SlideModel Free PowerPoint Templates


Ma’naviyat masalalarini tadqiq etgan olim A.Erkayev


Download 274.37 Kb.
bet6/17
Sana20.06.2023
Hajmi274.37 Kb.
#1629367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Диссертация Қодиров тақдимот

Ma’naviyat masalalarini tadqiq etgan olim A.Erkayev unga alohida falsafiy tushuncha sifatida yondashib, uning mohiyatini muayyan ma’noda izohlab quyidagicha yozadi: “ma’naviyat va uning o‘zagidan yasalgan ma’naviy sifatlashning qo‘llanilishi doirasi keskin kengayib, ularning lug‘aviy va atama sifatidagi mazmuni shu qadar boyib bormoqdaki, bu ma’naviyatni alohida falsafiy tushuncha sifatida o‘rganishni, uning madaniyat, ong, tafakkur, dunyoqarash, ruhiyat hamda badiiy, siyosiy, axloqiy qadriyatlar va shu singari boshqa tushunchalar tizimidagi o‘rnini aniqlash, ular bilan o‘zaro munosabatini tahpil qilishni taqozo etmoqda”.
Ma’naviyatga nisbatan o‘zgacharoq ta’rif bergan. Q.Bo‘ronovMa’naviyat ko‘proq insonning ichki, botiniy, yashirin dunyosi bo‘lib, unga sermashakqat hayotida hech qanday yomon, axmokqona xatti-xarakat qilishga, axloqsiz bo‘lishga ijozat bermaydi”. Demak, ma’naviyat asosan, inson (ijtimoiylashgan odam)ning ichki yashirin dunyosidir. Shy tufayli odam o‘zi yashayotgan muhit va jamiyatda tarixan qaror topgan odob-axloq doirasida faoliyat olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Tadqiqotchi Shtumn ma’naviyatning uch asosini ajratadi: “intellektual (kognitiv), axloqiy- marosimlarga oid va badiiy-estetik” Ularga inson ma’naviy hayotida imon (ishonch), bilish, axloq, san’atlar to‘gri keladi. Ma’naviyat qaerda vujudga kelishidan qat’iy nazar, unda ma’lum bir umumiy qonuniyatlar: (axloqiy me’yorlar, qadriyatlarga so‘zsiz amal qilinishi, har qanday e’tiqodni hurmatlash, unga qat’iy amal qilish) kuzatiladi.
L.Ibroximov, X.Sultonov, A.Juraevlarning “Vatan tuyg‘usi” kitobida ma’naviyatga quyidagicha ta’rif berilgan. “Ma’naviyat- jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir insoning ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha”. Faylasuf olim T.Maxmudov esa ma’naviyatning tarkibiga juda ko‘p qadriyatlarni kiritadi. Binobarin, unga bir ma’noli ta’rif berish ancha mushkul. Chunki, ma’iaviyat ong va qalbda makoi topib, yorug‘ dunyoda ruhiy qadriyat tarzida konkretlashib, moddiylashgan-insoniylashgan holdagina ko‘zga tapiinadi” A.Alievning fikricha “Ma’naviyatga ta’rif berib o‘tirishga hojat yo‘q, kupchilik tushunadi. Agar bir suz bilan aytiladigan bulsa,” ma’iaviyat insoniylik, imon va e’tiqoddir” biroq odamning yetuk insonga aylanishida tashqi ta’sirning o‘zi yetarli emas.
“Ma’naviyat haqida gap borar ekan, men avvalo insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan botiniy kuchni tasavvur qilaman”. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenta Islom Karimov bu ta’rifida ma’naviyatning muhim tomonlari xalq tilda o‘z ifodasini topgan.

Download 274.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling