Sitologiya va
Energetik almashinuv (katabolizm)
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 31 §. Energiya almashinuvi
Energetik almashinuv (katabolizm). hujayrada boradigan
parchalanish jarayonini dissimilyatsiya, katabolizm deb ham ata- ladi. Bu jarayonida moddalarning parchalanishi, ya’ni oqsillarni amino kislotalarga, kraxmal glukozaga, yog‘lar yog‘ kislotasi va glitseringacha parchalanadi. Dissimilyatsiya jarayonida energiya http:eduportal.uz 79 MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM IV Bo‘LIM ajraladi. Bu reaksiyalarning biologik ahamiyati shundaki, ular hu- jayrani energiya bilan ta’minlaydi. har qanday harakat, plastik al- mashinuv jarayoni energiya sarfi bilan amalga oshadi. Parchalanish reaksiyalarining yig‘indisi hujayrada energiya almashinuvi yoki dissimilyatsiya deyiladi. Dissimilyatsiya assi- mil yatsiyaga qarama-qarshi lekin o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Chunki har qanday assimilyatsiya reaksiya- lari uchun energiya sarflanishi kerak, bu energiya esa dissimilya- tsiya reak siyalari natijasida hosil bo‘ladi. Plastik va energetik almashinuv sababli hujayra hayoti saqlanib boradi, uning o‘sishi, rivojlanishi va vazifalarini amalga oshishi yuzaga chiqadi. Tirik hujayra ochiq sistemadir, chunki hu- jayra bilan atrof-muhit o‘rtasida moddalar bilan energiya tinmay almashinib turadi. 1. Metobolizm deganda nimani tushunasiz? 2. Moddalar almashinuvini qanday xillarga ajratish mumkin? 3. Plastik almashinuv haqida ma’lumot bering. 4. energetik almashinuv haqida gapirib bering. 31 §. Energiya almashinuvi energiya almashinuvi (dissimilyatsiya) jarayonida tirik orga- nizmlarda moddalarning parchalanishi ro‘y beradi. Bu assimilya- tsiyaning teskarisidir. Yuqori molekulali birikmalarning parchala- nishi energiya ajralishi bilan boradi. Shuning uchun energiya al- mashinuvi jarayoni dissimilyatsiya deb ham yuritiladi. Tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan barcha muhim jara- yonlardan biri, ularning aerob, ya’ni kislorodli nafas olishidir. Bu jarayo nda kislorod yordamida murakkab organik birikmalar oksid- lanishi tufayli ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu jarayon hayvon organizmlarida maxsus nafas olish tizimi orqali amalga oshiriladi. o‘simliklarda esa maxsus nafas olish organlari bo‘lmay- di. ular to‘qima va hujayralar orqali nafas oladi. ozuqa moddalarda to‘plangan kimyoviy energiya orga nik birik- http:eduportal.uz 80 MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM IV Bo‘LIM malar molekulasidagi atomlarni bog‘lovchi har xil kovalent bog‘lar- da mujassamlashgan bo‘ladi. Bir molekula, ya’ni 180 g glu kozaning C, h, o atomlari orasidagi bog‘larda to‘plangan ener giya miqdori 2800 kJ ga teng. Fermentlar yordamida parchalanadigan glukoza- dagi energiya bosqichma-bosqich ajraladi. C 6 h 12 o 6 + 6o 2 → 6Co 2 + 6h 2 o + 2800 kJ. ozuqa moddalardan ajralgan energiyaning bir qismi issiqlik ener giyasi sifatida hujayradan tashqi muhitga ajraladi. Boshqa qis- mi esa adenozintrifosfat (ATF)ning energiyaga boy fosfat bog‘lari- da to‘planadi. hujayrada kechadigan barcha jarayonlar: hujayra bo‘lini- shi, muskullarning qisqarishi, moddalarning membaranalar orqali faol o‘tishi, nerv impulslarining nerv tomirlar bo‘ylab o‘tkazilishi va boshqalarni energiya bilan ta’minlash ATF orqali amalga oshiriladi. ATF hujayradagi energiya almashinuvida asosiy rolni o‘ynay- di. u har qanday hujayra funksiyasini energiya bilan ta’minlab beruvchi bevosita manbadir. harakatlanish, biosintez va boshqa- lar – hujayra faolligining har qanday turi ATF reaksiyasi natijasida ajralib chiqadigan energiya hisobiga boradi. Biroq hujayradagi ATF zaxirasi uncha ko‘p emas. Misol uchun, muskuldagi ATF zaxirasi muskulning 20–30 marta qisqarishiga yetadi. Lekin muskul soat- lab ishlashi va ming martalab qisqarishi mumkin. Shuning uchun ham hujayrada ATF doimo parchalanib borishi bilan bir qatorda u to‘xtovsiz sintez lanib turishi zarur. hujayradagi uglevodlar, lipidlar va boshqa orga nik moddalarning parchalanishi natijasida ajralib chi qadigan energiyadan sarflangan ATF o‘rnini qoplash uchun foy- dalaniladi. Tez bajarilishni talab etadigan qisqa muddatli harakatda, masalan, qisqa masofalarga yugurish vaqtida, muskullar qisqari- shi faqat ulardagi ATFning parchalanishi hisobiga amalga oshadi. Yugurish tamom bo‘lganidan keyin odam kuchli nafas oladi — ana shu vaqtda uglevodlar va boshqa moddalar kislorod ta’sirida par- chalanib, hujayralardagi ATF zaxirasi o‘z o‘rniga keladi. http:eduportal.uz 81 MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM IV Bo‘LIM Shunday qilib, ATF hujayrani energiya bilan ta’minlab boradi- gan birdan bir universal manbadir. 1. Dissimilyatsiya qanday jarayon hisoblanadi? 2. ATFning kimyoviy tarkibi qaysi moddalardan iborat? 3. ATF asosan qayerda sintezlanadi? Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling