1-guruh. Sanoat.
Sizda sanoat sohasiga mansub bo’lgan kasblarga qiziqish va moyillik mavjud. Siz samolyotsozlik, energetika, avtomobilsozlik, geologiya, metallurgiya, kimyo va yengil sanoat, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlari shuningdek, matematika, fizika, kimyo fanlarini chuqur o’rganishga yo’naltirilgan akademik litseylarda ta’lim olishingiz mukin.
2-guruh. Transport
Sizda avtomobillarni boshqarish, ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan kasblarga moyillik yuqori. SHu bois Siz transport vositalari bilan bog’liq bo’lgan kasblar tayorlaydigan kasb-hunar kollejlarida yoki matematika va fizika fanlari yo’nalishidagi akademik litseylarda tahsil olishingiz mumkin.
3-guruh. Aloqa
Sizda aloqa bilan bog’liq kasblarga moyillik yuqori. Siz telekommunikatsiya, radio, pochta, elektron uskunalarni boshqarish, xalqaro aloqa, telefon, telegraf va boshqa sohalar bo’yicha kasbiy tayyorgarlik yo’nalishidagi kasb-hunar kollejlari va fizika fanini chuqur o’rgatuvchi akademik litseylarga o’qishga borishingiz mumkin.
4-guruh. Qurilish
Sizda qurilish sohasidagi kasblarga qiziqish mavjud. Sizga qurilish avtomobillari va mashinalarini boshqarish, sanitariya-texnik tizimlar, temir-beton mahsulotlari va konstruktsiyalar, duradgorlik kabi kasblar tayyorlaydigan kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’qishga tavsiya etiladi.
5-guruh. Uy-joy, kommunal xo’jalik
Sizda suv, gaz ta’minoti, turar joy va jamoat binolariga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan kasblarga qiziqish mavjud.
Siz uy-joy va kommunal xo’jaligi sohasi uchun kasblar tayorlaydigan kasb-hunar kollejida yoki aniq fanlar yo’nalishidagi akademik litseylarda ta’lim olishingiz mumkin.
6-guruh. Tibbiyot
Sizda sog’liqni saqlash sohasining umumiy amaliyot, stomatologiya, ortopediya, farmatsiya, tibbiy optika va laboratoriya tashhisi sohalaridagi kasblarga qiziqishingiz yuqori. Tibbiyot yo’nalishidagi kasb-hunar kollejida yoki kimyo va biologiyaga ixtisoslashgan akademik litseylarda o’qishingiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |