Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazifa
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 1. rN metr nima va ular nima maqsadda qo‘llaniladi? 2. pH – metrlar va ularni ishlash prinsiplari to‘g‘risida ma’lumot bering? 3. pH – metrlarni tiplarini va xillari bilasiz? 4. pH – metrlarni qo‘llanilishi? 5. pH – metrlarni qiyoslash usulini tushuntirib bering? 77 5-LABORATORIYA ISHI SPEKTROFOTOMETRLARNI QIYOSLASH Ishdan maqsad: Spektrofotometrlarni ishlash prinsiplari va tuzilishlarini o‘rganish. Qiyoslash uslubi bilan tanishish. Vazifa: Asbobni qiyoslashni o‘tkazish, natijalarini jadvalga yozish. Asbob va uskunalar: KFK-2M spektrofotometri, turli moddalarning har xil konsentratsiyadagi eritmalari. Nazariy qism Spektrofotometr — optik nurlanishning ikki oqimini o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash asbobi bo‘lib, ulardan bittasi tadqiqot ob’ektiga tushuvchi yorug‘lik oqimini, boshqasi esa - namuna bilan u yoki bu yorug‘lik oqimini o‘zaro ta’sirlashishi asosida eritmaning optik zichligi yoki nur o‘tkazish koeffitsientini o‘lchashga asoslangan. Spektrofotometrlar optik nurlanishning turlicha to‘lqin uzunliklarini o‘lchashga imkon beradi (ultrabinafsha nurlar diapazonidan to infraqizil nurlar diapazonigacha) va natijada oqimlar nisbatlarini spektri olinadi. 78 5.1-rasm. Sektrofotometrni umumiy ko‘rinishi. Spektrofotometr fotokolorimetriyada va spektral taxlillarda qo‘llaniladigan asosiy o‘lchash asbobi hisoblanadi. Spektrofotometrlar turli diapazondagi– ultrabinafshadan to infraqizilgacha to‘lqin uzunliklarida ishlaydi. Bunga bog‘liqliklariga ko‘ra asboblar turli xil mo‘ljallanishlarga ega. Quyidgi 5.2 va 5.3 -rasmlarda berilgan ob’ektning spektral tavsifi ma’lum bo‘lgan ishchi standartga nisbatan spektral aperturali akslanish koeffitsentini o‘lchovchi, spektrofotometrlarni ikkita asosiy sxemalari keltirilgan: 5.2-rasm.O‘lchanadigan namuna oq yog‘du bilan yoritilgandagi o‘lchash sxemasi. O‘lchanadigan namuna monoxromatik yog‘du bilan yoritilgandagi o‘lchash sxemalarida monoxromator yuboriluvchi oqimda joylashtiriladi. Zamonaviy spektrofotometrlarda tavsiflari va o‘lchash aniqliklarini yaxshilash uchun ikkitalik monoxromatorlardan ham foydalaniladi. 5.3-rasm. O‘lchanadigan namuna monoxromatik yog‘du bilan yoritilgandagi o‘lchash sxemasi. 79 Konstruktiv sxemalari bo‘yicha spektrofotometrlarni ikki xil ko‘rinishdagi tuzilish sxemalari mavjud: ponasimon plastinkali ko‘rinishdagi va geterodin sxemali ko‘rinishdagi nurlanish yorug‘ligini qabul qiluvchi spektrofotometrlar. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling