Sodda gaplar va qo’shma gapalar
Kasbiy atamalar lug’atini haqida tushuncha Leksikologiya
Download 31.5 Kb.
|
samandar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Qomusiy lug‘atlar
- 2.Lingvistik (tilshunoslik) lug‘atlar
2. Kasbiy atamalar lug’atini haqida tushuncha
Leksikologiya so‘zi leksis –so‘z, logos – fan, ta’limot degan ma’nolarni bildiradi. Leksikologiyada tilning lug‘at boyligi o‘rganiladi. Uning lug‘at tuzish masalalari bilan shug‘ullanadigan bo‘limi leksikografiya deb ataladi. Tilimizdagi so‘zlarning alifbo tartibida joylashtirilishiga lug‘at, lug‘at tuzish qoidalarini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasiga esa lug‘atshunoslik (leksikografiya) deyiladi. Lug‘at va ularning turlariTildagi jamiki so‘zlar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi muhim masalalar bilan lug‘atshunoslik shug‘ullanadi. Mukammal tuzilgan lug‘at va so‘zliklar u yoki bu tilning boyligini o‘zida to‘playdi. Lug‘atlar qadimdan yaratib kelingan. Masalan, Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan XX asrda yaratilgan «Devonu-lug‘atit-turk», XVI asrda usmonli turk tilida yaratilgan «Abushqa» lug‘atlari tarixdan bizga ma’lum. Lug‘atlar ikki guruhga bo‘linadi: 1. Qomusiy lug‘atlarda mashhur shaxslar, ilmiy, siyosiy, adabiy hamda ishlab chiqarishga xos tushunchalar, boliqdagi predmetlar, hodisalar haqida ma’lumot beriladi. a) O‘zbek milliy ensiklopediyasi; b) Salomatlik ensiklopediyasi; v) U kim, bu nima ensiklopediyasi. kabi lug‘atlar shular jumlasidandir. 2.Lingvistik (tilshunoslik) lug‘atlar bir tilli va ko‘p tilli bo‘ladi. Bir tilli lug‘atlarga: a) imlo lug‘ati(so‘zlarni to‘g‘ri yozishga yordam beradi) b) chappa (ters) lug‘at (so‘zlar oxirgi harfi bo‘yicha alfavit tartibida joylashtiriladi) v) orfoepik lug‘at (so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi) g) morfem lug‘at (so‘zlarni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratishga yordam beradi) o‘zlashma so‘zlar lug‘ati (chet tillardan kirgan so‘zlarga ta’rif beriladi) ye) frazeologik lug‘at (ibora lug‘ati) yo) terminologik lug‘at (ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalarga izoh beriladi) j) izohli lug‘atlar (tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarga izoh beriladi ) z) chastotali lug‘atlar (ma’lum asarlarda so‘zlarning qo‘llanish darajasi haqida m’lumot beradi) i) paronimlar lug‘ati (tilda mavjud bo‘lgan talaffuzdosh so‘zlar haqida ma’lumot beradi). 1981-yilda yaratilgan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» 2 jilddan iboratdir. Bu lug‘atda so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari haqida to‘la ma’lumot beriladi. 2006-2008 yillarda 5 jilddan iborat «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» tuzildi, unda 80000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi berilgan. Bunday lug‘atlar ma’lum bir ijodkor asarlari bo‘yicha ham yaratilishi mumkin. Masalan, Alisher Navoiy asarlari uchun yaratilgan 4 tomlik lug‘atda 60000 dan ortiq so‘z berilgan. Ko‘p tilli lug‘atlarga esa tarjima lug‘atlari kiradi. Masalan, Q.Berdiyev, Q.Meliyev «Tibbiy atamalar» ruscha-o‘zbekcha lug‘ati kiradi. O‘zbek tilida mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar (shu jumladan, sheva so‘zlari ham) yig‘ilsa 100-120 ming so‘zdan oshib ketadi. So‘zlarning kelib chiqishini izohlaydigan lug‘atlar etimologik lug‘atlar deb ataladi. Terminologik lug‘at. So‘zning terminologik ma’nosi. Determinlashish – terminologik sistemadagi so‘zning adabiy tilga to‘la o‘zlashishidir. TERMINOLOGIYa [lot. terminus - chegara Q yun. logos – fan, ta’limot] Download 31.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling