Siydik ayirish sistemasi Siydik tanosil a’zolari, apparatus urogenitalis


Buyrakning qon bilan ta’minlanishi


Download 34.49 Kb.
bet3/6
Sana13.04.2023
Hajmi34.49 Kb.
#1355467
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ayirish sistemasi

Buyrakning qon bilan ta’minlanishi:
Bir sutka mobaynida buyrakdan 1500 -1800 litr qon oqib oʼtadi. Buyrakning darvoza qismida buyrak arteriyasi oldingi va orqa tarmoqlarga boʼlinadi. Oldingi tarmoqlar buyrakning jomining oldin tomonidan oʼtib, toʼrtta sigmentga tarqaladi va qon bilan ta’minlaydi:
1. Yuqorigi segmentga - a.segmenti superioris
2. Oldingi yuzaning yuqorigi segmentiga - a.segmenti anterioris superioris
3 .Oldingi yuzaning pastki segmentiga - a.segmenti anterioris inferioris
4. Pastki segmentga - a.segmenti
Orqa tarmoq buyrak jomining orqasidan orqa segmentga - a .segmenti posterioris boradi va uni qon bilan ta’minlaydi. Segment arteriyalari, boʼlaklararo arteriyalarga - aa. interlobares boʼlinadi. Poʼstloq va magʼiz qavatlari chegarasida boʼlaklararo arteriyalar ravoqsimon arteriyalarga - aa.arcuatae boʼlinadi. Ravoqsimon arteriyalardan poʼstloq moddasiga koʼp sonli boʼlaklararo arteriyalar - aa.interlobularis boshlanadi. Boʼlaklararo arteriyalardan boshlangan olib keluvchi arteriola - arteriola glomerularis afferens kapilyarlarga boʼlinadi va qon - tomir kapilyarlaridan iborat koptokcha - glomerulus hosil boʼladi. Koptokchadan olib ketuvchi arteriola - arteriola glomerularis efferens boshlanadi, uning diametri olib keluvchi arterioladan ancha kichkina boʼladi. Olib ketuvchi arteriola bir nechta koptokcha arteriolasi kapilyarlariga bo’linadi va buyrak naychalarini atrofdan oʼrab oladi. Bulardan vena kapilyar tomirlari hosil boʼladi. Olib ketuvchi arteriolalar diametri kichik boʼlganligi tufayli, koptokchaning kapilyar tomirlarida bosim oshishi natijasida qondan suyuqlik ajralib Shumulyanskiy - Boumen kapsulasiga oʼtadi, undan bir sutkada 150 - 180 litr birlamchi siydik hosil boʼladi. Buyrakning koptokchalarida arteriolani kapilyarlarga boʼlinib undan arteriola hosil boʼlishini ajoyib qon-tomir toʼri - rete mirabili deyiladi. Shumlyanskiy – Boumen kapsulasida hosil boʼlgan birlamchi siydik, nefronning naychalaridan oʼtganida undagi suyuqlik naychalar devoridagi vena kapilyarlariga qaytadan soʼriladi va qoʼshuvchi naychaga ikkilamchi siydik hosil boʼladi. Bir sutkada hosil boʼladigan ikkilamchi siydik miqdori oʼrtacha 1 - 2 litrni tashkil qiladi. Buyrakning magʼiz moddasida joylashgan ravoqsimon va boʼlaklararo arteriyalardan toʼgʼri arteriolalar - arteriolae rectae chiqadi va buyrakning piramidasini qon bilan ta’minlaydi. Poʼstloq moddaning kapilyar toʼridan hosil boʼlgan venullalar o’zaro qoʼshiladi va boʼlaklararo venalarni - v.interlobullares hosil qiladi. Bu venalar oʼzaro qo’shilib ravoqsimon venalarni - v.arcuatae hosil qiladi va bular boʼlaklararo venalarga - v.inteiiabares oʼtib ketadi. Boʼlaklararo venalar esa buyrak boʼshligʼida oʼzaro qoʼshilib, yirik buyrak venalariga aylanadi.

Download 34.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling