Siydik ayirish sistemasi Siydik tanosil a’zolari, apparatus urogenitalis


Download 34.49 Kb.
bet2/6
Sana13.04.2023
Hajmi34.49 Kb.
#1355467
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ayirish sistemasi

Po’stloq qismi, cortex renalis - 0.4 - 0.7 sm qalinlikda, qizgish rangda bo’ladi va tashqi tomondan oʼrab turadi. Po’stloq qavati mag’iz qismi orasiga botib kirib buyrak ustunlarini - columna renalis hosil qiladi. Poʼstloq qismining o’zi oqish va qoramtir qismlarga boʼlinadi. Oqish qismi konussimon shaklda bo’ladi va magʼiz qismidan pustloqqa oʼtayotganda, nursimon radiata ko’rinishidagi, buyrakning toʼgʼri naychalari va yigʼuvchi naychalarning boshlangʼich qismlaridan iborat. Qoramtir qismida esa buyrakning tanachalari va egri - bugri kanalchalari joylashadi.
Magʼiz qismi, medulla renalis - qalinligi 2-2.5 sm boʼladi. Bu qismi 10 - 15 buyrak piramidalaridan - pyramides renalis iborat. Piramidaning, asosi - basis pyramidalis, poʼstloq tomonda, piramidaning uchi esa buyrakni surgʼichini - papilla renalis hosil qilib, buyrakning boʼshligʼiga qarab joylashadi. Soʼrgʼichlar soni, piramidalar sonidan koʼp boʼladi. Piramidalar koʼp miqdorda, nefronning toʼgʼri va yigʼuvchi naychalaridan iborat bo’ladi, ular oʼzaro qoʼshilib buyrak soʼrgʼichi sohasida, 15-20 ta qisqa soʼrqich naychalarini - ductuli papiilares hosil qiladi. Bu naychalar buyrak soʼrgʼichi sohasi yuzasida surgʼichsimon teshiklarni - foramina papillaria hosil qiladi. Buyrak tuzilishi va qon - tomirlarning joylashishiga qarab 2 - 3 ta bo’lakka va beshta sigmentga boʼlinadi.
Sigmentlari:
1. Yuqorigi segment - segmentum superius
2. Oldingi yuzaning yuqorigi segmenti - segmeotum anterius superius
3. Oldingi yuzaning pastki segmenti - segmentura anterius inferius
4. Pastki segment - segmentura inferius
5. Orqa yuzadagi segment - segmentum posterius
Buyrak bo’lagi - lobus renalis bo’laklararo arteriya va vena bilan chegaralangan buyrak piramidasi va poʼstloq moddasidan iborat. Har bitta buyrak boʼlagi poʼstloq qismida 600 ta poʼstloq boʼlakchasini - lobulus corticalis oʼz ichiga oladi. Buyraklarning tarkibiy va funksional birligi - nefron hisoblanadi. Har bitta buyrakda bir millinga yaqin nefronlar boʼladi. Nefronning tarkibida buyrak tanachasining kapilyar koptokchasini - glomerulus corpusculi renalis oʼragan ikki qavat devorli Shumulyanskiy -Boumen kapsulasi - capsula glomerulli joylashadi. Bu kapsulaning yuqorigi ochiq tomonidan ichiga koptokcha arteriolasi burama naycha - arteriola glomerularis afferens kiradi va koptokchani - glomerulus hosil qiladi. Va koptokchadan diametri kichkina boʼlgan olib ketuvchi arteriola - arteriola glomerularis efferens boshlanadi, bu arteriola buyrak naychasi atrofida tarmoqlanadi. Shumulyanskiy - boumen kapsulasi birlamchi egri - bugri kalavasimon kanalga - tubuli renalis contorti davom etadi. Kanal borib magʼiz qismidagi piramidaga kirib tug’ri naychaga - tubuli renalis recti aylanadi. Bu Genli qovuzlogʼi deb nomlanadi. Genli qovuzlogʼi yuqoriga koʼtarilib, ikkilamchi egri - bugri kalavasimon kanalchaga davom etadi. Bu kanal nefronning distal qismidagi qoʼshuvchi naychaga - tubuli conjuctivus davom etadi va yigʼuvchi naychaga - tubulus renalis colligenis quyiladi. Nefronning uzunligi oʼrtacha 20 - 50 mm boʼladi. Nefronning 80% poʼstloqda va qolgan 20 % magʼiz qismida boʼladi. Bular yukustamedullar nefronlar deyiladi. Buyrak piramidalarining uchki qismida buyrak soʼrgʼichi 8 - 9 ta buyrakning kichik kosachasi - calyces renalis minor bilan oʼralgan boʼladi. Kichik kosachalarning 2 -3 tasi oʼzaro qoʼshilib, katta kosachani - calyces renales majores hosil qiladi. Katta kosachalar joylashishiga qarab ucha boʼlinadi:
1. Yuqori kosacha - calux superior
2. Oʼrta kosacha - calux medius
3. Pastki kosacha - calux inferior
Bularning oʼzaro qoʼshilishidan buyrak jomini - pelvis renalis hosil qiladi. Buyrak jomining koʼrinishi ampulaga uxshayda, ya’ni boshi kengayib oxirgi tomoni torayadi va siydik yoʼliga davom etadi. Buyrak tashqi tomondan uch qavat parda: fibroz, yog moddasidan va biriktiruvchi toʼqimali parda bilan oʼralgan.
Fibroz kapsula, capsula fibrosa - buyrak kapsulasidan oson ajraladi. Fibroz parda ustidan yaxshi rivojlangan yogʼ moddassidan iborat parda - capsula adiposa bilan qoplangan boʼladi. Bu parda buyrak darvozasi orqali buyrak boʼshligʼiga kiradi, yogʼsimon parda buyrakning orqa tomonida yahshi rivojlangan boʼladi va bu buyrak orqa yogʼ tanasini - corpus adiposum pararenale hosil qiladi. Yogʼ qavati ustida buyrak fassiyasi - fascia renalis qorinning orqa devoridagi mushak fassiyasining davomi hisoblanadi. Bu fassiya buyrakning orqa tomonida ikkita varaqga ajraladi va buyrakni oldingi va orqa tomondan oʼrab oladi. Fassiyaning oldingi varagʼi buyrak qon-tomirlarini qorin aortasi va pastki kovak venani oldin tomondan qoplaydi va qarama - qarshi tomondagi shu fassiya bilan birikadi. Buyrak fassiyasining orqa varagʼi oʼng va chap tomondan umurtqa pogʼonasining yon tomonlariga birikadi. Yuqori uchidagi fassiyalar oʼzaro birikadi, pastki uchlari birikmagan holatda qoladi. Fassiya yog’ kapsulani teshib oʼtuvchi biriktiruvchi toʼqimalari vositasida buyrakning fibroz kapsulasiga birikadi.

Download 34.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling