Siydik ayirish sistemasi Siydik tanosil a’zolari, apparatus urogenitalis


Erkaklarning siydik chiqarish nayi


Download 34.49 Kb.
bet6/6
Sana13.04.2023
Hajmi34.49 Kb.
#1355467
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ayirish sistemasi

Erkaklarning siydik chiqarish nayi, urethra masculine – bu ham ayollarniki kabi siydik pufagidagi - ostium urethrae internum va tashqi teshik - ostium urethrae externum orasida joylashadi. Erkaklarning siydik chiqarish nayi quyidagi qismlardan iborat:
1. Siydik qopchasi devoridan prostata bezigacha boʼlgan qismi - pars intramuralis (preprostatica)
2. Prostata bezining toʼgʼrisi - pars prostatica
3. Siydik chiqaruv nayining parda qismi- pars intermedia (membranacea)
4. Gʼovakli qism - pars spongiosa
1. Siydik qopchasi devoridan prostata bezigacha boʼlgan qismi, pars intramuralis (preprostatica) - qovuqdan prostata bezigacha davom etadi.
2. Prostata bezining toʼgʼrisi, pars prostatica - siydik nayining boshlangʼich qismi, siydik qopchasining ostida joylashadi. Uzunligi 3 sm boʼladi prostata bezining oʼrtasidan oʼtadi. Nayning orqa devorida, boʼrtib chiqqan urugʼ tepachasi - colliculis seminalis mavjud unga urugʼ otuvchi naycha teshigi ochiladi.Urugʼ tepachasining ustida joylashgan ichki qisqaruvchi mushak - m.sphincter uretrae interimis siydik va urugʼ suyuqligini bir - biriga qoʼshilib ketishidan saqlaydi.
3. Siydik chiqaruv nayining parda qismi, pars intermedia (membranacea) - prostata bezining uchidan erkak olatining soʼgʼoni oʼrtasida joylashgan. Uzunligi 1.5 sm eni tor boʼladi. Bu qism siydik tanosil toʼsigʼidan oʼtgan joyda siydik chiqaruv kanalining ihtiyoriy qisqaruvchi mushagini - m. sphincter uretrae externum hosil qiluvchi koʼndalang targ’il mushak tolalari bilan oʼralgan boʼladi.
4. Gʼovakli qism, pars spongiosa - erlik olatining gʼovak qismida joylashgan boʼlib, siydik chiqaruv kanalining tashqi qismini hosil qiladi. Uzunligi 10-15 sm. Siydik chiqaruv nayi erlik olati boshchasi qismida kengayib, qayiqsimon chuqurchani - fossa navicularis uretrae hosil qiladi. Erlik olati S simon shaklda boʼlib uchta joyida fiziologik toraymalar mavjud:
1. Ichki teshik sohasida
2. Siydik-tanosil yerdan oʼtgan yerda
3. Tashqi teshik sohasida
Siydik nayining ichki yuzasida shilliq qavat - tunica mucosa, unda bezlar - glandulae uretrales joylashadi. Buning tagida mushak qavati - tunica muscularis joylashgan. Siydik nayi tashqi teshigi - ostium urethrae externum bilan tugallanadi.
Download 34.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling