Sodda gap nutqiy sathda


Download 147.5 Kb.
bet10/13
Sana14.04.2023
Hajmi147.5 Kb.
#1357907
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Sodda gap nutqiy sathda

Kesimlarning ifoda vositalari. Kesim quyidagi vositalar orqali ifodalanadi: 1) mustaqil so‘z shaklidagi bir yoki bir necha o‘zak-negiz bilan (Karim, sen ishga bor. Anor — meva); 2) shaxs-son va zamon affiksi bilan shakllangan so‘z yo so‘zlardan [Ular kigizga o‘tirishdi. (M. Is.)]; 3) ma’lum so‘zga egalik, kelishik, yuklama-affikslar yo ba’zi bog‘lovchilarning qo‘shilishidan. Bularning har birida ham kesimning o‘ziga xos intonatsiyasi bo‘ladi. Masalan: [Bilaman, poylag'ansan... (Ya.) Havo ochiq, oftob tobida ko‘lankadan asar ham ko‘rinmasdi. (M. G.) ...ona rozi bo‘lgach, suyunib ketdi. (M. G.) Yuragi gurs-gurs urib, qizlar yotog‘ining zinapoyasidan ikkinchi etajga chiqayotganda, Zamiralar turgan xona tomondan qizlarning qiy-chuvi va kulgisi eshitildi (P. Q.) ].
Kesimlik affiksisiz kelgan so‘z yoki so‘zlar egadan keyin kelishi bilan kesimlik funksiyasini bajaradi. Demak, bunday so‘zlarning gapda kesim bo‘lib kelishi so‘z tartibiga ko‘ra belgilanadi. Masalan: Kitob chiroyli (chiroyli- kesim). Chiroyli kitob (chiroyli — aniqlovchi).
Kesimning tuzilishi
Qesiidar bir so‘z yoki bir necha so‘zdan tashkil topishi mumkin. Yakka so‘zdan ifodalangan kesim asosan so‘z turkum- larining biridan, bir necha so‘zdan iborat kesim esa bir >so‘z turkumi doirasidagi so‘zlardan yoki yeo‘z turkumlarining turli gruppasiga oid so‘zlardan tuziladi. Shuning uchun, ■ ifoda sostaviga ko‘ra, kesimlar to‘rt gruppaga ajraladi:
sodda kesim, 2) sostavli kesim, 3) birikma kesim, 4) qo- rishiq kesim.
S o d d a k ye s i m. Kesimni ifodalagan so‘zlar so‘z turkum- laridan biriga mansub bo‘ladi. Shu ma’noda kesim fe’l, si- fat, ot, son, olmosh, ravish, undov, taqlidiy so‘z yoki yordam- ■chilar bilai ifodalanadi.
Kesimning egani qaysi jihatdan izohlayotgani uning ifo- da materiali qanday so‘z turkumidan ekanligi-ga bog‘liqdir. Shuningdek sodda yoki qo‘shma gap komponentlari hosil bo‘- lishi ham kesimlarning ifoda materiali bilan aloqador- dir. Demak, kesimning formasi va funksiyasi uning qaysi so‘z turkumi yo so‘zlar turkumi orqali ifodalanganligi bi- lan ochiladi. Shuning uchun kesimning har bir formasini alohida bayon etish maqsadga muvofiq. Shunga asosan kesim- darni ikki turga ajratib qarash mumkin: 1) fe’l kesim,
ot kesim.
Fe’l kesim, Fe’l o‘zining grammatik-semantik xusu- siyati, ayniqsa mayillik kategoriyasi bilan biror belgini ifodalaydi. Demak, fe’l asosan kesimni ifodalashga xos materialdir.
, Kesim fe’l turkumidagi so‘zlarning biri orqali ifoda- lanishi mumkin. Fe’l kesim ish-harakat yoki holatning kim- ga yo nimaga oidligini ko‘rsatadi. Eganing belgisi — ro‘y be- rish zamoni, shaxsi, soni shu fe’l sostavidagi biror morfe- ma yordamida reallashadi. U morfemalar maxsus affikslar >yoki fe’l o‘zak-negizining o‘zi bo‘lishi ham mumkin. Misollar: Go‘dak.... sevikli amakisiga talpindi.
O t k ye s i m. Bu o‘rinda ot termini keng ma’noda (umuman ism ma’nosida) qo‘llanadi va bu gruppa kesimlarga sifat, : ot, olmosh, son, ravish kabi so‘zlarning biri orqali if(o- dalangan kesimlar kiradi. Bular shakllanishlari, ma’ne
funksiyadari jihatdan ham fe’l kssimlardan farhlanadi. Ular o‘zak-nsgiz tarzida bo‘lishlari.yoki byror affiks bilai shakllanishlari mumkin: yolgiz o‘zak-negiz bo‘lsa, bir ele- mentli; o‘zak-negiz va kesimlik affiksi yoki -dir elementi- dan tashkil topsa, ikki elementli; o‘zak-negiz va -dir ele- menti, kesimlik affiksidan iborat bo‘lsa^ uch elementdi bo‘ladi. Qesim'o‘zak-negizga ko‘pdik (-lar), kslishik (-dan) va kesimlik affikslari qo‘shilishi bilan to‘rt elementli ham bo‘ladi (Demak, sizlar yaxshilardansiz). Bu elementlar- ning hammasi qo‘shilsa, besh elementli kesim hosil bo‘ladi (Yaxshilardandirsiz). Har bir zdement kyesim sostavida ma’- lum vazifani bajaradi.
Birikma kesim
Birikma kesimlar birdan ortiqot (yoki son, sifat, olmosh, ravish)larning o‘zaro aniqlovchi va aniqlanmishlik aloqasi- dan yuzaga keladi. Bunday birikma kesimlarning har byr komponenti mustaqil so‘z. tarzida ko‘rinib, grammatik va ma’no jihatdan o‘zaro bog‘lanib, bir butun holda egadan ang- lashilgan lredmet haqida nimadir bayon.etadi. Otlar biriku- vi orqali ifodalangan bunday birikma kesimlar frazeolo- gik birikmalardan tashkil topishi ham mumkin. Bunda ular kesim sifatidagi funksiyalari bilan ega mohiyatiga teng- likni yoki eganing izohi, bayoni singari ma’nolarni ifoda- laydi. Bunday kesimlarda bir qator hollarda, ayniqsa ma- qol tipidagi gaplarda, ega tarkibidagi bosh qism takrorla- pib keladi. Masalan: Bizning kolxoz to‘q kolxoz;qo‘y- l i k, sigirlik kolxoz. (Qo‘shiqdan) Paxta o‘zbek xalqining milliy iftixori, b o y l i g i, sho n- shuhratidir. (Gaz.) Bog‘li kolxoz — yog‘li kolxoz. (Maqol) Uzbekistonning poytaxti — Toshkent shahri.
Bu birikma kesimlarning shu gaplar strukturasida bir- biridan ajratib qaralganda, eganing nima, qanday, qayerligy haqidagi' tasavvur to‘g‘ri anglashilmay qoladi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar
Gapni bosh bo‘laklar yoki bosh bo‘lak shakllantiradi. Gap- .] da bayon etilgan fikrni to‘liqroq ifodalash zaruriyati bosh 11 bo‘laklar yo bosh bo‘lak ma’nosini to‘latish, izohlash, aniq- ; lashtirishni talab etadi. Bu bilan gap tarkibida bosh bo‘- laklardan tashqari, ularga ergashuvchi bo‘laklarni qo‘llash zaruriyati tug‘iladi. Bunday bo‘laklar bosh bo‘laksiz, yolg‘iz; qo‘llanmaydi (ba’zan to‘liqsiz gaplarda yolg‘iz qo‘llansalar ham, bari bir bosh bo‘lakka fikran bog‘lanadi). Gaplardagi bunday izohlovchi va aniqlashtiruvchi bo‘laklar bosh bo‘lak-^ larga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmay bir-birlarini izohlashlari, bir-biriga bog‘lanishlari ham mumkin. Ular bir-birlarining ma’nosini bevosita izohlab, to‘ldirib, shular orqali gapda- gi bosh bo‘lak ma’nosini to‘latishga ko‘maklashadi. Shunday qilib, bevosita bosh bo‘lakka, o‘rni bilan bir-biriga bog‘lan- gan, o‘zlari bog‘liq bo‘lgan bo‘lakni izohlovchi, aniqlashtyruv- chi sintaktik kategoriyalar ikkinchi darajali bo‘laklar deb yuritiladi (Bu haqda «Gap bo‘laklari» bahsiga qaralsin.)
Ikkinchi darajali bo‘laklar, shakllanishlari va funksiyalariga qarab, uch gruppaga: to‘ldiruvchi, hol va aniqlovchiga bo‘linadi.
To‘ldiruvchi
Ish-harakat obyekti bo‘lgan ikkinchi darajali bo‘laklar to‘ldiruvchi deyiladi. Har bir turdagi to‘ldiruvchi, ifoda maqsadiga ko‘ra, gap tuzilishida alohida o‘rin tutadi. Ular funksiya va shakllariga qarab, ikkiga: vositasiz to‘ldiruvchilar, vositali to‘ldiruvchilarga bo‘linadi.
Vositasiz to‘ldiruvchi
Tushum kelishigi shaklida bo‘lgan ikkinchi darajali bo‘laklar gapning o‘timli ish-harakat ma’nosini ifodalovchi kesimga bog‘lanadi. Ular ish-harakatni tamoman o‘ziga qamrabolgan predmetni ifodalaydi. Bunday munosabatga kirishgay birikmaning birinchi xilida ish-harakatni o‘z ustiga olgan, olayotgan yoki shu harakat jarayonida paydo bo‘lgan, bo‘layotgan predmetni (hodisani ham) anglatgan ot bilan o‘timli fe’l(shuningdek o‘timli ma’nodagi harakat nomi) o‘zaro munosabatga kirishadi. O’timli fe’l so’z yoki birikma shaklida bo‘lib o‘tgan, hozirgi yoki kelasi zamonni anglatadi. Misollar:Pochchayev shoshib qo’lini qimtib oldi. (As. M.)
Vositali to‘ldiruvchi
Vositali to‘ldiruvchi jo‘nalish, chiqish yo o‘rin-payt keli- shigi bilan shakllangan yoki ko‘makchi bilan birikkan otlar bilan ifodalanadi. To‘ldiruvchilarning qanday ma’noni ifodalashlari ularning o‘z hokim so‘zlari bilan bo‘lgan mu- nosabatlari asosida ro‘yobga chiqadi.
Hol
Nutqda ish-harakat yo holatning ravishi, payti, o‘rni, sa- 1 babi, maqsadi, miqdor-darajasi kabi ma’nolari anglatuvchi | bo‘laklar ham ishlatiladi. Gapning bu xil bo‘laklari hol ;] hisoblanadi. Hollar ma’no jihatdan qo‘yidagi turlarga: ravish holi, payt holi, o‘rin holi, sabab holi, maqsad holi; ] miqdor-daraja holiga ■ bo‘linadi.
Ravish holi gapda ish-harakat holat yoki belgi-xususiyat- ning qanday tarzda ro‘y berishini anglatadi. Misollar: Ayol o‘zini tezda yo‘ldan chetga oldi. (P. T.)
Payt holi ish-harakat yoki holatning ro‘y berish payt^niI bildiradi. Bunday holda ish-harakat yo holat ko‘pincha gap-*Ya ning bo‘lishli, ba’zan bo‘lishsiz ma’nodagi bo‘lagiga bog‘lannb keladi. Misollar: Elmurod odatdagicha ertalab bola- V larni o‘qitar, t u sh d a n k ye yin uyiga qaytib, dam olar;Sh kechqurun yana kattalar bilan shug‘ullanar edi.
Urin holi ish-harakat yo holatning o‘rni, chiqish-boshlanish yeri yoki ^arakat yo‘naltirilgan tomonni anglatadi. Mysol- lar: Rota komandirlari h.ar yerda uni, har vaqtdagidek, katta hurmat, va hayiqish ifodalagan tur va harakat bilan qarshiladilar.
Miqdor-daraja holi ish-harakat yoki holat bajarilishi- ning miqdor-Darajasini bildiradi. Miqdor-daraja holi ham ko‘pincha bo‘lishli, goho bo‘lishsiz ma’nodagi so‘z yoki so‘z- lar birikmasi orqaln ifodalangan gap bo‘laklariga (ko‘p- roq kesimga) bog‘lanib keladi. Bunday gap bo‘laklari ko‘pin- cha fe’l turkumidagi so‘zlar yoki ular ishgirok etgan tarkib- lar orqali ifodalanadi. Misollar: Ko‘p o‘yla, oz so‘zla! (Maqol)

Download 147.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling