SlideModel Free PowerPoint Templates
-§. Ijtimoiy ma’naviy taraqqiyot tuzilmasi va ularning o‘zaro munosabatlari
Download 274.37 Kb.
|
Диссертация Қодиров тақдимот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insoniyat taraqqiyoti bir-biri bilan chambarchas bog‘langan vorisiylikdan iborat. Zero, odamzot vujudga kelgach, uning miya xossasi juda murakkab jarayonlarda taraqqiy qila boshlagan.
1.2-§. Ijtimoiy ma’naviy taraqqiyot tuzilmasi va ularning o‘zaro munosabatlari
I. BOB. IJTIMOIY TARAQQIYOTDA MA’NAVIYATNING O‘RNINI O‘RGANISHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI “Madaniyat” bilan “Ma’naviyat” tushunchasi o‘zaro yaqin bo‘lib, madaniyat ma’naviy taraqqiyotning natijasidir. Ammo, u mohiyat va ma’no jihatdan o‘ziga xos xususiyatga ham ega. Madaniyatning har bir ko‘rinishi u yoki bu tarzda m’naviyatga daxldor bo‘lsa-da, u milliy ma’naviyat darajasiga ko‘tarila olmasligi mumkin. Insoniyat taraqqiyoti uchun xizmat qilgan va bugungi kunda ham faol amal qilayotgan tafakkur tarzlarigina milliy ma’naviyatga aylanadi va uni boyitadi. Aks holda, madaniy meros sifatidagina qolishi mumkin. Ijtimoiy taraqqiyotda vorislik qonuniyatining falsafiy kategoriya sifatida eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi ob’ektiv zaruriy aloqa ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunga ko‘ra, har qanday ilgarilab rivojlanish jarayonlarida, harakatning har bir yuqoriroq shakli uning shakli bilan uzviy aloqador bo‘lishi taqozo etiladiki, bunga ko‘ra, o‘tmishni butunlay inkor qilmaslik, balki zamon bilan vorislik aloqadorligini saqlab qolish darkor. Boshqacha aytganda, har bir bosqichda taraqqiyot uchun xizmat qiladigan jihatlar saqlab qolingandagina taraqqiyot sodir bo‘lishi mumkin. Demak, ma’naviy meros ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat uchinchi tashkillovchi va boshqaruvchi tizim ekan, undagi inson omili taraqqiyotni tezlashtirishi yoki ma’lum bir muddat sekinlashtirib qo‘yishi ham mumkin. Insoniyat taraqqiyoti bir-biri bilan chambarchas bog‘langan vorisiylikdan iborat. Zero, odamzot vujudga kelgach, uning miya xossasi juda murakkab jarayonlarda taraqqiy qila boshlagan. . BOB. IJTIMOIY TARAQQIYOTDA MA’NAVIYATNING O‘RNINI O‘RGANISHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI Ijtimoiy taraqqiyot-bu jamiyatning moddiy va ma’naviy o‘tmishdan kelajak tomon yangi sifat kasb etib ilgarilab borishidan iborat zamon bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayon. Barcha hodisalarning siklli takrorlanib turishi emas, balki vaqtning kelajakka qarab yo‘nalganligi, qaytmasligi haqidagi qarashlar rivojlanishini “bir xilliqaan ko‘p xillikka, oddiydan murakkabga qarab boruvchi” (G.Spenser); “Evolyusion tanlanish” (Ch.Darvin); “emerjment evolyusiya” (L.Morgan); “muvozanat nazariyasi” (L.Uord, Le.Dantek): “konflikt nazariyasi” va boshqa ko‘plab konsepsiyalar mavjud. Shunga qaramasdan, dialektikaga asospangan konsepsiya tarafdorlari ta’kidlagan orqaga qaytmaslik, kelajakka yo‘nalganlik, zaruriylik kabi sifatiy o‘zgarishlar rivojlanishning tabiatini belgilab beradi. Dialektik ziddiyat, miqdorning sifatga o‘tishi, inkorni inkor kabi qonunlardan tashqarida uni izohlab bo‘lmaydi. O‘zbekistonda tadrijiy taraqqiyot yo‘li tanlangani va bu borada yaxlit ta’limot shakllangani quvonchli holdir. Chunki ta’kidlagan iqtisodiy tizim, hamma mamlakatlar uchun umumiy konsepsiya taraqqiyot omili bo‘la olmaydi. Biroq “sivilizatsiyali yondashuv” (N.Danilevskiy, O.Shpengler, A.Toynbi)ning jamiyatning ijtimoiy-ruhiy qiyofasi, xalq mentaliteti haqida fikr yuritish imkonini beruvchi qarashlaridan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Zotan, ijtimoiy tarakqiyotga sivilizatsiyali munosabat madaniy taraqksyogni inson va jamiyat rivojlanishining asosiy omili sifatida karash imkonini beradi. Milliy ma’naviyat qadr topayotgan mustaqil O‘zbekistonda uni yanada boyitish va yangi avlodga meros sifatida qoldirish favqulotda katta ahamiyatga ega. Ma’naviy-ruhiy olami boy, azaliy qadriyatlaridan uzilmagan millatgina o‘zligini saqlab qola oladi. Download 274.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling