Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida
Haroratni o‘lchash usullari
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
Haroratni o‘lchash usullari
Qandaydir bir jismning harorat qiymatini aniqlash uchun harorat etalonini tanlash kerak, ya’ni muvozanatdagi va etarli darajada oson tiklanuvchi ma’lum bir sharoitlarda, aniq bir qiymatdagi haroratga ega bo‘lgan jism. Haroratni ushbu qiymatlari haroratni o‘ziga xos shkalasida reper nuqta bo‘lib hisoblanadi. Haroratni shkalasi - u yoki bu jismning haroratini miqdoriy aniqlashga imkon beruvchi, harorat qiymatlarini tartiblashtirilgan ketma-ketligidir. Haroratni shkalasi bilvosita o‘lchash usuli orqali haroratga bog‘liq biron-bir fizik parametrni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash yo‘li bilan jismni haroratini aniqlashga imkon beradi. Ko‘pgina hollarda, harorat shkalasini olishda suvni xususiyatlaridan foydalaniladi. Me’yordagi atmosfera bosimida muzni erish va suvni qaynash nuqtasi zamonaviy harorat shkalalarida, reper nuqtalar sifatida tanlanadi va bu haroratni o‘lchash usullari Anders Selsiy (1701 - 1744), Rene Antuan Fersho Reomyur (1683 - 1757), Daniel Gabriel Farengeytlar (1686 - 1736) tomonidan taklif etilgan. Farengeyt tomonidan hozirgi vaqtda ham keng miqyosda qo‘llaniladigan spirtli va simobli termometrlar yaratilgan. Reomyur va Farengeytlarning harorat shkalalaridan hozirgi vaqtda AQSH, Buyuk Britniya va boshqa mamlakatlarda qo‘llaniladi. 16 1742 yilda kiritilgan, normal atmosfera bosimida (1 atm yoki 101 325 Pa) suvni muzlash va suvni qaynash nuqtalari haroratlari oralig‘ini yuzta teng qismga ajratishni taklif qilgan Selsiyni harorat shkalasidan bugunga kelib ham keng miqyosda foydalanilmoqda. Selsiy shkalasidagi bir daraja bir kelvinga teng kabi hisoblanadi (quyiga qarang). Bunda muzni erish harorati 0 o C ga teng deb olinadi suvni qaynash harorati esa taxminan 99,975 o C ga teng bo‘ladi. Bunda vujudga kelgan xatoliklar, qoidaga ko‘ra, muxim axamiyat kasb etmaydi, chunki foydalaniladigan ko‘pchilik spirtli, simobli va elektron termometrlar etarlicha aniqliklarga ega emas (har qalay, odatda bunga extiyoj ham bo‘lmaydi). Bu esa ko‘rsatilgan, uncha katta bo‘lmagan tuzatishlarni inobatga olmaslikka imkon beradi. Xalqaro birliklar sistemasini kiritilishi bilan (SI) ikkita harorat shkalalarini qo‘llash tavsiya. Birinchi shkala – termodinamik bo‘lib, foydalanilayotgan maxsul (ishchi jism) xossalariga bog‘liq emas va Karno sikli vositasida kiritiladi. Ushbu harorat shkalasida haroratni o‘lchash birligi bo‘lib kelvin (1K) xizmat qiladi, u SI sistemasidagi etti asosiy birlikning biri bo‘lib sanaladi. Bu birlik ushbu shkalani ishlab chiqqan va haroratni o‘lchash birligi kattaligi Selsiyni xarorat shkalasi kabi saqlab qolgan ingliz fizigi Uilyam Tomson (lord Kelvin) (1824 - 1907) sharafiga qo‘yilgan. Ikkinchi tavsiya qilingan shkala- xalqaro amaliyotdagi shkala bo‘lib – bir qator sof maxsullarni fazaga oid o‘tishlarida 11ta reper nuqtadagi haroratga ega, bunda ushbu nuqtalarning harorat qiymatlari hamisha aniqlanib turadi. Xalqaro amaliyotdagi shkalada haroratni o‘lchash birligi bo‘lib 1 K xizmat qiladi. Hozirgi paytda haroratga xos bo‘lgan, ham termodinamik shkalani va ham halqaro amaliyotdagi shkalani asosiy reperi bo‘lib, suvni uchyoqlama nuqtasi hisoblanadi. Bu nuqta bir vaqtni o‘zida qattiq, suyuq va gazsimon holatda amal qiluvchi harorat va bosim qiymatlariga qat’iy muvofiq keladi. Bunda, agar termodinamik tizimni holati faqatgina harorat va bosim qiymatlari bilan aniqlansa, unda uch yoqlama nuqta bitta bo‘ladi. SI sistemasida suvning uchyoqlama harorati bosim 609 Pa bo‘lganda 273,16 K ga teng kabi olingan. 17 Haroratni etalon yordamida aniqlanadigan reper nuqtalarni berilishidan tashqari, jismning belgilari haroratni o‘zgarishlarini bildiradigan yoki termometrik belgilarni o‘zgarishlarini fizik kattaliklarini bayon etuvchi, termodinamik xossalarini tanlash kerak. Bu xossalar oson barpo qilinuvchi, fizik kattaliklari esa –oson o‘lchanuvchi bo‘lishi kerak. Ushbu fizik kattalikni o‘lchash - reper nuqtalariga nisbatan oraliqdagi harorat nuqtalarining termasini ( va ularga xos bo‘lgan harorat qiymatini) olishga imkon beradi. Termometrik belgilarini o‘lchash yordamida haroratning o‘lchashni amalga oshiriladigan jism termometrik jism deb ataladi. Ishlash prinsipiga qarab, barcha termometrlar va ular yordamida o‘lchash usullari quyidagi guruxlarga ajratiladi: 1. Haroratni o‘zgarishlarida suyuqliklar yoki qattiq jismlarning hajmlarini o‘zgarishiga asoslangan va -260 dan +700°S gacha temperatura o‘lchash diapazoniga ega bo‘lgan - kengayish termometrlari (1.1-rasm.). 2. Harorat o‘zgarishidan shakllangan yopiq hajmdagi suyuqlik, bug‘ yoki gazni bosimiga bog‘liq holda haroratni o‘lchash va -200 dan +600°S gacha temperatura o‘lchash diapazoniga ega bo‘lgan - manometrik termometrlar. 3. O‘tkazgichlar va yarim o‘tkazgichlarning elektr qarshiligini yoki solishtirma qarshiligini o‘zgarishi asosida haroratni o‘lchash va -270 dan +750°S gacha temperatura o‘lchash diapazoniga ega bo‘lgan - qarshilik termometrlari. 4. Harorat ta’sirida o‘zgargan elektr yurituvchi kuchning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan va -50 dan +1800°S gacha temperatura o‘lchash diapazoniga ega bo‘lgan - termoelektrik termometrlar; 5. Qizdirilgan jismdan ajralib chiquvchi nurlanish energiyasi (ob’ektning ravshanligini, energiyasini va quvvatini o‘zgarishi asosida ) jadalliklarining qiymati bo‘yicha haroratni o‘lchashga asoslangan va 500 dan 100000 °S gacha temperatura o‘lchash diapazoniga ega bo‘lgan - nurlanish pirometrlari. -272 dan +1000 °S gacha bo‘lgan, elektrofizik xodisalarga asoslangan termometrlar (termoshovqinli, termoelektrik uzatgichli, hajmiy rezonansli termouzatirgichlar, yadroviy rezonansli). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling