SlideModel Free PowerPoint Templates


Inson ma’naviy kamolotida barkamol inson goyasi muhim o‘rin tutadi. Butun insoniy va ma’naviy yetuk, o‘zligini teran anglagan individ barkamol insondir


Download 274.37 Kb.
bet9/17
Sana20.06.2023
Hajmi274.37 Kb.
#1629367
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Диссертация Қодиров тақдимот

Inson ma’naviy kamolotida barkamol inson goyasi muhim o‘rin tutadi. Butun insoniy va ma’naviy yetuk, o‘zligini teran anglagan individ barkamol insondir.
1.3-§. Ijtimoiy taraqqiyotda ma’naviy sohada kechadigan jarayonlar
Ma’naviyatni madaniyat tarkibiga kiritib, talqin qilish shaxs aksiologiyasi hukmron mafkura orqali muqimlashtirildi. Nazariy jihatdan hatto bu fikr hanuz ayrim ilmiy adabiyotlarda uchrab turadi. Yuqorida biz ma’naviyat odamning naydo bo‘lishi, ijtimoiylashuvi bilan bog‘liq hodisa ekanligi, shu bois odamlar fiziologik jihatdan vaxshiy hayvonlardan ojiz bo‘lsa-da, manaviy birlik asosida ularning hujumidan saqlanib qolganligini dalillagan edik. Binobarin, ma’naviyatni madaniyat tarkibiga kiritib, munosabat bildirish ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan xato ekanligi haqidagi xulosaga kelgan edik.
Madaniyat-kultura so‘zi XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Ovrupo xalqlari tillarida ilmiy muloqotga kiritilgan. Shu davrdan e’tiboran, ma’rifatparvarlikka, aql-idrokka e’tibor kuchaydi. Fan va bilim jamiyatni rivojlantirishi, ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi johillik va xurofotni bartaraf etishda ma’rifatning muhim o‘rin tutishi keng targ‘ib etildi. Keyinroq, ilmiy asarlarda shunga yaqinroq, ammo ma’no jihatidan farq qiladigan “sivilizatsiya” tushunchasi to‘grisidagi falsafiy qarashlar ham o’z ifodasini topa oladi. Sivilizatsiya tushunchasi fransuz ma’rifatparvari va faylasufi L.Fergyussen tomonidan ilmiy muomalaga kiritildi.
Ushbu bobda ilgari surilgan nazariy fikr-qarashlarni quyidagicha umumlashtirish mumkin:
Birinchidan, dastlabki odamlardayoq ilk ijtimoiylik unsur (element)lari mavjud bo‘lgan, albatta. Odamzot biologik jihatdan takomillashib borgan sari, undagi ijtimoiylik unsurlari ham rivojlanish jarayonida, hayvoniy qarashlar cheklanib borgan. Natijada yashash uchun kurash jarayonida jiddiy bio-ijtimoiy o‘zgarishlar ro‘y bergan. Ijtimoiylik asta-sekin rivojlanib, Kromanon tipidagi hozirgi zamon odamlari tarix maydoniga kelgach, ijtimoiy munosabatlar tom ma’noda takomillashib borgan.

Download 274.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling