Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/70
Sana03.08.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1664850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 


13
1-LABORATORIYA ISHI 
 
 
TERMOMETRLARNI QIYOSLASH
 
Ishdan maqsad: o‘lchashlar o‘tkazgan xolda termometrlar bilan va ularni
qiyoslash usullari bilan tanishish.
Vazifa: Termometrlarni ishlash prinsiplarini o‘rganish va qiyoslashni 
o‘tkazish, natijalarini jadvalga yozish.
Asbob va uskunalar: Termoelektrik termometrni va kengaytirish 
termometrlarini qiyoslash uchun maxsus qurilma. 
 
Nazariy qism 
Termometrlar – tadqiq etilayotgan muhitni yoki havoning haroratini 
o‘lchash uchun o‘lchash asbobi hisoblanadi. Haroratni o‘lchash qurilmasini 
birinchi bo‘lib 1598 yilda italyan olimi ixtiro qilgan (masalan, Galileyni 
termoskopi, 1597), «termometrlar» atamasini o‘zi - 1636 yilda shakllangan, va 
shundan keyin M.V.Lomonosov, Farengeytlar termometrlarni har xil turlarini 
ishlab chiqdilar.
Termometrlarni harakatlari haroratga bir turdagi ma’noda bog‘liq bo‘lgan, 
hamda jismni turlicha bo‘lgan fizik xossalarini aniqlashga oson beriluvchan
o‘zgarishlarga asoslangan (geometrik o‘lchamlar, yopiq hajmdagi bosim, elektrik 
qarishilik, termoelektr yurituvchi kuch, magnit qabul qiluvchanlik va boshqalar).
Harorat – texnologik jarayonning asosiy parametri bo‘lib hisoblanadi va 
amaliyotda turli mahsulotlar tayyorlash uchun ham yuqori va ham past haroratlarda 
ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. 
Biror bir moddaning harorati asosan modda molekulalalarini harakat tezliklari 
bilan aniqlanadi, issiqlik holatlari negizida modda molekulasini ichki kinetik 


14
energiyasi bilan tavsiflanadi, modda molekulasi tezligiga bilan to‘g‘ri proporsional 
bog‘langan bo‘lib, moddaning qizdirilganlik darajasini ko‘rsatadi.
Molekulalarni o‘rta kinetik energiyasi va ideal gaz harorati bilan o‘zaro
bog‘liqligi quyidagi formula orqali ifodalanadi:
Bunda, - Bolsman doimiyligi,
K=1,380*10
-23
J/K; 
T- absolyut harorat, K. 
Ishlab chiqarish sharoitlarida yuqori samaradorlikga erishish, tejamkor 
bo‘lgan va xavfsiz ishlash sharoitlarida ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish 
uchun - ishlab chiqarish jarayonlaridagi parametrlarni o‘lchashni zamonaviy
usullari va o‘lchash vositlarini qo‘llashni talab etadi.
Ishlab chiqarish jarayonlarida biror bir mahsulot ishlab chiqarish uchun
nazorat qilinishi yoki o‘lchanishi kerak bo‘ladigan asosiy parametrlar (kattaliklar) 
bo‘lib turli muxitdagi harorat; sarflanish, bosim, gaz va suyuqliklarni tarkibi; 
metallar tarkibi; prokatni geometrik o‘lchamlari hisoblanadi. Avtomatik o‘lchash 
asboblari yordamida muhitning yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
haroratini o‘lchash asosiy hisoblanadi.
Odatda, ishlab chiqarish jarayonlarida haroratni o‘lchash uchun ikkita asosiy 
o‘lchash usullaridan foydalaniladi: – kontaktli va kontaktsiz. Kontaktli usullar 
bilan haroratni o‘lchash o‘lchanayotgan ob’ektning harorati o‘lchash vositasini 
ob’ekt bilan bevosita tegib turishi asosida amalga oshiriladi. Bu uslubni o‘ziga xos 
kamchiliklari mavjud. Ob’ektni xarorat maydoni unga termopriemnik kiritilganda
buziladi. Uzaytirgichni harorati ob’ektni haqiqiy haroratidan xamisha farqlanib 
turadi. Haroratni o‘lchashning yuqori chegaralari xarorat ko‘rsatkichlari 
tayyorlangan materiallarning xossalari bilan chagaralangan. Bundan tashqari, etib 
borishni imkoni bo‘lmagan darajada aylanuvchi, katta tezliklar mavjud 
ob’ektlarda haroratni o‘lchashni bir qator masalalarini kontakt uslida xal etib 
bo‘lmaydi.
кT
E
2
3



15
Kontaktsiz usul esa ob’ektning haroratini ma’lum bir masofadan o‘lchash 
usuli hisoblanadi. Kontaktsiz usul nurlanuvchi orqali beriladigan va tadqiq 
etilayotgan ob’ektdan bir qancha masofadan qabul qilinadigan issiqlik 
energiyasini qabul qilishga asoslangan. Bu usul kontakt usulga qaraganda 
sezuvchanligi kamroq hisoblanadi. Haroratni o‘lchash muhim darajada
foydalanishdagi darajalashtirish sharoitlarini barpo etish bilan bog‘liq, aks holda 
axamiyatga molik xatoliklar paydo bo‘ladi. Haroratni uning biror bir parametrini 
o‘zgarishi asosida (hajm, bosim, elektr yurituvchi kuch, qarshilik yoki solishtirma 
qarshilik va hokazolar) yoki uzatilayotgan signalni o‘lchashga xizmat qiluvchi 
qurilma termometr deb ataladi (GOST 13417-76). Quyida biz ishlab chiqarish 
jarayonlarida asosiy qo‘llaniladigan haroratni o‘lchash usullari bilan tanishtiramiz. 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling