Siz konstitusiyani bilasizmi
Download 85.5 Kb.
|
Yo\'l harakati qoidalari 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yolovchilarning vazifalari
- Velosipedchilar uchun yol harakati qoidalari
Piyodalarning vazifalariPiyodalar trotuardan, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan yurishlari kerak. Qo'pol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida borayotgan shaxslarning trotuar yoki yo'l yoqasidan yurishlari boshqa piyodalarning harakatlanishiga halaqit berayotgan bo'lsa, ular qatnov qismini chetidan yurishlari kerak. Piyodalar yo'lning qatnov qismini piyodalar o'tish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti o'tish joylaridan, ular bo'lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo'l yoqasi bo'ylab kesib o'tishlari kerak. Piyodalar yo'l harakati tartibga solingan joylarda tartibga soluvchining yoki sfetoforlarning, ular bo'lmaganda esa transport sfetoforlarining ishoralariga amal qilishlari kerak. Piyodalar to'xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tranvayni esa oldi tomonidan o'tishlari shart. Yo'lovchilarning vazifalariYo'lovchilar transport vositasiga faqat u to'la to'xtagandan so'ng tratuar yoki yo'l yoqasi tomonidan chiqishga va tushishga, matosiklda harakatlanganda esa maxsus bosh kiyimini tugmalashga majburdirlar. Yo'lovchilarga: -transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg'itish va unga halaqit berish; -bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlar satxidagi yoki undan yuqoridagi yuk ustida o'tirish; -transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish taqiqlanadi. Velosipedchilar uchun yo'l harakati qoidalariYo'llarda velosiped boshqarish 14 yoshdan kichik bo'lmagan shaxslarga, mopedlarni esa 16 yoshdan kichik bo'lmagan shaxslarga ruxsat etiladi. Velosiped haydovchisi yo'l harakati qoidalarini bilishini tasdiqlovchi xujjatni yonida olib yurishi kerak. Velosipedni soz tormozi va tovushli signali bo'lishi kerak. Sutkaning qorong'i vaqtida va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda yo'lda harakatlanganda velosipedning old tomoni oq fara bilan, orqasi qizil rangli fara yoki yorug'lik qaytargich bilan, har ikki yon tomoni esa-zarg'aldoq yoki qizil rang yorug'lik qaytargich bilan jihozlanadi. Velosipedlarda yo'lning qatnov qismida bir qator bo'lib o'ng chetidan ko'pi bilan bir metr masofada harakatlanishi ruxsat etiladi. Aylanib o'tish va ruxsat etilgan hollarda chapga burilish va qayrilib olish uchungina bunday kattaroq masofaga chiqishga yo'l qo'yiladi. Yo'l yoqasida harakatlanishga, agar bu piyodalarga halaqit bermasa, yo'l qo'yiladi. Velosipedchilar kolonnasi (to'dasi)qatnov qismida harakatlanayotganda velosipedchilar o'ntadan bo'linishi kerak. To'dalar orasidagi masofa 80-100 metrni tashkil qilishi kerak. Download 85.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling