Smm cheklist[najottalim uz]


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana20.10.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1711434
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SMM chek list 1

Ijtimoiy tarmoqlar
Odamlar Googleni shunchaki qidiruv tizimi,
Instagramni esa odamlar bilan tanishish va quvnoq
vaqt o’tkazish platformasi deb o’ylashadi. Ammo,
ular qayerdan pul ishlashini hech o’ylab
ko’rganmisiz? Ko’pchilik: "Ha internetda axir MB
sarflaymiz ku" - deb javob beradi. Ammo, biz sotib
oladigan internet trafiklarimizni ya’ni GB va
MBlarimiz google va boshqa umuman sarflayotgan
joylarimizga emas, provayderlarga to’laymiz. Ya’ni
Uztelecom, UCELL, Beeline va boshqa boshqa. Ular
biz internetni yoqib ma’lumot almashishimiz uchun
bizga trafik beradilar, ammo Google va Instagram
kabi ilovalar bundan foyda olmaydi. Unda qayerdan? 
"Agar mahsulot uchun pul to'lamayotgan bo'lsangiz,
unda siz mahsulotsiz" - "Social dilema" hujjatli
filmidan


Qanchalik qo’rqinchli yoki noodatiy eshitilmasin
ammo Google, Instagram va yuqorida ko’rib
turganingiz kabi ilovalar bizning vaqtimiz va
e’tiborimizni pullashadi. Bu nima degani? Siz har bir
soat, daqiqa va soniya ushbu tarmoqlarda
kezganingizda reklama beruvchilar tomonidan
yoqilgan reklamalar uchun xo’randa bo’lib
boraverasiz, yaʼni ularning nishoniga aylanasiz. Ular
siz kuzatayotgan ma’lumotlar, bosilayotgan like va
kommentariyalaringziga qarab sizga qiziq bo’lgan
narsalarni reklama tarzida sizga qo’yib borishadi. 
Qaysi tarmoqning auditoriyasi ko’p bo’lsa, demak
uning bozordagi qiymati ham shuncha yuqori. Bu
degani ular sizning platformada o’tirishingizni o’z
mahsulotlari sifatida, reklamani qabul qilib,
kuzatuvchi sifatida baholab uni reklama
beruvchilarga sotishadi. 
Reklama beruvchilar kim desangiz - bu SMM va
internet marketing mutaxassislari. Ha shunday, biz
odamlarni tarmoqda o’tirganlarida ularning
qiziqishlari va xohishlaridan kelib chiqib, ularga turli
mahsulotlarni reklama tarzida chiqara olamiz. 
Instagramdan olingan suratlar


Bu kabi reklamalarni siz avval ham ko’rgansiz. Bu
target reklamalari deb nomlanib nishondagi
auditoriyaning qiziqishlariga qarab yoqiladi va uni
faqat shu reklamaga qiziqqanlargina ko’radi. Bu kabi
reklamalarni siz Googleda, o’yinlarda, Yandexda va
yana boshqa boshqa tarmoqlarda ko’plab
uchratasiz. 



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling