Siyosiy liderlik intellektual salohiyati yuqori, tashkilotchilik qobilyatlari va


Download 156.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.02.2023
Hajmi156.79 Kb.
#1204521
  1   2
Bog'liq
Siyosiy liderlik



Siyosiy liderlik intellektual salohiyati yuqori, tashkilotchilik qobilyatlari va 
kuchli siyosiy intuitsiyaga ega, ko‘pchilik fuqarolar manfaatiga mos siyosiy 
dasturlarning ijodkori, o‘ta mas’uliyatli, kuchli notiq shaxs sifatida namoyon 
bo‘ladigan fenomen hisoblanadi. 
Yetakchi. Uyushma, guruh, hokimiyat bor joyda liderlarning bo‘lishi tabiiy, 
albatta. “leader” so‘zining ingliz tilida tarjimasi “yetakchi”, “boshlovchi”, “rahbarlik 
qiluvchi” degan ma’nolarni anglatadi.Yetakchi (lider) - bu boshqa kishilarga ta’sir 
etish demakdir. Yetakchi boshqalarga o‘z ta’sirini o‘tkaza olish, muayyan 
maqsadlarga erishish uchun ularning birgalikdagi faoliyatlarini tashkil qila olish va 
ularni o‘ziga ergashtira olish qobiliyatlarga ega bo‘ladi. Yetakchi va unga 
ergashuvchilar o'rtasidagi munosabatlarda tengsizlik mavjud bo‘lib, u yetakchidan 
guruh a’zolariga qarab doimo bir tomonlama, gorizont tarzda yo‘nalgan 
bo‘ladi.Bunda Yetakchilikning murakkab va muhim ijtimoiy hodisasini o‘rganish 
hamda tahlil etishning boshlanishi uzoq tarixga borib taqaladi. “Qadimgi zamon 
tarixchilari Gerodot, Plutarx, Konfutsiy va boshqalar o‘z davri yetakchilari — 
monarxlar, lashkarboshilarni tarix ijodkorlari deb hisoblaganlar. 
Siyosiy yetakchi. Siyosiy yetakchi tushunchasi haqida gap borar ekan, bu 
haqida ko‘p olimlarning turlicha qarashlari mavjud. Siyosiy yetakchi tushunchasi 
haqida mashhur olimlar asarlarida o‘z qarashlarini bayon etib ketishgan. Ular ushbu 
atamaga o‘z davri, siyosatidan kelib chiqqan holda ta’rif va tasniflar berishgan. 
Ularning fikrlari yillar, asrlar osha birlashib, umumiy, yaxlit bir qolip holiga kelgan 
tizimni tashkil etadi. Bu tizim siyosiy yetakchi haqida umumiy tushunchani, u 
qanday tasniflanishini, qanday turlarga bo‘linishini, uning vazifalarini, prinsiplarini, 
mas’uliyatlarini aniq tushunishga yordam beradi. Unga ko‘ra, siyosiy yetakchi - 
intellektual salohiyati yuqori, tashkilotchilik, oldindan ko‘ra bilish qobilyatlari va 
kuchli siyosiy bilimlarga ega, ko‘pchilik fuqarolarning manfaatlariga mos siyosiy 
dasturlarning ijodkori, o‘ta mas’uliyatli, kuchli notiq shaxs sifatlarini o‘zida 
mujassam etgan fenomen hosblanadi. Bu siyosiy liderning namunasi, sodda qilib 
aytganda qolipidir. Siyosiy lider siyosiy jarayonlar bilan birga butun jamiyat va 
siyosiy tashkilot yoki harakatni ham boshqara olishi, voqealarning borishi va siyosiy 
jarayonlar yo‘nalishini o‘zgartirib, unga ta’sir eta olishi kerak bo‘ladi. Siyosiy 
liderlar jamiyatdagi siyosiy jarayonlarni jonlantiradigan, mamlakat taraqqiyotida 
muhim rol o‘ynaydigan, siyosiy jarayonlarga va vaziyatlarga ta’sir ko‘rsata oladigan 


jamiyatning obro‘li shaxsidir.Siyosat nazariyasida bu hodisaga odamlar, guruhlar, 
institutlar va umuman jamiyatdagi munosabatlarni tartibga solish va 
muvofiqlashtirish mexanizmi sifatida qaraladi. Uning mohiyatini hukmronlik va 
itoat, ta’sir va izdoshlik munosabatlari tashkil etadi. 
Yondashuvdagi xilma-xillik siyosiy yetakchilik hodisasining ko‘p qirrali va 
murakkabligidan dalolat beradi. Quyida ushbu hodisaga turli nazariyalar orqali 
yondashib o‘rganamiz. 
Siyosiy liderlik tabiatini tushuntirish, uning subyektiv mexanizmlarini 
izohlash qiyin. Bu jarayonni Z. Freyd tomonidan yaratilgan psixoanalitika 
nazariyasiorqali tahlil qilish mumkin. Ushbu nazariyaga ko‘ra, siyosiy yetakchilik 
negizida sensual xarakterdagi , ya’ni sezgi hissiyotlarga asoslangan mayllar 
yotadi.sublimatsiya, ya’ni boshqa holatga o‘tish jarayonida u ijodiy faoliyatga, 
jumladan, siyosiy yetakchilikka ham intilish sifatida namoyon bo‘ladi. 
Siyosiy yetakchining saralanishi, odatda, bosqichma-bosqich boradi: Avval, 
ijtimoiy harakat shakllanib, uning ichida yetakchilar ajralib chiqadi; so‘ngra 
dasturlar, tashkiliy tamoyillar, intizom iyerarxiyasi ishlab chiqiladi, nihoyat, 
hokimiyat uchun kurash, hokimiyatga egalik, mamlakatni boshqarishda ishtirok, 
rahbarlarning yetishib chiqishi kuzatiladi. 

Download 156.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling