Sodda gap nutqiy sathda
Sodda gaplarda shakl va mazmun munosabati
Download 147.5 Kb.
|
Sodda gap nutqiy sathda
1.3. Sodda gaplarda shakl va mazmun munosabati
Har qanday sodda gap shakl va mazmun birligidan iborat. Sodda gapning lisoniy sathdagi shakily va mazmuniy jihati uning nutqiy sathdagi shakily va mazmuniy jihatidan farqlanadi. Sodda gapning eng kichik qurilish qolipi [WPm= fikr ifodalovchi eng kichik birlik] lisoniy sathda o’rnashgan. Bunda lisoniy sintaktik qolipning chap tomoni shakily va o’ng tomoni mazmuniy jihati. Nutqiy sathda esa shakily va mazmuniy jihat lisoniy sathdagidan farqliroq. Sodda gaplarning nutqiy sathdagi shakily-mazmuniy munosabatini tilshunoslikning mazmuniy sintaktik yo’nalishi o’rganadi. Mazmuniy sintaksis ma’lum bir sintaktik birlik nimani ifodalaydi va ma’lum bir voqea qanday ifodalaydi degan muammoni ochib berish bilan mashg’ul bo’ladi. Sintaktik birlik (so’z birikmasi, gap bo’lagi, gap)daifodalangan borliq bo’lagi, voqelik, vaziyat mazmuniy sintaksisda propozitsiya deb yuritiladi. Masalan, borliqda kitob ustida harakat bajariladi – kitob o’qildi. Bu propozitsiyadir. Propozitsiya so’z birikmasi bilan ham ( kitobning o’qilishi ), sodda gap bilan ham ifodalanishi mumkin ( Kitob o’qildi ). Lekin turli sintaktik birlikda turlicha – so’z birikmasida muayyanlashgan tushuncha, gapda esa nisbiy nisbiy tugal fikr sifatida aks etgan. Demak, ko’rinadiki, ma’lum bir propozitsiya sodda gap sifatida namoyon bo’lashi uchun unga boshqa narsalar – so’zlovchining kommunikativ maqsadi, modallik belgilari ham qorishadi- bu esa gapga xos grammatik kategoriyaning nutqiy namoyon bo’lishini taqozo etadi va tegishli sintaktik mavqe bilan ta’minlanadi. Boshqacha aytganda, birinchi sintaktik birlik ( kitobning o’qilishi )da propozitsiya tushuncha tarzida berilib, u so’zlovchining buni hukm sifatida bermaslik maqsadiga bo’ysundrilgan. Maqsad esa ifodalovchi sintaktik birlikda grammatik shakllar ([-ning], [-i] ) va ohang (ko’tariluvchi – tugallanmagan) bilan ta’minlangan. Ikkincisida esa so’zlovchi propozitsiyasini nisbiy tugal fikr sifatida berishni maqsad qilganligitufayli u nutqda tegishli grammatik vosita (kesimlik kategoriyasi) va maxsus (pasayuvchi, tugallangan) ohang bilan ta’minlangan. Ma’lum bo’ldiki,mazmun va shakl muvofiq emas. Bir mazmun (propozitsiya) turli shakl (so’z birikmasi va gap) bilan ifodalangan. Shuningdek, bir shakl turli mazmunlarni ifodalash mumkin. Masalan, Men o’quvchiman gapi sintaktik shakl sifatida ikki mazmunni ifodalagan. Qiyoslang: Men o’quvchiman – I am school boy. Men o’quvchiman – I am readineer. Mazmuniy sintaksisda sodda gap mazmuni ikki unsur – obyektiv va subyektiv mazmundan iborat deb qaraladi. Obyektiv mazmun sodda gapda aks etgan propozitsiya ( u diktum ham deyiladi), subyektiv mazmun esa bu voqelikka so’zlovchining munosabati (u modusdeb yuritiladi). Masalan, Halim keldi, Halim kelmoqchi, Halim kelsa edi, Halim, balki kelar gaplarida dictum bir xil, ammo har bir gapda modus turlicha. Bir sintaktik birlik bilan turli mazmunning, bir mazmunning turli sintaktik birliklar vositasida ifodalanishi sintaktik birliklarda mazmuniy- sintaktik nomuvofiqlikni keltirib chiqaradi (bunga yuqorida misol keltilidi). Tildagi shakl va mazmun nomutanosibligining sababi shundaki, til ramzlarining birliklarining) mohiyati oddiygina shakl va mazmun bog’lanishi orqali balki til birliklarining o’xshashlik (par adi gmatik) va qo’shnichilik (sintagmatik) munosabatlari orqali aniqlanadi. Shakl va mazmun nomutanosibligining o’zi esa tilning rivojidagi eng asosiy ichki omil hisoblanadi. Tilning o’ z holicha rivojlanib, kunma - kun o’sib borayotgan jamiyat talabini qondira oli shi, jamiyat a’zolariga, hech bir qiyinchilik tug’ dir may rivojlanishi shakl va mazmun nomutanosibligiga ko’ ra yuz ber adi. Biz kunda bu jarayonning guvohi bo’lamiz. quyidagi dalillar ga murojaat qilaylik: 1. Oktabr to’ntarishidan keyin juda ko’p lug’aviy birlik lar ning shakli o’zgar madi, ammo mazmuni o’zgardi: [ arbob, rais, hakim, hakam va b.] 40 —80 -yillarda ko’plab lug’ aviy birliklarning ma’ nolari saqlandi. Shakli esa, asosan, ruscha shakllar bilan almashtirildi: ( sho’ro →sovet, inqilob→revolyusiya,jumhurriyat→respublika,viloyat oblast, tuman→ rayon). 2. Bugungi kunda r us tilidan va u orqali G’ arbiy Yevr opa tillaridan kir gan minglab lug’ aviy birliklar ning hatto ilmiy - texnik atamalar ning ma’no (mazmun)lari saqlanmoqda. Amm o shakli esa qisman o’ zbekcha, ko’pincha ar abcha va tojikcha so’zlar bilan almashtirilmoqda: (Vrach→hakim, televizor→oynaijahon, institut→oliygoh, fakultet→kulliyot, student→talaba kabi). 3. Biz har kuni yuz martalab lug’ aviy birliklar ni ko’ chma ma’ nod a qo’llaymiz. Qiyoslang: [Singlim, bu qanday bino? Akajon, biroz qar ashib yuboring,] Bu gaplar da (singlim, akajon, qarashib yuboring) so’zlarida lug’aviy ma’no o’zgartirilgan, shakl esa saqlangan. Qo’shni tillarda, ayniqsa, ko’p tillilik sharoitida o’z lug’aviy birliklariga ma’nodosh ( sinonim) so’zlar olish, tanlash, ulardan erkin foydalanish ham qayd etilgan nomutanosiblikka ko’ra yuz beradi. Ayniqsa, eski o’zbek tilining badiiy - nazmiy nutqida bu usuldan nihoyatda ko’p foydalanilgan. Shu sababli faqat bir «sevgili» tushunchasini ifodalash uchun eski o’zbek tilimizda 100 dan ortiq shakldosh so’z bor . Bunday imkoniyatlarning barchasi tilning rivojla nishi uchun qulay omil bo’lib, tildagi shakl va mazmun nomutanosibligi bilan asoslanadi.O’zbek tilida sodda gaplardagi mazmuniy - sintaktik nomuvofiqlik (asimmetriya) muammosi o‘rganilgan. Ammo bu masala qo‘shma gaplar doirasida alohida o‘rganilgan emas. Rus tilida esa mazkur masala, qo‘shma gap materialida chuqur tadqiq etilgan. U.Veynreyx to‘g‘ri ko‘rsatganiday, ma’no va uning ifodasi o‘rtasidagi qat’iy moslik faqat ideallashtirilgan semiotik belgilargagina xosdir. Tilda esa, xususan, uning sintaktik sathida gapning shakliy va maz muniy tarkiblari o‘rtasidagi aloqa behad murakkab va ko‘pincha ziddiyatli bo‘lib, ular bir - birlari bilan to‘liq muvofiq kelmaydi, ko‘pincha mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik (asimmetriya) mavjud bo‘ladi. Ana shunday nomuvofiqlikbo‘lmasa, tilshunoslikning oldida muammoning o‘zi ham bo‘lmas edi. Lekin gaplarning aksariyatida ana shunday nomuvofiqlik bor. Shakl va mazmunning bunday ziddiyatli tabiati tilning o‘ziga xos xususiyatidir. Muhimi shuki, til birliklarining shakli va mazmuni o‘rtasidagi dialektik ziddiyat ularning uzviy birligiga to‘sqinlik qilmaydigan emas, balki bu ziddiyat ana shun day birlik mavjud bo‘lgandagin mumkin bo‘ladi, bu tildagi qonuniy va ob’ektiv hodisadir. Aytish lozimki, sodda gaplar doirasidagi mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik, asosan, tildagi tejash tendenstiyasining namoyon bo’lishi sifatida yuzaga kelsa, qo’shma gaplardagi bunday nomuvofiqlikning zamini tildagi ortiqchalik tendenstiyasiga borib taqaladi. Bir propozitsiya sodda gap bilan ham, qo’shma gap bilan ham ifodalanishi mumkin. Qiyoslang: Kamola kelgach, men ketdim( sodda gap). Kamola keldi va men ketdim( qo’shma gap). Qo’shma gap bilan bitta propozitsiya ifodalanib, gapning bir qismi modusnigina ifodalashi mumkin: Men o’ylaymanki (modus), u bugun kelmaydi (dictum, propozitsiya). Sodda gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra turida ham mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik mavjud bo’ladi. Masalan, sodda gap shaklan so’roq gap (She’rdan bahra olmagan kim bor?) bo’lda-da, mazmunan darak (She’rdan hamma bahra oladi) yoki gap shaklan so’roq bo’lsa-da (Oq ayiqlarni ko’rmaysizmi?), mazmunan buyruq (Oq ayiqlarni ko’ring), mazmunan buyruq gap shaklan darak gap xarakteriga ega bo’lishi mumkin. (Borsangiz bo’lardi). Umuman olganda, sintaktik birliklar va ular ifodalayotgan obyektiv voqelik orasida muvofiqlik ham nomuvofiqlik ham mavjud bo’ladi. Buni so’z birikmasida ham, gap bo’laklarida ham, sodda gaplarda ham kuzatish mumkin. Sintaktik birliklarning shakliy-grammatik va semantik-ma‘noviy tomonlari bilan bog‘liq mutanosiblik ham, nomutanosiblik ham o’z mantiqiy asosiga ega bo’ladi va u dialektikaning ma‘lum bir qonun -qoidalariga bo’ysunadi.Ayniqsa, gaplarning shakliy va mazmuniy jihatlari bilan bog‘liq nomutanosiblik dialektikaning inkorni inkor, sabab va uning oqibati, miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga aylanishi qonunlariga qat‘iy amal qiladi. Gap sintaktik tarkibining taksonomik va funksional birliklari hamda ularning o’zaro munosabati ham dialektika va dialektikaning ana shu qonunlari bilan chambarchas bog‘lanib, gapning shakliy va mazmuniy jihatlariga xos mutanosiblik yoxud nomutanosiblikni vujudga keltiradi.Shu o’rinda yana bir muhim qonuniy holat mavjud: funksional birliklarning taksonomik birliklarga aylanishi sintaktik qurilmalardagi shakl va mazmun nomutanosibligining faol omillaridan biri hisoblanadi. Sintagmatik nomutanosiblik sodda gaplar sathida uyushiq va ajratilgan bo’lakli, undalmali, kirish va kiritmali gaplar uchun ham xos bo’ladi. Bundan tashqari, ustama predikatsiyali gap qurilmalarida ham sintagmatik nomutanosiblik mavjuddir. Bunday qurilmalarda ham gap tarkibining shakliy – grammatik birliklari bilan semantik birliklari miqdori muvofiq bo’lmaydi. Professor N.Mahmudov tomonidan sodda gaplarning semantik va sintaktik qurilishi bilan bog‘liq nomutanosiblikning juda ko’p masalalari jiddiy o’rganilgan. Xususan, uning ,,O’zbek tilidagi sodda gaplarda semantik – sintaktik asimmetriya‘‘ nomli monografiyasida kauzativli, qiyosiy sodda gaplar, shuningdek, ikkinchi darajali predikatsiya tufayli murakkablashgan sodda gaplarga xos nomutanosiblikning ko’rinishlari tahlil qilingan. Monografiyada yana shu narsa ta‘kidlanadiki, asimmetrik strukturali sodda gaplarning mavjudligi tildagi tejamlilik tamoyilining namoyon bo’lishidir.Ortiqchalik tamoyili bilan bog‘liq holatda sodda gaplarda semantik – sintaktik asimmetriya yuzaga kela olmaydi. Shakl va mazmun aloqadorligi hamda ularning aloqdorligi masalasi tilshunoslikning markaziy muammolaridan bo’lib,ularni tadqiq qilishda bu ikki kategoriya dialektik birlikda olib qaralishi lozim, zero shakliy va mazmuniy tahlil bir-biri bilan dialektik ravishda bog’langan.Barcha nazariyalar ana shu ikki tomonni, ya’ni shakl va mazmun tomonni to’liq nazarda tutsagina, u haqiqiy nazariya bo’la oladi. Chunki til birliklarining shakliy va mazmuniy qurilishlari o’rtasidagi aloqa benihoya murakkab va ziddiyatli bo’lib, juda ko’p hollarda bu qurilishlar bir-birlari bilan aynan bir xil teng muvofiqlik bo’ladi va bu assimmetriyani hisobga olish shart. Xulosa qilib aytish mumkinki, lingvistik belgining shakli va mazmuni o’rtasidagi assimmetrik munosabat tilning barcha sathlarida amal qiluvchi universal hodisadir.Shunday ekan , uning til sistemasining turli sathlarida amal qilishini monologik planda o’rganish lingvistika oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Download 147.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling