Sodda gap, ikki yoki undan ortiq sodda gap


Zidlov bog‘lovchilari (ammo, lekin, biroq)


Download 25.82 Kb.
bet2/4
Sana25.03.2023
Hajmi25.82 Kb.
#1293977
1   2   3   4
Bog'liq
9-sinf qo`shma gap

2. Zidlov bog‘lovchilari (ammo, lekin, biroq) bog‘langan qo‘shma gap
qismlarini bog‘lash bilan birga ular o‘rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog‘lovchilari qo‘shma gapning ikkinchi qismi boshida qo‘llanadi va qo‘shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi.
-u(-yu), -da yuklamalari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ular o‘rtasida zidlash, ketma-ketlik munosabati mavjudligini bildiradi.
3. Ayiruv bog‘lovchilari (goh…goh, dam…dam, ba’zan…ba’zan, yoki) qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ularda ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro‘y berishini yoki ulardan faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi.
Yo (yoki) bog‘lovchisi yolg‘iz holda ham, takror holda ham qo‘llanishi
mumkin. Yo (yoki) bog’lovchisi ishlatilganda voqea-hodisalarning faqat bittasini yuzaga chiqishi ta’kidlanadi.
Qolgan ayiruv bog‘lovchilari (goh…goh, dam…dam, ba’zan…ba’zan)
takror holda qo‘llaniladi va yozuvda takror qo‘llanayotgan bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi va ularda ifodalangan voqea-hodisalar galma-gal ro‘y beradi.
4. Inkor bog‘lovchisi (na…na) bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ularda ifodalangan harakat-holat yoki belgining inkorini ham bildiradi. Shuning uchun bunday bog‘langan qo‘shma gaplarda kesimlar bolishli shakldagi fe’llar yoki bor, mavjud kabi so‘zlar orqali ifodalansa-da, mazmun inkor tarzida anglashiladi. Yozuvda takror qo‘llanayotgan bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi.
5. Bo‘lsa, esa so‘zlari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan
birga ular o‘rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi.
Bo‘lsa, esa so‘zlari qiyoslanuvchi bo‘lakdan so‘ng keladi.
Men keldim, u esa kelmadi. Men fizikaga, u bo’lsa matematikaga qiziqadi.
Mening kelishim oson bo’ldi, uning yetib kelishi esa ancha og’ir kechdi.

Download 25.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling