Sodda gap nutqiy sathda
Gapni shakllantirishda ohangning roli
Download 147.5 Kb.
|
Sodda gap nutqiy sathda
3.Gapni shakllantirishda ohangning roli. Nutqiy gapning muhim belgilaridan biri – uning tugallangan ohangga ega bo’lishi.
Gapning fikriy va sintaktik tugalligi ohang jihatidan ham tugallik va yaxlitlikni taqozo qiladi: tugallangan ohang fikrning va sintaktik qurilishning tugalligini bildirib turadi. Zero, gap va gap bo’lmagan nutqiy hodisa (so’z, SB) larning muhim farqlaridan biri ham tugal bo’lmagan ohangga ega bo’lishi. Masalan: 1. Kelgan o’quvchi. 2. Kelgan-o’quvchi. Bu nutqiy hodisaning birinchisida ohang ko’riluvchi, ikkinchisida esa tushuvchi. Ko’rinadiki, birinchi hosila aniqlovchi-aniqlanmish tipidagi birikma bo’lib, u fikr bildirmaydi va bu uning tugal bo’lmagan ohang bilan aytilishini talab etadi. Ikkinchi hosila (kelgan bola) ham tarkibi jihatdan oldingi hoslaga o’xshaydi, lekin tarkibida kesinlik shakli va ma’nosi borligi uchun tugal ohang bilan aytiladi. Shu boisdan birinchi qurilma ochiq, yakunlanmagan, ikkinchisi yopiq va tugallangan. Bir so’zning o’zi ham goh tugal, goh tugallanmagan ohang bilan aytilishi mumkin. 1. Qish. 2. Qish… Demak, so’z yoki birikma fikriy, sintaktik va ohang jihatidan tugallikka ega bo’lib, gap tusiga kiradi. Ohang nafaqat gapning tugallanganligini, balki gapning turli tipini belgilashda ham muhim. Misol sifatida bir so’zini olaylik. Qiyoslang: A’lochi… A’lochi. A’lochi! A’lochi? A’lochi!? Ma’lum bo’ladiki, so’zning atov birligimi yoki sodda gap, sodda gap bo’lsa, qanday tabiatga ega ekanligini nutqda faqat ohang ko’rsatmoqda. So’z yoki so’z birikmasi atov birligi sifatida nitqda sodda gapdan ohang bilan ham farqlanganligi kabi, gapning turlarini farqlashda ham boshqa omillar bilan birgalikda ohangga tayaniladi. Masalan, Jonim! Gapida uning his-hayajon gap ekanligini faqat ohang ko’rsatmoqda. Voy, jonim! Gapida esa leksik (voy) va fonetik (ohang) omil hamkorlik qilmoqda. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari (darak, so’raq, buyruq), his-hayajon ifodalanishiga ko’ra turlarini belgilashda leksik, morfologik omillar ishtirok etishi ham, ishtirok etmasligi ham mumkin, lekin fonetik omilning bo’lishi shart. Gaplar mundarijasi, shakli va vazifasi jihatidan farqlanadi: Men shaharga boraman. Men shaharga boramanmi? Men shaharga boray. Bu gaplarda so’zlovchining maqsadi har xil bo’lganligi bois, ular turlicha shakllangan hamda gapning darak, so’roq va buyruq-istak turli vujudga kelgan. Bu esa gapning turlicha ohangga ega bo’lishini taqozo etadi. Gaplarning grammatik shakllari bir xil bo’lganda ham, ularni ohang farqlab turadi. Demak, gapning grammatik shakli turlicha bo’lsa-da, so’zlovchining maqsadi va ohangi har doim muvofiq. Yuqoridagi misolda aytilganidek, bir gapda turli xil maqsad ifodalangan bo’lishi mumkin. Masalan, Shaharga boraman! Gapida xabar bilan so’zlovchining shodlanishi ham ifodalangan va ular ohang orqali “tasdiqlangan”. Ohang qo’shma gap tarkibiy qismlarini bog’lashda ham namoyon bo’ladi. Ko’pincha, u grammatik vosita o’rnini bosish darajasiga ko’tariladi: Biz ishonamiz – ko’nglimiz to’q. bunda ohang (pauza) ergashtiruvchi bog’lovchi vazifasida qo’llangan. Gap bo’laklari orasida munosabatni ko’rsatishda ham ohang muhim o’r in tutadi. Men – men, sen – sen gaplarida gap bo’lak (ega-kesim)larini farqlashda va ular orasidagi munosabatni ko’rsatishda ohang hal qiluvchi rol o’ynaydi. Halim, ukam o’qishga kirdi va Halim ukam o’qishga kirdi gaplarida Halim so’zining (1-gapda) undalma yoki (2-gapda) aniqlovchi ekanligi og’zaki nutqda ohang orqali bilinib turadi. O’zbek tilshunosligida N.Said, A.Yo’ldoshev, H.G’oziyev, G’.Abdurahmonov, H.Boltaboyeva, G’.Abdurahmonov,A.G’ulomov, M.Asqarova, Sh.Rahmatullayev, R.Rasulov, A.Sayfullayev va A.Mamatov kabi olimlarning sodda gaplar muammosiga doir tadqiqotlari, muhim fikrlari mavjud. Download 147.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling