So 'zning otasi
Download 490 Kb.
|
So 'zning otasi
«Oq nilufarlar kabi...»
Yuqoridagi to'rtlikni mutolaa qilarekanman, bu misralar go'yo hurmatli domlamiz E.Y. Qosimovga atalgandek. Eslayman. 3-kursga qadam qo'ygan yilimiz hayotimizdagi eng hayajonli, eng unutilmas damlar edi. Chunki biz bemor bilan birinchi bor shifokor sifatida muloqotda bo'ldik. Bizga bemor bilan so'zlashuv-muloqot san'ati, ular xastaliklarining tashxis yo'llarini aziz va muhtaram ustozim, ichki kasalliklar kafedrasining dotsenti (hozirda professori) Qosimov Erkin Yo'ldoshevichdan o'rgandik. Aziz talabalar, men sizlarga bugungi kunda ustozingizning eng noyob, yaxshi fazilatlarini o'zingizda mujassamlashtirishingiz tarafdoriman, chunki faqatgina shu nodir inson E.Y. Qosimov tufayli tabobat, san'at, odamiylik, chin insoniylik sir-asrorlaridan voqif bo'ldim. Bu inson shunday ekanlarki, uiar o'z shogirdlarining eng nozik, eng serjilva qirralarigacha bilib, hayotga to'g'ri yo'naltirar ekanlar. Ular tabobat ilmini chuqur bilish bilan birga san'atini sevishimizni, tinimsiz adabiyotlar mutolaa qilishimizni talab etardilar. Bir kuni men bemorni tekshirish usullari bo'yicha javob berayotgan edim, domla: «Qani starosta, shu kunlarda qanday badiiy adabiyot o'qiyapsiz, qaysi teatrlarga borib turibsiz?» deb so'rab qoldilar. Men hayajonlanib, javob qaytara olmay qoldim. Endi bilsam, ustozlar qorong'ilikdagi shamchiroqdek avvaldan yolimizni yoritar ekanlar. Ustozimiz Erkin Qosimov o'sha davrdayoq yetuk shifokorning quyidagi fazilatlarini bizga sanab o'tgan edilar: bilimdonlik, oqillik, o'z kasbining mohir ustasi bo'lish, odillik, halollik, ziyraklik, xushmuomalalik, sofdillik, xayrixohlik, hozirjavoblilik, bosiqlik, nokizalik, sinchkovlik. Ustoz E.Y. Qosimov ajdodlarimiz singari tom ma'noda ziyolidir. Domlamiz nafaqat tibbiyot ahllari o'rtasida, balki adabiyot va san'at namoyondalari o'rtasida ham katta hurmat va mehrga sazovor bo'lganlar. O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning quyidagi misralari fikrimizning dalilidir:
Download 490 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling