№4 | 2021
14
ANNOTASIYA
Maqola insonlarning o‘zaro munosabatlarida nihoyatda muhim bo‘lgan murakkab va ko‘p
jihatli mexanizm bo‘lgan empatiya masalalariga bag‘ishlanadi.
Bu mexanizm yordamida inson
boshqa insondan o‘tkazilayotgan kechinmalarni o‘zidan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu
ma’noda empatiya turli kognitiv jarayonlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Insonlar
o‘rtasidagi to‘laqonli o‘zaro munosabatlarida boshqalarning harakatlarini avvaldan ko‘ra bilish,
ularning fikr yuritishini, qabul qiladigan qarorlarini modellashtirish nihoyatda muhimdir.
Umumlashtirgan holda aytish mumkinki, empatiya insonlarga ijtimoiy faollashuviga imkon beruvchi
tizimdir. Butun dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi tarqalgan sharoitda fuqarolarning boshqaruv
jarayonida yanada ko‘proq faollashuvi kuzatildi. Maqolada O‘zbekistonda ham shunday murakkab
sharoitda aholining fuqaroviy ongi oshganligi, karonovirus pandemiyasi muammosi tufayli jamiyatni
yanada jipslashganligi,
fukarolarimizda mehr-muruvvat, oqibat kuchayganligi
namoyon qilgan
ko‘plab misollar keltirilgan. Mamlakatimizda pandemiya inqirozi tahdid solgan ilk kunlarda bu balo-
qazoga qarshi
yakdillik bilan kurashish, kasallikka chalingan odamlarga
zudlik bilan yordam
ko‘rsatishda
xalqimizning mehr-saxovat,
hamjihatlik, og‘ir kunlarda beminnat yordam ko‘rsatish
kabi qadriyatlari yaqqol namoyon bo‘ldi.
Kalit so'zlar: empatiya, insonparvarlik, mehr-muruvvat, mehr-saxovat, hamjihatlik.
Муминов Алишер Гаффарович,
Профессор Национального университета Узбекистана
имени Мирзо Улугбека, д.п.н.
e-mail: alisher.nuuz@gmail.com
Do'stlaringiz bilan baham: