Smeta tuzish. Reja
-§. Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalining tasdiqlanishi hamda ro‘yxatdan o‘tkazishning rasmiylashtirilishini to‘g‘riligini tekshirish
Download 52.27 Kb.
|
Smeta tuzish.
3-§. Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalining tasdiqlanishi hamda ro‘yxatdan o‘tkazishning rasmiylashtirilishini to‘g‘riligini tekshirish
61. Yuqori tashkilot moliya organiga xarajatlar guruhlari bo‘yicha xarajatlar yig‘ma smetasini, xarajatlarning to‘liq yoyilmasini va xarajatlar smetasiga hisob-kitoblarni ilova qilgan holda, shuningdek qaramog‘idagi barcha tashkilotlar bo‘yicha esa, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlarni ham taqdim etadi: Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo‘yicha xarajatlar yoyilmasini ilova qilgan holda xarajatlar smetasini; xarajatlar smetasining barcha moddalari bo‘yicha hisob-kitoblarni; budjet hisobidan saqlanuvchi lavozim va tarif stavkalari bo‘yicha shtatlar jadvalini. O‘zining tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan bo‘linmalarga ega bo‘lgan tashkilotlar ularning ro‘yxatini joylashgan joyi, xodimlar sonini tasdiqlangan shtat xodimlari miqdoridan chiqmagan holda taqdim etadi. 62. Yuqori tashkilot tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetalarini va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish paytida moliya organlari quyidagilarni tekshirishi lozim: budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to‘lovi uchun xarajatlar smetasi bo‘yicha tasdiqlangan summalarining shtatlar jadvali (bunda, xarajatlar smetasidagi ish haqi jamg‘armasi, xodimlar to‘liq to‘ldirilmaganligi tufayli mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi bo‘yicha tejab qolingan mablag‘lar summasiga shtatlar jadvalidagidan kam miqdorda tasdiqlanishi mumkinligini ko‘zda tutish lozim) bo‘yicha tasdiqlangan ish haqi summalariga muvofiqligi; ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan shtatlar jadvalini belgilangan namunaviy shtatlar jadvali va shtatlar normativlariga muvofiqligi; shtatlar jadvalida belgilangan lavozimlar bo‘yicha maoshlar hamda ularga qo‘shimchalarning to‘g‘ri belgilanganligi; Budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasining to‘g‘ri tashkil qilinishi; umumta’lim, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Direktor jamg‘armasi to‘g‘ri tashkil qilinishi; xarajatlar smetasi bo‘yicha tasdiqlangan stipendiyalar uchun xarajatlar summasini xarajatlar smetasi bo‘yicha hisob-kitoblarga muvofiqligi; “Boshqa xarajatlar” guruhi xarajatlari summasining xarajatlar smetasida tasdiqlangan summasiga muvofiqligi. 63. Tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish paytida moliya organlari o‘z vakolatlari doirasida ortiqcha shtatlarni yo‘qotishlari lozim. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyingina ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish lozim. 64. Yangidan tashkil qilinayotgan (jumladan, qayta tashkil etish natijasida) tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish ushbu tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qilinishi to‘g‘risidagi tegishli qaror ko‘rsatilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Yangidan tashkil qilinayotgan mahalliy tasarrufdagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish mazkur tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qilinishi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilganidan so‘ng amalga oshiriladi. 65. Tashkilotlar xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro‘yxatga olish mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlarga beriladi. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, boshqa tashkilotning tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lgan tuzilmalar o‘zlari qarashli bo‘lgan tashkilotlar bilan birga bitta ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda, zarur hollarda ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasida shtatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tashkilotlar va ularning tuzilmalari bo‘yicha alohida beriladi. Tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali hisobining jurnaliga kiritiladi. Kompyuter texnikasi mavjud bo‘lganda Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali hisobining jurnali avtomatlashtirilgan tarzda yuritilishi mumkin. 66. Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkalari, smetalar va shtatlar jadvali) quyidagi tarzda: smetalar va shtatlar jadvali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan tashkilotlar bo‘yicha — moliya vazirining o‘rinbosari, sohalarni moliyalashtiruvchi boshqarma va bo‘lim boshliqlari tomonidan, hududiy moliya organlarida — moliya organlari boshliqlari (mudirlari) yoki ularning o‘rinbosarlari hamda moliya organlari budjet bo‘limlari boshliqlari tomonidan imzolanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarida turuvchi xalq ta’limi muassasalari (tashkilotlari) bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi hujjatlar moliya organi boshlig‘ining (mudirining) o‘rinbosari — xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i va moliya organi budjet bo‘limining tegishli mutaxassisi tomonidan imzolanadi. 67. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijiy muassasalarini saqlash bo‘yicha tasdiqlangan umumiy xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tarmoq boshqarmalari tomonidan mazkur Nizomning V bobi 2 paragrafiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining har bir xorijiy muassasalari bo‘yicha xarajatlar smetasi, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri va moliya vaziri yoki ularning tegishli o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlanadi. (67-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2157-1, 29.07.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 416-modda) 68. Ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi yuqori tashkilot vakiliga beriladi. 69. Ro‘yxatdan o‘tkazilganligini bildiruvchi shtamp qo‘yilgan smeta va shtatlar jadvali har bir vazirlik va idora uchun qaramog‘idagi quyi tashkilotlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmalarida, hududiy moliya organlarida alohida papkalarda saqlanadi. 70. Joriy yil uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuqori tashkilot tomonidan moliya organlariga mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda, xarajatlar smetasidagi o‘zgartirishlar ro‘yxati taqdim etiladi. Xarajatlar smetasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida ro‘yxatdan o‘tkazishga qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy muassasalarining joriy yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mazkur Nizomning 7a-ilovasiga muvofiq shaklda xarajatlar smetasidagi o‘zgartirishlar ro‘yxati taqdim etiladi. (70-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2157-1, 29.07.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 416-modda) 71. Ishlatilmay qolgan joriy yilning o‘tgan oy (chorak) rejadagi ajratilgan mablag‘lar qoldig‘i joriy yilning keyingi oyi (choragi)ga xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan amalga oshiriladi. Tasdiqlangan xarajatlar smetasida konvertatsiya uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lardan foydalanish tegishli moliya organi ruxsati bilan mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda amalga oshiriladi. Bunda, olingan ruxsatning bir nusxasi yuqori tashkilotga yo‘llanadi, ikkinchi nusxasi esa, tegishli moliya organida qoladi. 72. Tashkilotlar boshqa shahar yoki tumandan belgilangan tartibda o‘tkazilgan holda yuqori tashkilotlar rahbarlari o‘n kunlik muddatda yangi joylashgan joydagi moliya organiga avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan smeta, shtatlar jadvali va ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini taqdim etishlari lozim. Bir vaqtning o‘zida moliya organi tashkilotlarni saqlash xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlarni oldingi ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi moliya organidan talab qiladi hamda mazkur ma’lumotlar olinganidan so‘ng Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali hisobining jurnaliga “hisobga qabul qilindi” deb yozadi. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi tegishli o‘zgartirishlar bilan yangisiga almashtiriladi. Tashkilot boshqa joyga o‘tkazilganligi to‘g‘risida ham moliya organi Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali hisobining jurnaliga tegishli yozuvni yozadi. 73. Tashkilotlar rahbarlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha arizalari mazkur hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan hududiy moliya organining rahbari tomonidan o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi. Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazgan hududiy moliya organining qarori bo‘yicha norozilik to‘g‘risidagi arizalar yuqori moliya organida ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari qarori bo‘yicha norozilik to‘g‘risidagi ariza O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan ko‘rib chiqiladi. Download 52.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling