Siydik ayirish sistemasi Siydik tanosil a’zolari, apparatus urogenitalis
Download 34.49 Kb.
|
ayirish sistemasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siydik yoʼlining devori uch qavatdan iborat
Siydik yoʼli
Siydik yoʼli, ureter – buyrakda hosil boʼlgan ikkilamchi siydikni qovuqqa yetkazib beruvchi naysimon a’zo hisoblanadi. Uning uzunligi 30 -35 sm, kengligi 8 mm, boʼshligʼining kengligi 4 mm boʼladi. Bu qorin pardaning orqasida joylashgan. Siydik yoʼlining uchta qismi tafovut qilinadi: 1.Qorin qismi - pars abdominalis 2. Chanoq qismi - pars pelvina 3. Qovuq devori ichidagi qismi - pars intramuralis Qorin qismi, pars abdominalis - katta bel mushagining oldingi yuzasida joylashgan. Uning oldingi tomonida erkaklarda moyak, ayollarda tuhumdonning arteriyasi va venasi boʼladi. Chanoq qismi, pars pelvina - oʼng tomondan oʼng ichki yonbosh arteriyasi va vena qon tomirining oldi tomonidan oʼtadi, chap tomondan esa umumiy yonbosh arteriyasi va venasining oldidan oʼtadi. Qovuq qismi, pars intramuralis - qovuq devorini qiya teshib oʼtadi. Uzunligi 1.5-2 sm boʼladi. Siydik yoʼlining uchta toraygan joyi boʼladi: boshlanish qismida, qorin qismining chanoq qismiga oʼtgan joyida va qovuq devorini teshib kirgan sohasida joylashadi. Siydik yoʼlining devori uch qavatdan iborat: 1. Ichki shilliq qavat - tunica mucosa 2. Oʼrta mushak qavat - tunica muscularis 3. Tashqi advensitsial qavat - tunica adventitia Qovuq (siydik pufagi) Qovuq, vesica urinaria - toq siydik to'plovchi a’zo hisoblanadi. Uning sig‘imi o ‘rtacha 500 - 700 ml. Qovuq to’rt qismdan iborat: 1.Qovuq uchi - apex vesicae 2.Qovuq tanasi - corpus vesicae 3.Qovuq tubi - fundus vesicae 4.Qovuq bo’yni - cervix vesicae Qovuqning pastki qismi noksimon shaklda torayib siydik chiqaruv nayiga o‘tadi. Uning bu qismi qovuq bo‘yni - cervix vesicae deyiladi. Qovuq kichik chanoq bo‘shlig‘ida qov simfizi orqasida joylashgan, oldingi devori qov simfizidan, yog’ kletchatkasi vositasida ajrab turadi. To‘lgan qovuq simfizning ustiga ko'tarilib, qorinni oldingi devoriga tegadi. Qovuqning orqa devori erkaklarda to ‘g‘ri ichakka, urug‘ pufakchalariga, tubi esa prostata beziga tegib turadi. Ayollarda uning orqa devori bachadon bo‘yniga va qinga, tubi esa siydik - tanosil diafragmasiga tegib turadi. Qovuq to‘lgan holatda qorinparda bilan mezoperitoneal, bo‘sh holatda esa ekstraperitoneal o’raladi. Qovuq devorining qalinligi 12 - 15 mm, to‘lgan vaqtda tortilib yupqalashadi 2 - 3 mm. Download 34.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling