Slayd-1 Mavzu: Din va ma’naviyat


Download 445 b.
Sana07.03.2017
Hajmi445 b.
#1864


Slayd-1

  • Mavzu: Din va ma’naviyat.

  • Reja:

  • Din va dunyo dinlari. Islomning mohiyati.

  • Mustaqillik va vijdon erkinligi.

  • «Qur’on» umum insoniy qadriyatlarni himoya etuvchi muqaddas manba.

  • Hadislar-ichki ma’naviy poklik talablari.


Slayd-2

  • Din ko’p qirrali va murakkab tushunchadir. Din so’zi arabcha bo’lib, ilohiy qudratga ishonch, ishonmoq ma’nosini bildiradi.

  • U insonlarning yashashdan maqsadi nima ekanligini, qanday yashash lozimligini, inson hayotinig mazmuni nima ekanligini, insof, adolatni, tinchlikni eng muhimi insonlarning halol va pok mehnati bilan kun ko’rishi , ilm-ma’rifatga ega bo’lishini targ’ib qiladi.



Slayd-3

  • 1. Xristian dini - (Xristos nomidan) – I asrning 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yaxudiylar o’rtasida paydo bo’lgan va dunyoga tarqalgan. Yevropa, Lotin Amerikasi mamlakatlarida, Avstraliyada, Afrika davlatlari, Yaqin Sharq va Uzoq Sharq hududlarida keng yoyilgan. Hozirgi paytda 1 mlrd. 500 million kishi bu dinga sig’inadi. Xristianlarning xaj qiladigan joyi Quddusi Sharifda.



Slayd-4

  • 2. Buddizm (mil. av. VI–V asrlarda) Hindistonning shimolida vujudga kelgan. Keyinchalik Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo hamda Uzoq Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Budda diniga hind, xitoy, koreys, yapon, vyetnam, mo’g’ul, buryat, yoqut xalqlari sig’inadilar. Ularning sig’inadigan joyi: Lixasa (Tibetning markazi-Nepalga yaqin). Buddistlar Lixasaga borib «xaj» qilib keladilar va u yerda dalay-lama (Tibet va Mo’g’ulistonda budda dini peshvosi) bilan uchrashuv o’tkaziladi.



Slayd-5

  • 3. Islom dini. Islom-dunyoda keng tarqalgan dinlardan biri bo’lib, 1,3 mlrd.ga yaqin musulmonlar unga e’tiqod qilishadi. Osiyo qit’asidagi Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, O’rta Osiyo, Afg’oniston, Pokiston, Afrika qit’asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Respublikasi, Somali singari mamlakat xalqlari, Efiopiya, G’arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma’lum bir qismi, Yevropa qit’asidagi Bolqon yarim orolida yashovchi xalqlarning bir bo’lagi islomga etiqod qiladilar. Musulmonlarning xaj qiladigan joyi – Makka.

  • Ka’ba – islom dinida muqaddas hisoblanadi va u yerda «Ollohning uyi» («Baytulloh») deb nom olgan.



Slayd-6

  • «Islom» so’zi arabcha bo’lib, «Xudoga o’zini topshirish» «itoat», «bo’ysunish» degan ma’nolarni bildiradi. Shundan bu ishonuvchilar: «muslim» deb ataladi. Uning ko’pchlik shakli bu dinda «muslimun» deb ifodalanadi. Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri VII asr boshlarida paydo bo’lgan. Payg’ambarimiz Muhammad alayxissalom (570-632) Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to’g’risida targ’ibot boshlagan. Biroq zodagonlarning qarshiligiga uchrab 622-yilda o’z tarafdorlari bilan Madina (Yasrib) ga ko’chgan (xijrat qiladi). O’sha yildan boshlab musulmonlarning xijriy yili hisobi boshlandi. 630-yilga kelib Makka ham musulmonlar qo’liga o’tib bu yerda musulmon davlati shakllanadi. Makka birinchi marta Ptolomey asarida (II-asr) Makoraba nomi bilan tiga olingan. Islom dinigacha majusiy kabilarning diniy markazi bo’lgan.



Slayd-7

  • 1.Keyingi yillarda davlat bilan diniy tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda juda katta o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Dinning jamiyatdagi o’rni tiklanmoqda. Diniy uyushma va tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o’tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengaymoqda.

  • 2.O’zb. Res.Konsutitsiyasi 31-moddasida «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi» deyilgan. Buning isbotini amalda ko’rmoqdamiz.





Slayd-8

  • Islom aqidalarining asosiy ibrat kitobi ahloqiy-huquqiy tamoyillari birinchi manba hisoblangan Muqaddas «Qur’on»da o’z ifodasini topgan. Qur’oni Karim va Hadisi Sharifda ma’no va mazmun teran, umum insoniy qadriyatlarni himoya etuvchi va targ’ib qiluvchi falsafiy xulosalar chuqurdir.

  • Bu muqaddas kitob Yer yuzi musulmonlarining dasturi amali dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarning kitobi bo’lib, arab tilida «qiroat» ma’nosini anglatadi.



Slayd-9

  • Qur’oni Karimning eng muhim xizmati shundaki, unda har inson uchun bevosita ahamiyatli bo’lgan so’zlar, yo’l-yo’riqlar, asosiy qoidalar, ta’limotlar aniq ko’rsatilgan. Undagi ilm, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat haqidagi g’oyalar umumbashariyatga tegishlidir. Ahloq va odob masalasiga alohida e’tibor berilgan.



Slayd-10

  • «Qur’on» kishilarni tenglikka, birodarlikka, tinch totuv yashashga, ezgulikka undaydi. Shunga ko’ra, u katta ahloqiy qimmatga ega. «Qur’on» da sahovat, mehmonnavozlik, jasorat, sabr va qanoat, qo’li ochiqlik, bag’rikenglik, muruvvatlilik, keng fe’llik, to’g’rilik, vafodorlik va sodiqlikka katta e’tibor berilgan va yuksak ma’rifat belgisi deb qaraladi. Unda ehson mazmuni keng qamrovda olinadi.



Slayd-11

  • «Qur’oni Karim»da ehsonga loyiq kishilarga birinchi navbatda ota-onalar kiritiladi va ota-ona haqqi belgilab beriladi. «Al-Isro» surasining 23-24-oyatlarida ota-onaga yaxshilik Ollox Taologa ibodat qilishdan keyin ikkinchi vazifa sifatida ta’kidlanadi.

  • Ota-ona qanday bo’lishidan qat’iy nazar, farzand ularga nisbatan hurmat saqlashi, ularning so’zlarini qaytarmasligi, ota-ona bolani dunyoga keltirish bilan birga, farzandga ta’lim-tarbiya ham berganligini unutmay, ularning haqqini ado etishga doimo tayyor turishi lozimligi ta’kidlanadi.



Slayd-12

  • 1.«Qur’on»da shirinsuxanlik, to’g’ri so’z, muomala madaniyatiga rioya qilish qonun-qoidalari keltiriladi, shirinsuxanlik insonning muomala madaniyatiga ega ekanligini ko’rsatadi, obroini orttiradi, hurmatga sazovor qiladi.



Slayd-13

  • 2.Unda odob-ahloq madaniyati, huquqiy munosabatlar va insonni ulug’lashga oid muhim ko’rsatmalar mavjud. Jumladan, «Bandalarimga aytingki, ular eng go’zal so’zlardan so’zlashsinlar», «Biz odam bolalarini mukarram qildik… ularga halol, pok narsalardan rizqu - ro’z berdik va ularni o’zimiz yaratgan juda ko’p jonzotlardan afzal - ustun qilib qo’ydik» ─ deb ko’rsatiladi.



  • Hadislar islomda Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi manba hisoblanadi va xalqning turmush tarzidagi barcha qonun-qoidalarini belgilab beradi.

  • Bugun musulmon olamida eng nufuzli manbalar deb tan olingan 6ta ishonchli hadislar to’plami (As-sahih is-Sita) mualliflari Markaziy Osiyo xalqlari vakillari bo’lgan.

  • 1. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 193 (809)-256 (870).

  • 2.Imom muslim ibn al-Xajjoj 206 (819) -261 (874).

  • 3.Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy 209 (824)-279 (892).

  • 4.Imom Ahmad an-Nasoniy 215 (880)-303 (915).

  • 5.Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy 202 (817)-275 (888).

  • 6. Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Mojja 209 (824)-273 (886).



Slayd-15

  • Hadislarda insonning inson oldidagi mas’uliyati «savob», «gunoh» tushunchalari orqali boshqarilishi aytiladi.





Slayd-17

  • Aksincha, iymon talablariga zid noahloqiy xususiyatlar qoralanadi va ular «gunoh» sifatida huquqiy qonun bilan qat’iy man etiladi. «Gunoh» ishlarga quyidagilar kiradi.





Download 445 b.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling