Siyrat us-sulton jaloliddin menkuburni


Download 60.23 Kb.
bet7/8
Sana31.10.2023
Hajmi60.23 Kb.
#1736248
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Siyrat us-sulton jaloliddin menkuburni

____________________________
Shaxobiddin Muhammad an-Nasafiy. Sulton Jaloliddin Manguberdi
Xorazmshohlar davlatidagi Anushtaginlar sulolasining (2014-2015)
Xulosa
Shunday qilib, Shahobiddin an-Nasaviy va Alouddin Atomalik Juvayniy “Siyrati Jaloliddin Mankburni” va “Tarixi jahongusho” Xorazmshohlar davlati, mo‘g‘ullar istilosi, maxsusan Sulton Jaloliddin Manguberdi shaxsiyati va o‘z vatani ozodligi yo‘lida qo‘liga qilich olib, dushmanga qaqshatqich zarbalar keltira olgan Xorazmning mard o‘g‘loni Jaloliddin Manguberdi harbiy fa’oliyatini o‘rganishda birlamchi manba hisoblanadi. Tadqiq etilgan manbalarda keltirilgan Jaloliddin Manguberdining hayoti va vatanga e’tiqod yo‘lidagi faoliyatini o‘rganish o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning vatanga e’tiqod, cheksiz muhabbat, g‘urur va iftixor, vatan va xalq tinchligi yo‘lida jon fido etish, insonparvarlik kabi qarashlarini rivojlantirish va shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, Sulton Jaloliddin Manguberdining Kavkazorti va Kichik Osiyodagi faoliyati, mahalliy sulolalar bilan munosabati kabi muhim masalalarda an-Nasaviy va Juvayniy asarlari qimmatli ma’lumotlar beradi. Jumladan, Bahauddin ibn Ali Juvayniy 1192-yilda Sulton Alouddin Takesh (1172–1200) xizmatiga kiradi. Uning nabirasi Alauddin Atomalik Juvayning bobosi Shamsiddin Muhammad (1200–1220), keyinchalik Jaloliddin Manguberdining bosh vaziri sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Ammo uning o‘g‘li Bahouddin taxminan 1232-yilda bir guruh aslzodalar bilan birga mo‘g‘ullar xizmatiga kirishga majbur buladi va o‘g‘li Alouddinni ham xizmatga jalb etadi. Shuningdek, asarda muallif Jaloliddin Manguberdining Chingizxonni hayratga solgan jasorati, aql-zakovati haqida quybdagilarni keltiradi: “Chinzigxon uning daryodan o‘tib kelayotganini ko‘rgach, suv bo‘yiga ot surdi. Mo‘g‘ullar ham o‘zlarini daryoga otmoqchi bo‘ldilar, biroq Chingizxon ularni to‘xtatdi. G‘animlar kamondan o‘t otmoqqa kirishdilar. Bu holni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan kishilarning aytishiga qaraganda, daryoda o‘q zaxmidan halok bo‘lganlar qonidan suv qizarib ketgan ekan. Sulton bitta qilich, nayza va qalqon bilan daryodan o‘tdi. Chingizxon va barcha mo‘g‘ullar hayrat barmog‘ini tishlar edilar.


Download 60.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling