Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
11-Laboratoriya ishi. Xramatograflarning tuzilishi, ishlash printsipi,
qo”llanilishi va ularni qiyoslash ………………………………………… 147 Adabiyotlar ro’yhati…………………………………………………… 165 5 KIRISH «Tibbiyot va farmasevtik qurilmalarini o’lchash asoslari» fanining maqsadi – injener - texnolog mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun metrologik ta’minot, elektrik va noelektrik metrologik parametrlarni standartlashtirish asoslarini o’zlashtirish, o’lchov hamda ishlab chiqarishda qo’llaniladigan o’lchov - asboblarini ishlatishda chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo’lgan bakalavrlar tayyorlashdan hamda xalq xo’jaligining turli soxalarida, sanoatda, texnikada, iqtisodiyotda, dori vositalari ishlab chiqarishda nazorat va iste’mol bilan bog’liq bo’lgan turli sohalarda me’yoriy xujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malaka hosil qilishdan iboratdir. Bu ishchi dastur Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 13- noyabrdagi 430-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan. «Tibbiyot va farmasevtik qurilmalarini o’lchash asoslari» fanini bakalavrlarga o’qitishning asosiy maqsad va vazifalariga quyidagilar kiradi: Talabalar “«Tibbiyot qurilmalarini o’lchash asoslari»” fanini o’rganish jarayonida quyidagilarni bajara olishi lozim: - o’lchashning nazariy asoslari bo’lgan metrologiya fanini o’rganish. - o’lchashlar va vositalar umumbirligi va talab etilgan aniqlikka erishish usullarini o’rganish. - Universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarni nazariy asoslarni o’rganish va mukammal bilib olish; - tibbiyot qurilmalarini tuzilishi, ishlash prinsipi va ular yordamida o’lchash; - tibbiyot qurilmalarini qiyoslash tartib-qoidalarini bilishlari; - Metrologik ta’minotni me’yoriy huquqiy asosi bo’lgan standartni o’rganish - Baholash usullari hamda vositalarini o’rganuvchi metrologiyani tarkibiy qismi haqida umumiy ma’lumotlarni bilish. 6 - Elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlash - o’lchov asboblarini tanlash sxemalarini yig’ish va xatoliklarini aniqlashni bilish Talabalar fanni o’rganishi natijasida elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o’lchash bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari kerak. Metrologiyada qonunshunoslik va standatlarning xuquqiy va me’yoriy nizomlarini, Davlat standartlari (DAST) ni, tarmoq standatlari (TAST) ni bilishlari shart. O’lchash usullari, qurilmalari, elektr o’lchash asboblarining o’lchash sxemalari, texnik tavsiflari, qo’llanilish sohalari va o’lchash texnika xavfsizligi qoidalarini bilishlari kerak. Asosiy fizik kattaliklar o’lchamlarini etalonlarini va tekshirish usullarini bilishlari kerak. Har bir talaba o’lchash usulini, elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o’lchash uchun asboblarni tanlay olishlari, elektr o’lchash asboblarini ulashni va o’lchash xatoligini aniqlashni bilishlari kerak. «Tibbiyot va farmasevtik qurilmalarini o’lchash asoslari» fani tibbiyot qurilmalari yordamida o’lchash, ularni qiyoslash va ularning nazariy asoslarini o’rganadigan fan bo’lib, umumiy fizika kursida o’rganilgan parametr va kattaliklarni sanoat va ishlab chiqarishga tatbiq qilgan holda ko’rib chiqiladi. «Tibbiyot qurilmalarini o’lchash asoslari» fani fizik – kimyoviy parametrlarni o’lchashni, universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarning nazariy asoslarini hamda elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlashni o’rganishni umumiy fizika, matematika, elektrotexnika asoslari va mutaxassislik fanlari bilan bog’langan holda olib boradi. Metrologik jarayonlarni o’lchash va o’lchash texnikasini ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun har bir injener – texnik hodim metrologiya asoslaridan texnologik o’lchash usullari va vositalaridan, hisoblash texnikasidan o’lchash jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish imkoniyatlaridan xabardor bo’lishi zarur. O’lchash vositalari, ularni texnologik jarayonlarda tadbiq qilishni bilish, 7 ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va mahsulot sifatini yuqori darajaga ko’tarishga xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi. Shuning uchun «Tibbiyot va farmasevtik qurilmalarini o’lchash asoslari» fani dorishunoslik yo’nalishi bo’yicha injener-texnik xodimlar uchun asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Metrologiya fani ilmiy- texnika taraqqiyotida yetakchi rol o’ynaydi. Shuning uchun talabalar bu fanni chuqur o’zlashtirishlari uchun amaliy ish mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazish rejalashtiriladi. Talabalar fanning nazariy qismidan olgan bilimlarini amalda qo’llashlari va o’z mahoratlarini to’la namoyish qilishlari uchun amaliy ishlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda asbob-uskunalardan, ko’rgazma qurollaridan, plakatlardan, slaydlardan, diafilmlardan, videofilm va kompyuterdan foydalangan holda olib boriladi. Bu esa talabalarda o’lchash sxemalarini mustaqil tuzish uchun hamda o’lchov asboblarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish uchun nazariy, hamda amaliy zamin bo’ladi. Talabalar bu fanni chuqur o’zlashtirishlari uchun amaliy ish mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazish rejalashtiriladi. Talabalar fanning nazariy qismidan olgan bilimlarini amalda qo’llashlari va o’z mahoratlarini to’la namoyish qilishlari uchun amaliy ishlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda asbob-uskunalardan, ko’rgazma qurollaridan, plakatlardan, slaydlardan, diafilmlardan, videofilm va kompyuterdan hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib boriladi. Bu esa talabalarda o’lchash sxemalarini mustaqil tuzish uchun hamda o’lchov asboblarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish uchun nazariy, hamda amaliy zamin bo’ladi. «Metrologiya va standartlashtirish» o’quv qo’llanmada elektr o’lchamlar bo'yicha laboratoriya ishlari, fanning nazariy asoslaridan qisqacha ma’lumotlar, har bir laboratoriya ishlarini bajarish uchun tushuntirish hamda ko'rsatmalar keltirilgan. Har bir laboratoriya ishining bayonida ishlarni bajarish bo'yicha ko'rsatmalar, hisobotni tayyorlash, mustaqil tayyorlanish uchun savollar, adabiyotlar ro'yxati, laboratoriya qurilmasi va asboblarning tuzilishi, mustaqil 8 ishlarga doir ma’lumotlar keltirilgan. Talabalar bajaradigan laboratoriya ishlari ikki qismga ajratilgan bo’lib, birinchi qismda o’lchash asboblarini (ampermetr, voltmetr va boshqalar) qiyoslash bo’yicha laboratoriya ishlari keltirilgan. Ikkinchi qismda esa oziq-ovqat va dori vositalarini standartlash uchun ishlatiladigan qurilmalarni (analitik tarozi, spektrofotometr, pH-metr, konduktometr va xokazolar) qiyoslash bilan bog’liq bo’lgan laboratoriya ishlari keltirilgan. Nazariy bilimlarni mustahkamlash va rivojlantirish uchun elektr o’lchash asboblari va ularning sxemalari keltirilgan. Birinchi dars talabalarni texnika xavfsizligi, laboratoriyadagi qurilmalarning tuzilishi, kerakli o'lchov asboblari va uskunalar bilan tanishtirishga bag'ishlanadi. Keyingi darslarda laboratoriya ishlari oldindan berib yuboriladi va talabalarning laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorlanganligi o'qituvchi tomonidan so'rab aniqlanadi. O'tilishi kerak bo'lgan laboratoriya ishiga talabalar oldindan tay- yorlanib kelishlari shart. O’quv qo’llanmada keltirilgan laboratoriya ishlarini bajarib, natijalari olinib, jadvallarni to’ldirib tayyorlagandan so'ng, dastlabki hisoblarni bajarishni masalalar yechimini elektron mikrokalkulyatorda bajarish mumkin. Grafiklar va chizmalar GOST bo'yicha bajarilishi shart. Grafiklarni millimetrli qog'ozlarga har xil rangli raqamlar yoki flamasterlar bilan chizish maqsadga muvofiqdir. O‘quv qo‘llanma bilan tanishib chiqib, qimmatli maslahatlari bilan uning sifati va mazmunini yaxshilashga o‘z xissalarini qo‘shgan Toshkent Temir yo‘l muxandislari institutining “Temir yo‘llari elektr ta’minoti ” kafedrasining mudiri, texnika fanlari doktori, professor S. Amirovga va Toshkent farmatsevtika instituti Biotexnologiya kafedrasining dotsenti, farmatsevtika fanlari nomzodi F.X. To‘xtaevlarga muallif o‘zining chuqur minnatdorchiligini bildiradi. Shubhasiz, o‘quv qo‘llanma ba’zi bir kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi mumkin. O‘quv qo‘llanmaning yutuqlari va kamchiliklari haqidagi o‘z fikr- mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yuborishingizni so‘raymiz: E- mail: sabitjan1957@mail.ru . 9 O‘quv qo‘llanma haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini yozib yuborgan kitobxonlarga muallif oldindan o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling