SlideModel Free PowerPoint Templates
Download 274.37 Kb.
|
Диссертация Қодиров тақдимот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot jarayonida
Tadqiqotimizda O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida ma’naviyatning ijtimoiy taraqqiyotga ta’sirini tahlil etish nazarda tutilgani tufayli, falsafa fanining ayrimlik, xususiylik va umumiylik kategoriyasida o‘z ifodasini topgan ichki va tashqi aloqadorliklar, o‘zaro ta’sir va aks ta’sirlarning oqibatlariga alohida urg‘u berildi. Binobarin, yuqorida ma’naviyatning yuzaga kelishi va rivojlanishi to‘grisida bildirilgan fikrlar tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib, umumiylik va xususiylik ichidagi ayrimlik haqidagi muhokama jarayonining taqozo etishi tufayli umumlashtirilib, tahlilga tortildi. Zotan, ma’naviyat va ijtimoiy taraqqiyot o‘rtasidagi dialektik aloqadorlikning ilmiy-falsafiy tahlilida ayrimlikning xususiylik va umumiylik bilan tutashgan nuqtani e’tibordan qochirish mumkin emas. Tadqiqot jarayonida ma’lum bo‘ldiki, ma’naviyat tufayli har bir mintaqada madaniyat o‘ziga xos tarzda aniqlangan. Binobarin, ma’naviyatga madaniyatning tarkibiy qismi sifatida yondashuv ilmiylikka putur yetkazadi.
O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash omillaridan biri sifatida ma’naviyat sohasidagi merosimizni o‘rganishda vorisiy aloqadorligiga jiddiy e’tibor berib, uni ilmiy-falsafiy nuqtai-nazardan ifodalash muhimdir. Vorisiylik o‘tmish bilan bugungi kunni, bugungi kun bilan kelajakni bog‘lab turadi. Ana shu bog‘liqlik natijasida ijtimoiy taraqqiyot sodir bo‘ladi. Ijtimoiy taraqqiyotning tizimini tashkil etuvchi elementlar o‘zaro dialektik bog‘liqliqaa rivojlanadi. Darhaqiqat, “dialektik taraqqiyot tushunchasi to‘g‘ri chiziqli harakat ma’nosini emas, balki asta-sekin ko‘tarilib, kengayib yoki torayib boradigan, bir bosqich ikkinchi bosqichga vorislik yo‘li bilan bog‘lanadigan, yuksak bosqichga ko‘tarilganda boshlang‘ich nuqtaning ba’zi jihatlarini o‘z bag‘rida saqlaydigan voqeliqaagi spiralsimon harakat ifodasidir”. Ma’lumki, ijtimoiy taraqqiyot tuzililari o‘zlarining vazifalari, bilan bir-birlaridan farq qiladi. Ular muayyan qonuniyatlar asosida faoliyat ko‘rsatsalar ham, axloq va ma’naviyat muammolariga samarali ta’sir ko‘rsatadilar. Parsons fikricha, “ijtimoiy tuzilma, eng avvalo, faoliyatli tizimdir. Masalan, iqgisod, siyosat, huquq kabi o‘zaro ta’sirda bo‘luvchi ijtimoiy tizimlar axloqqa, ma’naviyatga faol ta’sir ko‘rsatadilar”. Demak, biz ma’naviyatning jamiyat ijtimoiy hayotiga ta’siri haqida fikr yuritar ekanmiz, buiing uchun “ijtimoiy-ma’naviy tuzilma” degan tushunchaning mazmui-mohiyatiga alohida ahamiyat ko‘rsatishimiz lozim-deb hisoblaymiz. Bizning fikrimizcha, ijtimoiy ma’naviy tuzilma deb, ma’naviyat, madaniyat, fan, ta’lim, tarbiya, ma’naviy meros, san’at va ularni o‘zaro bog‘lab turuvchi vorisiylik kabi omillar birligiga aytiladi. Download 274.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling