Siyrat us-sulton jaloliddin menkuburni


Kurs ishi maqsadi va vazifasi


Download 60.23 Kb.
bet2/8
Sana31.10.2023
Hajmi60.23 Kb.
#1736248
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Siyrat us-sulton jaloliddin menkuburni

Kurs ishi maqsadi va vazifasi: Bor-yog`i o`ttiz ikki yilgina umr ko`rgan bu bahodir zotning mo`tabar nomi o`z zamonasida dunyo bo`ylab qanchalar dovruq taratgan bo`lsa, oradan ko`p-ko`p asrlar o`tgach ham mardlik va ozodlik uchun kurash, el-yurtga fidoyilik timsoli sifatida yashab kelmoqda. Uning qahramonligi kelajak avlodlarga, birinchi galda siz bilan bizga tarixiy xotira oldida boshimizni mag`rur tutib yashamogimiz uchun to`la huquq beradi. Islom Karimov Movarounnahr va Xorazmni qo’lga kiritgan Chingizxonda sulton Jaloliddin xayot ekan tinchlik yo’q edi. Go’yo uning borliq toju taxtining shavkati va borlig’i, istiqboldagi muvaffaqiyati-yu, o’zining ham taqdiri sulton Jaloliddin qo’lida-yu, uning ixtiyorida. Ayniqsa, 1221 yilda Jaloliddinning mo’g’ullar ustidan Niso, Nishopur, G’azna atroflarida qozongan g’alabalari Chingizxon oromini buzmoqda edi.
Kurs ishining ob’ekti va predmeti: Xorazmshoxlar davlati markazi -Gurganj yirik savdo va madaniy markazga aylangan. Shuningdek, Xazarasp, Kat, Xushmusan, Darg‘on, Savag‘on, Mang‘ishloq, Nuzkat kabi shaxarlari obod shaxarlar qatoriga kirgan. Xorazmshohlar davlatida raiyat, ya‘ni oddiy aholining ijtimoiy turmush tarzi yashi bo‘lishi uchun hukmdorlar alohida ahamiyat berganlar. Jumladan, Xorazmshoh Takash o‘z farmonlaridan birida raiyatga nisbatan adolatli bo‘lshga, dehqonlarning manfaatini himoyaga qilishga, soliqlarni olish jarayonida qonunlarga to‘liq rioya etishga amr qilgan. Jaloliddin Xorazmshoh ham urush natijasida qiyin ahvolga tushib qolgan aholini soliqlardan ozod etgan.
Kurs ishi tadqiqotining davriy chegarasi Xorazm davlati qadimdan sun‘iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik rivojlangan xududlardan biri bo‘lgan. Qadimgi davrlarda bu xududning rivojlanishining aosisy omillardan biri buyuk ipak yo‘lining bu xududdan o‘tganligi edi.
Kurs ishining ilmiy va uslubiy asoslari: Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli Xorazmshoxlar davlati markazi -Gurganj yirik savdo va madaniy markazga aylangan. Shuningdek, Xazarasp, Kat, Xushmusan, Darg‘on, Savag‘on, Mang‘ishloq, Nuzkat kabi shaxarlari obod shaxarlar qatoriga kirgan

Download 60.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling