So 'zning otasi
Download 490 Kb.
|
So 'zning otasi
Ekologiya va umumiy gigiyena bo 'yicha:
ekologiyaning tibbiy yo'nalishlari va gigiyenik talablar; ratsional ovqatlanish masalalari; kasalxona gigiyenasining tamoyillari va bo'limlarning gigiyenik ko'rsatkichlarini tekshirish usullari, psixogigiyena va hokazolar o'rgatiladi. Epidemiologiya sohasi bo'yicha dolzarb muammo: kasalxona binosi ichidagi infeksiyalarning oldini olish (profilaktikasi), epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o'tkazishda hamshiraning rolini yuqori pog'onaga ko'tarish yo'llari uqtiriladi. Sotsial gigiyena va sog 'liqni saqlash tashkiloti: aholi sog'lig'i ko'rsatkichlari; tibbiy statistika, ish yuritish; shifokorlar etikasi, odobi, axloqi va deontologiyasi; nutq madaniyati va muloqot san'atiga alohida urg'u beriladi. Sog'lom hayot tarzini targ'ibot qilish muammolari o'qitiladi. Pedagogika asoslari: pedagogik jarayondagi umumgumanitar va milliy qadriyatlar; fanlar tizimida pedagogikaning maqsadi, vazifalari va tutgan o'rni; O'rta Osiyo faylasuflanning psixologik qarashlari va tibbiyot allomalari, xususan, Abu Ali Ibn Sinoning sohaga oid qarashlarini chuqur o'rganish ko'zda tutiladi. Ta'lim mohiyati, o'qitishning tashkiliy usullari, shaxsiy tarbiya, axloq nazariyasi. Tibbiy psixologiya: bemor ruhiy faoliyatining asosiy qonuniyatlari, normal va patologik holatlarining chegaralari, kasallikning shakllanishida va davolash jarayonida shaxsning roli. Ruhiy o'z-o'zini boshqarish va psixoterapiya, hamshiralik ishining asoslari o'rgatiladi. Bemor va sog'lom odamning anatomik, fiziologik, yosh va jinsiy xususiyatlari normal anatomiya va fiziologiya kafedralarida o'tiladi. Organizmda asosiy patologik jarayonlarning paydo bo'lish sabablari va ularning rivojlanish mexanizmlari patofiziologiya va patanatomiya kafedralarida tushuntiriladi. Ichki a'zolar kasalliklari kafedrasida asosiy klinik simptomlar va sindromlar, ularning paydo bo'lish mexanizmlari va bemorni so'rab-surishtirish, nutq va muloqot san'ati, fizikaviy tekshiruvlar - ko'zdan kechirish, paypaslash, tukillatish, eshitish, arterial bosimni o'lchash, tomir urish xususiyatlarini aniqlash. ba'zi holatlarda tez tibbiy yordam ko'rsatishning asosiy tamoyillari ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi qoshida tashkil etilgan «hamshiralik ishi va terapiya asoslari» deb nomlangan kursda olib boriladi va o'rgatiladi. Shunday qilib, shifokorlarni, tibbiy pedagoglarni va oliy ma'lumotli hamshiralarni tayyorlash dastlabki kurslarga mo'ljallangan ta'lim-professonal dasturini muvaffaqiyatli o'tgan yoshlar, quyidagi talablarga javob berishlari kerak. demokratiya va mustaqillik mafkurasiga, yuqori madaniyatga, huquqiy va ijodiy fikrlashga ega bo'lgan; informatikaning tutgan o'rni, uni boyitish usullari, qayta ishlash, tabiiy fanlarning fundamental birligi, inson faoliyatidagi ekologik tamoyillar haqida, fan va texnika, texnologiyadagi kashfiyotlar (kompyuter, telekommunikatsiya va internet) dan foydalanish istiqbollari haqida tasavvurga; - asosiy ilmiy-texnik sohada erishilgan yutuqlar haqida tushunchaga; bemor va uning qarindoshlari bilan bo'lgan munosabatda deontologik tamoyillarga amal qilish, bemor bilan muloqot san'atini o'rganish, shifokor qasamyodini yod bilish; jlmiy bilimlarni chuqur o"zlashtirish va amaliyotga tatbiq etishga erishish; bemorga mustaqil, zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatishga, reabilitatsiya, davolash-diagnostik, tibbiy-profilaktik chora-tadbirlarni olib borishda o'z professional vazifasini amalga oshirishga qodir boiish; bemorning hayoti uchun, eng muhim a'zolari funksiyalarini saqlab turish uchun zamonaviy davolash usullarini qo'llay oladigan, monitoring va narkoz uchun ishlatiladigan apparaturalardan foydalanishni bilish; shifokorgacha bo'lgan ko'p yo'nalishli birinchi tibbiy yordam ko'rsatishga qodir bo'lib, shifokor rahbarligi ostida reabilitatsiya tadbirlarini o'tkaza olish; tibbiy yordam ko'rsatishning boshqa shakllarini tashkil qilish, boshqarish rejalari, ona va bolani sogiomlashtirish Davlat dastun bo'yicha bilimlarga ega bo'lish; sog'liqni saqlashda rahbarlik va menedjment asoslariga tayanib hisob-kitob qilish, ish yuritish aholi salomatligining asosiy ko'rsatkichlarini va davolash-profilaktik muassasalari faoliyatini tahlil qilish bilimi asoslarini qo'llashga tayyor mutaxassislar bo'lib yetishishlari uchun zamin tayyorlanishi kerak. Tibbiyot bioetikasi va deontologiyasiga bag'ishlangan ushbu qo'llanma barcha tibbiyot institutlari, kollcj hamda litseylari talabalari uchun bemor bilan o'tkaziladigan ilk muloqotda asqotadi degan umiddamiz. Download 490 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling