So 'zning otasi


QASAMYODGA SODIQ BO'LAYLIK


Download 490 Kb.
bet44/61
Sana06.11.2021
Hajmi490 Kb.
#170998
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Bog'liq
So 'zning otasi

QASAMYODGA SODIQ BO'LAYLIK

Mana, jumhuriyat shifokorlarining 1-qurultoyi o'tganiga ham ancha boidi. Vaqt yildirim kabi tez o'tayapti. Odamlar mehnat qilmoqda, izlanmoqda, yaratmoqda. Biz anjumanda qancha kam-ko'stlarni kuyinib gapirdik. Shifokorga xos bo'lmagan toshbag'irlik sabablarini axtardik, illatlardan qutulish yo'llarini izladik.

Men ma'ruzalarni e'tibor bilan eshitar ekanman, hamkasblarimiz dilida yig'ilib qolgan fikrlar tubida ulkan og'uqlar yotganini his qiidim. S'ezddan keyin ham, hozirda ham bu masalalar, aminmanki, egniga umid bilan oq xalat kiygan har bir hakimu hukamoni, do'xtiru shifokorni tark etmaganligi aniq. Ana shu holat bois, anjumandagi mulohazalarim va hozirdagi o'ylarimni umumlashtirib, hamkasblar bilan fikrlashishni lozim topdim.

Darhaqiqat, shifokorlarimiz orasida e'tiqodsiz, o'z kasbiga loqayd qaraydigan, o'z burchi va qasamiga xiyonat qiladigan, bilim va odob darajasi cheklangan, foydasidan zarari ko'proq, tibbiyot olamiga adashib kirib qolgan ‘'shifokor»lar ham yo'q emas. Kelajakda jamiyatimiz shunday «shifokor»lardan xoli bo'lishi uchun nima qilish kerak?

«Yaxshi shifokor bo'lish uchun yaxshi odam bo'lish kerak» degan mashhur-polyak shifokori Beganski. Menimcha, bo'lajak shifokor asosan oilada shakllanadi. Agar u shifokor oilasi bo'lsa nur ustiga nur. Nevaramning (o'g"lim ham, kelinim ham shifokor) yaqindagina tili chiqdi. Undan: «Sherzod, katta bo'lganingda kim bo'lmoqchisan?» deb so'rasak, «Do'xtir bo'laman» deb javob beradi. «Doxtir bo'lib nima qilasan?», «Kasallarga ukol qilaman», «Ukolni

114


nima bilan qilasan», «Nina bilan», «Qanday nina bilan?» deb so'rasangiz, «Razoviy nina bilan» deb javob qaytaradi.

Xo'sh, endi tasavvur qilaylik, bunday oilada o'sgan bola balog'at yoshigacha tibbiyot haqida boshlang'ich tasavvurga ega bo'lishi tabiiy. Lekin 15 yildan so'ng Sherzod tibbiy oliygohga kira oladimi, yo'qmi? Agar kira olsa, shifokor avlodining 3 bo'g'ini sifatida u yaxshi do'xtir bo'la oladimi? Yaxshi do'xtir boiish uchun nasl-nasabining ahamiyati bormi? Bunga ijobiy javob berish kerak. Azaldan Sharqda tabibning bolasi tabiblik qilgan. Bu kasb otadan bolaga meros, qolaversa, Allohning inoyati sifatida o'tib kelgan. Ko'p bolali tabibning kasbi agar uning besh-oltita bolasi bolsa, shulardan biriga o'tgan. Ya'ni ota tabib iqtidorliroq farzandiga ko'proq e'tibor berib, kasbini uning ruhiga singdirib borgan. Ota olamdan o'tgach, shu farzand ota ishini davom ettirmasa kasal bo'lgan. Ya'ni otaning «odam»lari uni tinch qo'ymaydi. Demak, yaxshi tabib bo'lishda faqat xohish emas, kelib chiqish ham ahamiyatli ekan. Yunonistondagi o'n sakkizinchi shifokorlar (Asklepiylar) avlodi Buqrot (Gippokratdek) allomaning dunyoga kelishidan ham ma'lumki, tabiblik qadimdan sulola sifatida davom qilishi bejiz emas, albatta.

Masalan, eski shahar bozori yaqinida istiqomat qilgan mashhur bolalar do'xtiri professor Aziz Maqsudovni hamma tanir edi. Aziz akadan shifo topganlar bolalari kasal bo'lsa, uning o'g'li do'xtir Anvar aka Maqsudovdan najot axtarishadi. U kishi hozir ota kasbini ulug'lab kelyapti.

Tibetda tabobatni mashhur shifokorlar avlodi boshqaradi. Eng oliy unvon - lama shifokor unvoniga ega bo'lish uchun faqat aqli, zakovat, bilim va tajriba yetaiii emas. U kamida 14 shifokor avlodining nasabiga mansub shaxs bo'lishi ham kerak ekan.



Ikkinchi masala, talabalarga chuqur bilim berishdan tashqari, ularda insoniylik fazilatlarini tarbiyalash, shifokor odobi darslari mukammallashtirish muhim bo'lsa-da, amalda bu sohaga, ya'ni shifokorlik deontologiyasiga yetarli ahamiyat bermaymiz. Deontologiya bu tabobatlik san'atini, shifokorlik odobini, burchini, o'z kasbiga sodiqlikni, odamiylikni o'rgatadigan fandir. Afsuski, o'qilish dasturlarimizda deontologiya fani uchun maxsus soatlar ajratilgan emas. Shifokorlik faoliyatimizda uchrab turadigan salbiy nuqsonlarning qusuri ayrim tabobat ahllarining shifokor odobidan bexabarligi, o'z kasbining o'ta mas'uliyatliligini tushuna bilmaganliklaridadir.

Ma'lumki, turli kasblardan farqli o'laroq faqat bizning hamkasblarimiz o'z shifokorlik burchini sidqidildan ado etishga qasam ichadilar. Lekin to'g'risini aytganda, hammamiz ham shu qasamyodni yod bilamizmi? Shifokorlarimizga shifokor qasamini ichirish marosimi to'g'ri tashkil qilinganmi?

Hozirgacha jo'r ovoz qasamyod etish o'rniga har bir bitiruvchi shifokor yakka tartibda o'z domlalari, sog'liqni saqlash vazirligining vakili oldida xuddi imtihon bergandck qasamni yoddan aytishi va shundan so'ng uning diplomida shifokorlik qasamyodini qabul qilgan kuni yozilgan qo'shimcha dastxat boiishi lozim. Xullas, shifokor oliygohda odob malakasini ham egallashi, bu fazilat bilim sifatida baholanishi zarur. Buning uchun har bir tibbiyot oliy bilimgohida deontologik tarbiyaviy ishlarimizni turli-tuman shakllarini muvofiq tarzda odob fanlari bilan qo'shib olib boradigan «shifokor deontologiyasi» kafedrasi yoki juda bo'lmasa, kurs ochilishi dolzarb masaladir. Agar taklifim ma'qullangudek bo'lsa, sinov Toshkent Davlat 2-tibbiyot oliy bilimgohida tajriba etilishini istar edim.

Uchinchi masala, o'zligimizni anglash - tibbiyot tarixi, sharq tabobatidan boxabarlik haqida. Afsuski, bizning ko'chma ma'nodagi «soqov-ko'rligimiz» arab imlosida yozilgan ajdodlarimizning nodir tibbiy asarlarini o'qib o'rganishga xalaqit berayapti. Shunday bo'lsa ham tilshunos va sharqshunos olimlarimizning holi qudrat riyozati mahsuli bo'lgan tarjimalarini o'qib, tabiblarimizning tabobatchilikdagi bilim va san'atlariga lol bo'lib, qoyil qolasan, tasanno o'qiysan kishi. Masalan, biz shu kungacha talabalarimizga shifoxonalarda bemorning kasallik tarixini yozilishini rus vrachi va olimi, terapevt M.Ya.Mudrov (XIX asr boshlari) tomonidan joriy qilingan, deb o'qitib kelamiz. Holbuki, bu ishni M.Ya.Mudrovdan qariyb 1000 yil avval sharqning ulug' allomasi va hakimi Muhammad Zakariyo ar-Roziy boshlagan. Ulug' olimning o'zbek tiliga tarjima qilingan «Ar-Roziy va uning shogirdi yozib qoldirgan «Kasalliklar tarixi» degan risolasida 799 ta bemorning kasallik bayoni chuqur tahlil qilingan.

O'tmishimiz tarixini bilishga intilishimiz kechmishning yangi-yangi qirralarini ochayotganligi quvonarli holdir. Bunga yana bir misol. Ma'lumki, qadimdan tibbiyotni va tabobatni aks ettiradigan turli ramziy timsollar mavjud. Shulardan biri, yonib atrofga nur tarqatadigan shamdir. Unga XVII asrda yashagan mashhur golland vrachi Van Tyulp «Yonib o'zgalarga nur tarqataman» degan naqlni aytgan. Lekin Van Tyulpdan taxminan 300 yil burun yashagan hazrat Abdurahmon Jomiyning bu borada ziyoli tabibga qarata aytgan she'riy naqlini keltiraman.

Shamdek bo'l, shamni ko'r,

Kuyib qalbu tan

O'zgalar dilini qiladi ravshan.

Shamdek kuysa ham o'zgalar dilini ravshan qilish baxtiga muyassar bo'lmoq haqiqiy shifokor qismati ekan, bu mas'uliyatni anglab yetmay shifokorlikka da'vogar bo'lishga haqqimiz yo'q.


Download 490 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling