Smeta tuzish. Reja


-§. Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish


Download 52.27 Kb.
bet11/13
Sana20.10.2023
Hajmi52.27 Kb.
#1712844
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Smeta tuzish.

2-§. Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish
52. Tashkilotlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtatlar jadvali ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuqori tashkilot tomonidan tegishli moliya organiga taqdim etiladi.
53. Xarajatlar smetasi umumiy tarzda tasdiqlangan xarajatlar bo‘yicha quyidagi xarajatlar guruhiga ajratgan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar;
ish beruvchilarning ajratmalari;
boshqa xarajatlar.
Tasdiqlangan qurilishlarning manzilli ro‘yxati (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati) va qurilishlarning titul ro‘yxati asosida tuzilgan kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlar smetasi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha kapital qurilishning buyurtmachilari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan tasdiqlangan holda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilinadi. Manzilli va titul ro‘yxatiga kiritilgan aniqliklar asosida kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlar smetasiga mazkur Nizomga asosan o‘zgartirishlar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining Zaxira jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari zaxira jamg‘armalari, shuningdek, moliya yili boshidagi mavjud erkin qoldiqlar va tegishli budjetlar ijrosi bo‘yicha qo‘shimcha olingan daromadlar hisobidan tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan va tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
54. Tashkilotlarning shtatlar jadvali shtatlarni tasdiqlash huquqi berilgan rahbar tomonidan tasdiqlanib, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan mudofaa va xavfsizlik vazirliklari va idoralari shtatlar jadvali har bir tuzilmaviy bo‘linmalari bo‘yicha mazkur mudofaa va xavfsizlik vazirliklari va idoralarining o‘zlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan umumiy shtat birliklari doirasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
55. Namunaviy shtatlar jadvali belgilangan tashkilotlarning shtatlar jadvali namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq hamda xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilinadi.
Tashkilotlarga ish hajmiga ko‘ra namunaviy shtatlar jadvali qo‘llanishi mumkin bo‘lmagan yoki tashkilotlar uchun tasdiqlangan shtatlar me’yorlari (namunaviy shtatlar) mavjud bo‘lmagan hollarda, shtatlarni tasdiqlash huquqi berilgan tegishli rahbarlar tomonidan ular uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida tasdiqlangan shtatlar jadvali ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilinadi.
(55-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2157-1, 29.07.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 416-modda)
56. Tashkilotlar xodimlarining lavozim bo‘yicha maoshlari va tarif stavkalari qonunchilikka muvofiq belgilanadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida qabul qilinadi.
57. Tashkilotlar xodimlarining lavozim bo‘yicha maoshlari va tarif stavkalarida oldingi ro‘yxatdan o‘tkazilganlariga nisbatan o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish haqidagi farmonlariga muvofiq, shuningdek belgilangan tartibda xodimlarning navbatdagi attestatsiyasini o‘tkazish vaqtida budjet tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida kiritilishi mumkin. Mazkur hollarda shtatlar jadvali ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Boshqa barcha hollarda shtatlar jadvali tegishli moliya organlarida qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2157-1, 29.07.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 416-modda)
58. Ish haqi miqdori tarifikatsiya bo‘yicha belgilanadigan, ya’ni, attestatsiya natijalari bo‘yicha beriladigan tegishli malaka toifasi mavjudligiga, ish vaqtining haqiqiy hajmiga va boshqalarga ko‘ra belgilanadigan xodimlar mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasi shtatlar jadvalida ko‘rsatiladi va u rahbar, bosh hisobchi (hisobchi) tomonidan imzolanadigan tarifikatsiya ro‘yxatidagi mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga muvofiq bo‘lishi lozim.
59. Tashkilotlarning shtatlar jadvali yillik mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foizi miqdoridagi Budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarining moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasini qo‘shgan holda, agarda qonunchilikda alohida tashkilotlarga boshqacha miqdorlar belgilanmagan bo‘lsa, ro‘yxatga olish uchun qabul qilinadi.
60. Xarajatlar smetasi ushbu xarajatlar smetasida tasdiqlangan barcha guruhlar bo‘yicha xarajatlarni xarajatlar yoyilmasiga va ularning hisob-kitoblariga to‘liq mos kelishini tekshirgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilinadi.

Download 52.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling