Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbob va uskunalar
13 1-LABORATORIYA ISHI TERMOMETRLARNI QIYOSLASH Ishdan maqsad: o‘lchashlar o‘tkazgan xolda termometrlar bilan va ularni qiyoslash usullari bilan tanishish. Vazifa: Termometrlarni ishlash prinsiplarini o‘rganish va qiyoslashni o‘tkazish, natijalarini jadvalga yozish. Asbob va uskunalar: Termoelektrik termometrni va kengaytirish termometrlarini qiyoslash uchun maxsus qurilma. Nazariy qism Termometrlar – tadqiq etilayotgan muhitni yoki havoning haroratini o‘lchash uchun o‘lchash asbobi hisoblanadi. Haroratni o‘lchash qurilmasini birinchi bo‘lib 1598 yilda italyan olimi ixtiro qilgan (masalan, Galileyni termoskopi, 1597), «termometrlar» atamasini o‘zi - 1636 yilda shakllangan, va shundan keyin M.V.Lomonosov, Farengeytlar termometrlarni har xil turlarini ishlab chiqdilar. Termometrlarni harakatlari haroratga bir turdagi ma’noda bog‘liq bo‘lgan, hamda jismni turlicha bo‘lgan fizik xossalarini aniqlashga oson beriluvchan o‘zgarishlarga asoslangan (geometrik o‘lchamlar, yopiq hajmdagi bosim, elektrik qarishilik, termoelektr yurituvchi kuch, magnit qabul qiluvchanlik va boshqalar). Harorat – texnologik jarayonning asosiy parametri bo‘lib hisoblanadi va amaliyotda turli mahsulotlar tayyorlash uchun ham yuqori va ham past haroratlarda ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Biror bir moddaning harorati asosan modda molekulalalarini harakat tezliklari bilan aniqlanadi, issiqlik holatlari negizida modda molekulasini ichki kinetik 14 energiyasi bilan tavsiflanadi, modda molekulasi tezligiga bilan to‘g‘ri proporsional bog‘langan bo‘lib, moddaning qizdirilganlik darajasini ko‘rsatadi. Molekulalarni o‘rta kinetik energiyasi va ideal gaz harorati bilan o‘zaro bog‘liqligi quyidagi formula orqali ifodalanadi: Bunda, k - Bolsman doimiyligi, K=1,380*10 -23 J/K; T- absolyut harorat, K. Ishlab chiqarish sharoitlarida yuqori samaradorlikga erishish, tejamkor bo‘lgan va xavfsiz ishlash sharoitlarida ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish uchun - ishlab chiqarish jarayonlaridagi parametrlarni o‘lchashni zamonaviy usullari va o‘lchash vositlarini qo‘llashni talab etadi. Ishlab chiqarish jarayonlarida biror bir mahsulot ishlab chiqarish uchun nazorat qilinishi yoki o‘lchanishi kerak bo‘ladigan asosiy parametrlar (kattaliklar) bo‘lib turli muxitdagi harorat; sarflanish, bosim, gaz va suyuqliklarni tarkibi; metallar tarkibi; prokatni geometrik o‘lchamlari hisoblanadi. Avtomatik o‘lchash asboblari yordamida muhitning yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotning haroratini o‘lchash asosiy hisoblanadi. Odatda, ishlab chiqarish jarayonlarida haroratni o‘lchash uchun ikkita asosiy o‘lchash usullaridan foydalaniladi: – kontaktli va kontaktsiz. Kontaktli usullar bilan haroratni o‘lchash o‘lchanayotgan ob’ektning harorati o‘lchash vositasini ob’ekt bilan bevosita tegib turishi asosida amalga oshiriladi. Bu uslubni o‘ziga xos kamchiliklari mavjud. Ob’ektni xarorat maydoni unga termopriemnik kiritilganda buziladi. Uzaytirgichni harorati ob’ektni haqiqiy haroratidan xamisha farqlanib turadi. Haroratni o‘lchashning yuqori chegaralari xarorat ko‘rsatkichlari tayyorlangan materiallarning xossalari bilan chagaralangan. Bundan tashqari, etib borishni imkoni bo‘lmagan darajada aylanuvchi, katta tezliklar mavjud ob’ektlarda haroratni o‘lchashni bir qator masalalarini kontakt uslida xal etib bo‘lmaydi. кT E 2 3 15 Kontaktsiz usul esa ob’ektning haroratini ma’lum bir masofadan o‘lchash usuli hisoblanadi. Kontaktsiz usul nurlanuvchi orqali beriladigan va tadqiq etilayotgan ob’ektdan bir qancha masofadan qabul qilinadigan issiqlik energiyasini qabul qilishga asoslangan. Bu usul kontakt usulga qaraganda sezuvchanligi kamroq hisoblanadi. Haroratni o‘lchash muhim darajada foydalanishdagi darajalashtirish sharoitlarini barpo etish bilan bog‘liq, aks holda axamiyatga molik xatoliklar paydo bo‘ladi. Haroratni uning biror bir parametrini o‘zgarishi asosida (hajm, bosim, elektr yurituvchi kuch, qarshilik yoki solishtirma qarshilik va hokazolar) yoki uzatilayotgan signalni o‘lchashga xizmat qiluvchi qurilma termometr deb ataladi (GOST 13417-76). Quyida biz ishlab chiqarish jarayonlarida asosiy qo‘llaniladigan haroratni o‘lchash usullari bilan tanishtiramiz. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling