Sodda gaplar va qo’shma gapalar
Download 31.5 Kb.
|
samandar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abonent
Atamalar (terminlar) - ilm-fan, texnika, san’atga xos so’zlardir.Bular
odatda bir ma’noni bildiradi: (tilshunoslikda) urg’u, kesim, undalma, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol va b. Atamalar ikki guruhga bo’linadi: Ilmiy atamalar va Kasbiy atamalar Ma’lum bir fan doirasida qo’llaniladigan atamalar ilmiy atamalar deyiladi. Ma’lum kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo’llaniladigan so’zlarga kasbiy atamalar deyiladi. Atamalar ilmiy nutqda qo’llanadi. Ular ikki xil usul bilan hosil qilinadi: a) umumxalq ishlatadigan so’zlar orasidan ayrimlarining ma’nosi torayib, umumxalq tilida bir ma’noni, ilmiy nutqda esa boshqa ma’noni ifodalaydigan bo’lib qoladi: fe’l (umumxalq tilida xarakter, fe’l-atvor ma’nosini, ilmiy tilda so’z turkumi nomini bildiradi); b) boshqa tillardan so’z olish orqali hosil qilinadi: omonim, paronim va b. AKT sohasida ko’p uchratiladigan va ko’p qo’llaniladigan maxsus atamalar va ularning izohli lug’atidan na’munalar : Abonent– hizmat ko’rsatuvchi axborot obyekti ( tizim,tarmoq,majmua) bilan o’zaro ishlash huquqiga ega qurilma, yuridik yoki jismoniy shaxs. Atamalar va ularning vujudga kelishi O’zbek tilining barcha leksik resurslarida bo’lgani kabi atamalarning ham o’z boyish yo’llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi. Bir so’z ikki uslubda, fan sohasida atama sifatida me’yorlashgan bo’lishi ham mumkin. Masalan, morfologiya: 1) tilshunoslikda – tilda so’zlarning o’zgarish shakllari tizimi, grammatikaning so’z shakllarining yasalish usullari hamda so’z yasash qoidalari haqidagi bo’limi; 2) botanikada – tuproqning tuzilishi va shaklini o’rganadigan fan sifatida; assimilyatsiya: 1) biologiyada – organism faoliyati jarayonida organic moddalarning o’zlashishi, singishi va hazm bo’lishi; 2) tilshunoslikda – so’zlarning talaffuzida ularning tarkibidagi ikki tovushning bir-biriga ta’sir qilish natijasida bir-biriga muvofiqlashuvi, bir-biriga singib, o’zshab ketishi; 3) tarix va etnografiyada – biror xalqning ikkinchi bir xalq urf-odatlarini, madaniyati va tilini o’zlashtirishi natijasida unga aralashib qo’shilib ketishi kabi. Dunyoda chetdan so’z o’zlashtirmagan birorta ham til yo’q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to’g’ri keladi. “Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o’zida mavjud bo’lgan so’z yoki termindan foydalaniladi, yo bo’lmasa yangi termin yasaladi” deb yozadi S.Akobirov. E’tirof etish kerakki, o’zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy atamalarning salmog’I katta. An’anaga ko’ra ularni quyidagi yo’nalishlarda o’rganamiz: Ular(tilning sofligi uchun kurashuvchilar - mualliflar)… ko’plab qadimiy so’zlarni tiriltirishni, o’zbek adabiy tiliga qabul qilishni tavsiya qildilar. Masalan, arabcha zahmat, xalq, duo, nasihat, rais, olam, kitob,maktub so’zlari o’rniga emgak, el, oqish, o’g’ut, boshliq, ochun, bitik, yozoq so’zlarini, forscha shahar, guvoh, tajriba so’zlari o’rniga baliq, taniq, sipok so’zlarini, ruscha parovoz, poyezd, revolyutsiya, proletar, samovar, pochta, agronom, elektr, geografiya, botanika, astronomiya, morfologiya, sintaksis kabi so’zlar o’rniga o’txona, otash arava, o’zgarish, yo’qsil, o’zi qaynar, choparxona, ekin bilg’ich, simchiroq, yer biligi, o’simlik biligi, yulduz biligi, sarf, nahv kabi so’z va iboralarni ishlatishni ko’tarib chiqdilar. Til taraqqiyotida buning aksi ham kuzatiladi. Ma’lum fan sohasi yoki kasb-hunarga tegishli bo’lgan atamalarning ma’no doirasi kengayadi – determinlashish jarayoni ro’y beradi, ya’ni ular tor atamalilik doirasidan chiqib, ommalashadi va barcha vazifaviy uslublarda qo’llanila boshlaydi. Masalan: odamni operatsiya qilmoq – valyuta operatsiyasini amalga oshirmoq – harbiy operatsiyani bajarmoq kabi. Ular shu tariqa turg’un birikmalar tarkibida ham qo’llanila boshlaydi: Har bir tilde buganidak o’zbek tiliga ham chitdan atamalar va terminlar kirib kilgan ,ularni aksaryat qisimlari rus , arab , fors – tojik va boshqa tillardan kirib kilgan . Biz esa ularni kupini uzgartirmagan holada qabul qiganmiz . Uni kuplab sohalarda kurishimiz mumkun, tebiyot , bank va boshqa kuplab kasblar va hayotimiz jarayonida kup uchratishimiz mumkun Masalan . Vauchеr – ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlarning (mеhmonxonada to‘xtash, vqatlanish, tarnsport va b.) haqqi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat Invеstitsiya - daromad olish maqsadidagi uzoq muddatli kapital qo‘yilmalar. Imidj - firmaning bozordagi obro‘si Turist – o‘z qiziqishlarini qondirish maqsadida 24 soatdan kam va 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga chеgarani kеsib o‘tgan kishi . Tur - turistlarni aniq yo‘nalish bo‘yicha, hizmatlar majmuasi va muddati aniq bo‘lgan tashishni uyushtirish. Allergiya - Atrofdagi narsalarga (ovqat, chang, dori-darmon va boshqalarga) o‘ta manfiy sezgirlik. Bu holatda odamda toshmalar toshish, chuchkirish, nafas qisish va eng og‘ir holat shok kelib chiq . O’bek tilida yana boshqa ko’plab chitdan kirib kilgan atamalar mavjut va ulzrni hayotimiz davomida kup uchratamiz vz ulzrdan foydalanamiz Almashlab ekish - Bir dalada birin - ketin turli ekinlarni almashtirib ekish, bunda tuproq yildan yilga kuchsizlanish o‘rniga, boyroq bo‘la boshlaydi. Download 31.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling