sh, lekin ular juda ko‘p takrorlanadi, shu sababli mustahkam 
bog‘ hosil qiladi. Ikkilamchi tuzilishli oqsillarga keratin, kollagen mi-
sol bo‘la oladi.
Polipeptid spirali yana taxlanib boradi. u har bir oqsilda 
ma’lum ravishda, o‘ziga xos tarzda o‘raladi. Natijada uchlam-

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling