Sodda gap nutqiy sathda


Aniqlovchili birikmaga bog‘langan aniqlovchilar sifat- lovchi yoki qaratqich bo‘lishi mumkin


Download 147.5 Kb.
bet12/13
Sana14.04.2023
Hajmi147.5 Kb.
#1357907
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Sodda gap nutqiy sathda

Aniqlovchili birikmaga bog‘langan aniqlovchilar sifat- lovchi yoki qaratqich bo‘lishi mumkin.
Sifatlovchi aniqlovchili birikma aniqlanmishlar: Haligi tushkun kayfiyat, oqshomgi voqealar hozirgina ko‘- ringan tushday yo‘qoldi. (A. M.) Ona b u ikkinchi gudok eka- nini bildi. (M. G.) S o‘ lim Parkent qishlog‘i. (Gaz.) Saidiy bahorgacha ko‘p yangi kulfatlar orttsrdi.. (A. Qh.) Umr- zoq ota-shoshib-pishib uyga kirdi-da, g u l d o r chinni choynak- ka b i r chimd im ko‘k choy solib, samovar oldida, cho‘kkalab choy damladi. (Sh. R.) Qarshisida e lekt r qo‘l fonari, al- laqanday yirtqichning tunda yongan ko‘ziday, mash’um boqar- di. (O.) To‘la oynakorlik ayvonning zinasi ostidagi qishda samovar qo‘yiladigan podvalda yotardi.. (R. Q.) Shiypondan narida jazillab kabob pishar, undan. ko‘tarilgan ko‘kimtir tutun, shabadada yelib, daraxtlar orasiga kirib ko‘zdan yo‘qolar edi. (A. Q.) P id jagin ishg. t agid an kiyilganoq sadaf tugmali ra,ngdor katak. ko‘ylak arzon qostyumga juda mos kelgan. (P. Q.) Majlisga raislik qilayotgan bosh injener Ildiz Chernyak shundash keyin: «Kimda qanday savollar bor?» deb zalga qaradi. (J$r.)
Qaratqich aniqlovchili birikma aniqlanmishlar':. Menь,
erim — ikkimiz sh a h a r i m i z n y n g markaziy ko‘chalaridan birida ketayotgandik. (Jur.) K o‘ ch a n i n g ikkinchi boshida, paranjili bir xotin ko‘rindi. (Gʻ. Gʻ.) Olimjon o‘zining harbiy kiyimlarini shunday ozoda tutar ediki, hamma kiyim- laridan shunisini ortiq ko‘rgani sezilib turardi. (Sh. R.) Ularning qorli cho‘qqilari ko‘kka tutashgan. (I. R.)
2.3 SODDA GAPLARDA TENG BOG’LANISH
Sodda gaplar o’zaro teng bog’lanishga ega so’zlar bilan kengayadi. Bodomlar, shaftolilar va o’riklar gulladi. Bu gapdagi bodomlar, shaftolilar, o’riklar so’zshakllari sintaktik mazmun jihatdan biri ikkinchisiga tobe bo’lmasdan, teng aloqaga kirishgan va bu aloqa tsng bog’lovchilar yoki ohang vositasida amalga oshirilgan. Bunday tenglanish qatorini hosil qilgan so’zshakllar bir kengayuvchi so’zshaklga tobelanib, sintaktik jihatdan bir xil mavqega ega bo’ladi. Bunday so’zshakl uyushiq so’zshakl deyiladi. Tenglanish qatori gapda har qanday sintaktik mavqeni egallashi mumkin:
Kesim: Siz aqlli va tadbirkorsiz.
Ega: Go’yo Navoiy va Bayqaro qarshimda edi.
Hol: Suv o’ynoqlab, ko’piklanib oqardi.
To’ldiruvchi: U qalam, daftar, ruchka oldi.
Aniqlovchi: Nasibaning va Karimaning opalari keldi.
Undovlar: Aziz do’stlar, yurtdoshlar, sizlarni sog’inib yashadim.
Ko’rinadiki, gapning konstruktiv bo’laklari ham, nokonstruktiv bo’laklari ham uyushishi mumkin.
Uyushiq so’zshakllar bir butun holda, yaxlit uzv sifatida gap struktur qolipiga bevosita (uyushiq kesim, ega, hol) yoki bilvosita (to’ldiruvchi, aniqlovchi va boshqa so’z kengaytiruvchilari) daxldor bo’ladi. Tenglanish qatoridagi so’z shakllar sintaktik jihatdan bir xil mavqega ega bulmasligi ham mumkin. Ya’ni ular bir hokim uzvga tobelanis sa va o’zaro keng aloqaga kirishishsa - da, sintaktik vazifa jihatdan farqlanadi. Masalan: HHHhhar joyda va har kimga sen haqingda gapirdim. Bundagi har joyda va har kimga so’zshakllari o’zaro teng aloqaga kirishgan, lekin biri gap kengaytiruvchisi (har joyda), ikkinchisi esa so’z kengaytiruvchisi (har kimga) dir. Bunday tenglanish qatori uyushmagan tenglanish qatori deyiladi. Uyushmagan tenglanish qatori a’zolarining har biri har Xil lisoniy —sintaktik ko’rinlarning to’ldiruvchilaridir. Xususan, mazkur gapdagi har joyda so’z shakli gap lisoniy strukturasidagi hol o’rnini to’ldirsa, har kimga so’zshakli gap markazidagi atov birligi (W) ning kengaytiruvchisi, gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo’lmagan uzvdir.
Tenglangan so’z shakllarining har biri kengaygan bo’lishi ham mumkin: 1.U dengiz qiyofasini kasb etgan keng paxtazorga va undagi marra uchun kuyib—pishayotgan terimchilarga uzoq tikildi. 2.Sho’x yigitlar, erka qizlar quvnashar.

Download 147.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling