beshta tendensiya shakllandi:
1. Milliy liderlar global muammolarni endilikda chetlab o‘ta olmaydilar. Ular o‘z ichki siyosatlarini umumjahon, global jarayonning bir qismi sifatida qarashlari lozim bo‘ladi;
2. Norasmiy liderlarning roli va ta’siri ortib borishi;
3. Liderlar faoliyati iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishga ko‘proq jalb qilinyapti. Bu - lider faoliyati bilan bog‘liq ravishda u yoki bu millat turmush darajasining ortishida namoyon bo‘lyapti, o‘z navbatida bu faoliyat davomiyligi ham ortyapti.
4. Lider - qahramon va lider - anti-qahramon kabi siyosatchilarning paydo bo‘lishi ehtimoli kamayyapti.
5. Hokimiyatlar bo‘linishi va fuqarolik jamiyati chegaralarining kengayishi hisobiga siyosiy yetakchi hokimiyati ham cheklanyapti.
Har bir mamlakatda liderlarni etishtirib beruvchi kadrlar tayyorlash tizimi mavjud. U jamiyat siyosiy tizimi maqsadlari, siyosiy mafkura qadriyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Shunga ko‘ra kadrlar tayyorlash tizimlarini uchga ajratish mumkin:
1. Liberal-demokratik tizim: Uning ikki qo‘rinishi mavjud: g‘arbiy va Sharqiy.
2. Totalitar. Unda liderga, tizimga va mafkuraga sodiqlik alohida qadrlanadi.
3. Teokratik tizim. Diniy mafkura amal qiladigan mamlakatlarda mavjud.
Siyosiy liderning ijtimoiy ahamiyati to‘g‘ridan- to‘g‘ri siyosiy madaniyat darajasi va ommaning faolligi bilan bog‘liqdir. Faol siyosiy madaniyatning, barqaror demokratik an’analarning mavjudligi, davlat tomonidan nazorat qilinmaydigan fuqarolik jamiyati va siyosiy muholifatning borligi zaif liderlar uchun imkoniyatlarni kamaytiradi; turli xil o‘zboshimchalikning, hokimiyatni suiste’mol qilishning oldini oladi va shu bilan birga siyosatda individual qobiliyatlar va talantlarni namoyon qilishga keng yo‘l ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |