Smm cheklist[najottalim uz]


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana20.10.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1711434
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SMM chek list 1

10-qadam: 
Targeting. Sotuvni oshirish uchun reklama yoqishni
ham o’rganishingiz kerak bo’ladi. Targetingni
o’zlashtirish orqali siz sotuvlarni sezilarli darajada
oshira olasiz. 
11-qadam: 
PR va influencer marketing. Brendingiz tanilishi va
odamlar ishonchini qozonishi uchun PR
instrumentlaridan faol foydalanishni o’rganishingiz
lozim bo’ladi. 
12-qadam: 
Qo’shimcha instrumentlar. Yuqoridagi ko’nikmalarni
o’zlashtirib uni tatbiq qilish uchun ba’zi dasturlarni
o’zlashtirish kerak bo’ladi. Xususan, Canva, Google
sheets, Trello va boshqalar bular sizga jamoada va
mijozlar bilan ishlashingizni osonlashtiradi.


13-qadam: 
Tizimlashtirish va boshqaruv. Ko’nikmalaringiz va
ishlaringiz ko’payishi bilan sizda jamoadoshlarga
ehtiyoj yoki sheriklar kerak bo’la boshlaydi.
Mijozlaringiz ham ko’payishi bilan barcha narsani
tizimli ravishda boshqarmasangiz, tartibsiz ish grafiki
va ishlar sizni orqaga torta boshlaydi, ko’p
muammolarga duch kelib, xatolarni o’tkazib yubora
boshlaysiz. Buni oldini olish uchun boshqaruv va
task, time menejment ko’nikmalarini o’rganish lozim.
14-qadam: 
Soft ko’nikmalar. Yuqoridagi ko’nikmalarni
bilganingiz ularni bilishingizni ham ko’rsatib bera
olishingiz kerak. Mijozlar oldida dovdiramasdan va
tutuqlarsiz gapirishni, xizmatlaringizni pullashni,
kelishuvlar olib borishni, shartnomalar yuritishni
o’rganishingiz, katta davralarda o’zingizni
mutaxassisdek tuta bilishingiz kerak bo’ladi. 
Yuqoridagi qadamlar orqali, siz bozorda deyarli
junior mutaxassis bo’lib yetisha olasiz. Ammo, katta
loyihalarda ishlash uchun tajriba kerak bo’ladi.
O’rganish jarayonida yangiliklar va muammolar
chiqib turishi tabiiy jarayon ularni mustaqil yengib
o’tishga va yengilib qolmaslikka harakat qiling.
O’zingizni o’zingiz rivojlantiring, behuda vaqt
sarflashdan tiyiling. Kuchli mutaxassisingiz va
jamoangiz bo’lganda o’yin o’ynash va ko’ngilxushlik
uchun ko’p vaqtingiz bo’ladi) 



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling