Smm cheklist[najottalim uz]


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana20.10.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1711434
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SMM chek list 1

6-qadam:
Kopirayting. Sotuvchi post maqolalar yozishni, to’g’ri
va jalb qiluvchi sarlavhalar topishni o’rganing.
Maqolalar yozganda AIDA, ACCA kabi sotuv
uslublarini o’zlashtiring. 


7-qadam:
Media kontent. Turli media kontentlari ichidan hech
bo’lmasa bittasini tayyorlashni o’rganing. Masalan,
fotografiya, mobilografiya yoki grafik dizaynerlik.
Media kontent tahrirlashni, ularni ijtimoiy tarmoq
algoritmiga mos qilib sozlashni o’zlashtiring.
8-qadam:
Jalb qilish va offerlar. Odamlarga qiziq bo’luvchi
reklama uslublarini, ularni jalb etuvchi qiziqarli
metodikalarni, progref ya’ni ularni qizdirish orqali
sotuvni amalga oshirish ko’nikmalarini o’zlashtiring.
9-qadam: 
Sotuv voronka va sotuv. SMM menejer iste’molchi
bilan to’g’ridan to’g’ri aloqada bo’lmaydi, ammo uni
shu aloqagacha olib kelishi kerak bo’ladi. Shu
sabab, sotuv voronkasi qanday qurilishi va har bir
qismda qanday qilib konversiyani oshirib borishni,
sotuv offerlari va skriptlarini ishlab chiqishni,
negativlar va murojaatlar bilan to’g’ri ishlashni, cross
sale va up sale kabi sotuv uslublarini o’rganib
chiqing. Bu orqali xizmat va mahsulotlarni ko’rinishi
va tarkibiga ham o’zgartirishlar kirita oladigan
bo’lasiz. 


Masalan: 
Avtomoykani oladigan bo’lsak: To’liq yuvish: 100.000
so’m, balon qoraytirish: 20.000, suxoy tumanka:
50.000 bo’lsa, ushbu narxlardan kelib chiqib mijozga
qanday qiziqarli taklif ishlab chiqsa bo’ladi? To’liq
yuvish+suxoy tumanga = 160.000 - shunda balon
qoraytirishni bepulga amalga oshiramiz. Bu albatta
soddaroq misol bo’ldi, ammo odamlarga shu kabi
qo’shimchalar va bepul imkoniyatlar juda yoqadi va
ular bu imkoniyatni rad etishni xohlashmaydi. Shu
kabi uslublarni o’zlashtirishingiz lozim. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling