Sodda gap nutqiy sathda
Download 147.5 Kb.
|
Sodda gap nutqiy sathda
Aniqlovchi
Aniqlovchilar gap qurilishida, gapning boshqa bo‘laklari singari, bevosita bosh bo‘lak bo‘la olmay, gapning har qan- day bo‘lagiga ergashib keladi va gap strukturasida ular bi- lan birga ko‘rinadi. Aniqlovchilar o‘zlari tobe bo‘lgan gap bo‘lagining sifati, soni, materiali, ijtimoiy, holatini, kim yoki nimaga oidligi va boshqa xususiyatlarini izohlaydi. Ular fikr ifodasiga aniqlik kiritishda katta ahamiyatga molikdir. Aniqlovchilar odatda aniqlanmishdan oldin (ba’zan ke- yin ham) keladi va ma’no jihatdan ikki gruppaga: sifatlov- chilar (q i z i l gul, b ye sh i n ch i sinf, o q s o q o l l i odam, o‘ sh a kitob, k u m u sh qoshiq, yuqorihosil beradigan bug‘doy kabi), qaratqichlar (Karimning kitobi, o‘ r ik daraxtining guli singari)ga bo‘linadi. Aniqlovchilar aniqlanmishlarning anglatadigan ma’no- lari doirasini ko‘pincha toraytiradi. Masalan, Oltinsoy- l i k l a r n i n g yerlari ko‘p, lekin b u ye r l a r n i n g ham- masi yez oylari quyosh tig‘ida qovjirab qolardi. (Sh. R.) Yan- gilikni qo‘llab-quvvatlash — muq ad d a s burchim. (S. An.)' Bunda umuman yerlar emas, oltinsoyliklarning yerlari, har qanday burch emas, muqaddas darajadagi burch kabi mazmun anglashiladi. Shuningdek aniqlovchilar aniqlanmishning ifoda materialining asliy ma’nosini toraytirmagan, chega- ralamagan holda ham qo‘llanadi. Bunday holda odatda aniq- lovchi aniqlanmishning ma’nosini anyqlashtiradi, unga xos belgini anglatadi: go‘zal Toshkent, yuksak Tyan-Shan, hayotbaxsh Amu. Aniqlovchi so‘z yoki so‘zlar birikmasi orqali ifodalangan aniqlanmishga bog‘lanadi. Yolg‘iz so‘z bilan ifodalangan aniq- lanmish o‘zak-negizdan yoki hozirgi tarkibda sintaktik aloqa ko‘zda tutilmaydigan element (belbog‘, Qoryog‘di kabi)lardan iborat bo‘ladi. Uni aniqlovchining har ikki turi aniqlashi mumkin. Misollar: Myon ham jimjit ko‘chada yolg‘iz bor- moqdaman. (Gʻ. Gʻ.) Ombor tomonda qorovulning toqiye i ta- silladi. (P. T.) Go‘zallik, do‘stlik, mehr-muhabbat simvo- l i gullar, .... (Gaz.) Birikma aniqlanmish bir otning o‘z aniqdovchisi bilan birikuvidan tarkib topadi. Bunday tarkibda.gi aniqlan^ mish otga ma’lum aniqlovchi bog‘lanib, bu aniqlovchili bi- rikma undan oldingi aniqlovchiga nisbatan aniqlanmish va- zifasini o‘taydi (oq s ad af t u g mali kabi),. Biriqma aniqlanmishning komponentlari, ma’no jihatdan o‘zaro, yaqin bog‘lanishli bo‘lganligi uchun, ular birlashtiruvchi in- tonasiya bilan talaffuz etiladi. Bunday aniqlovchili bi- riqmaga bog‘langan boshqa bir aniqlovchi ajratib aytilgan intonasiya bilan ifodalanadi. Masalan, Yangi terim agregat- lari... (Gaz.) Uzbekistonning katta g‘alla xirmoni uchun... (Gaz.) Iboralaridagi so‘zlarning sintaktik munosabatlari quyidagichadir: birinchi misoldagi terim agregatlari tarki- bidagi har iqki bo‘lak ma’no jihatidan o‘zaro aloqaga kiri- shib, ular yangi so‘ziga nisbatan birlashtiruvchi intonasiya bilan talaffuz etilgan, shuning uchun ulardan oldingi yangi so‘zi o‘zidan keyingi terim so‘zining o‘zi bilangina aloqaga kirisha olmaydi, u o‘zidan keyingi aniqlovchili birikmadan ayrim talaffuz qilinib, bu birikmani bir butun holida aniqlaydi. Ikkinchi misol — katta g‘alla xirmoni tarkibida- gi sintaktik aloqalar haqidagi izoh ham xuddi ana shunday- dir. Download 147.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling