Sodda hayvonlar tipi Protozoa


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 71.45 Kb.
bet2/6
Sana04.01.2023
Hajmi71.45 Kb.
#1079021
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 Sodda hayvonlar tipi - Protozoa

Foydalanilgan adabiyotlar
1.Salimov B.S., Daminov A.S. «Zoologiya» Oʻquv qoʻllanma. Toshkent, 2012 y.
2 Movlonov O., Xurramov SH. «Umurtqasizlar zoologiyasi»Toshkent,1998 y.
3 Lukin E.I. «Zoologiya» Moskva, 1989 y.
4. D.T.Anderson “Invertebrate Zoology” Oxford University Press 2002.



1-savol. Eng sodda hayvonlar tipining morfofiziologik xususiyatlari.
Bu tipga kiruvchi hayvonlarning barchasi bir hujayradan tashkil topgan. Bu bir hujayrali organizmlar mustaqil yashash va koʻpayishga layoqatliga ega (koʻp hujayrali organizmlarning bitta hujayrasi mustaqil yashay olmaydi).
Har bir hujayra bir butun organizmni tashkil qilib, bu yagona hujayrada tiriklikka xos boʻlgan barcha jarayonlar kechadi.
Bunday organizmlar tarkibida turli hayotiy jarayonlarni bajaruvchi maxsus hujayra organoidlari (mitoxondriya, ribosoma, lizosoma, golji apparati, sentriola) shakllangan. Bir hujayralilar bilan koʻp hujayralilar morfologik jihatidan (tuzilish) oʻxshash, lekin fiziologik jihatidan farq qiladi. Bunday oʻxshashlik, ularning kelib chiqishidagi umumiylikdan dalolat beradi. Bir hujayrali hayvonlarni mustaqil yashashiga sabab, ma’lum vazifalarni bajaruvchi, maxsus hujayra organoidlari mavjud. Zoologiya fanining bir hujayrali hayvonlarni oʻrganadigan boʻlimi – protozoologiya deyiladi.
Tarqalishi. Bir hujayralilarning er yuzida 40.000 dan ortiq turi mavjud boʻlib, ularning 60 % ga yaqin dengiz va okeanlarda, 20 %i chuchuk suv va nam joylarda, 20 % i umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning paraziti hisoblanadi. Parazit turlari odam va hayvonlarning suyuq tuqimalari qon va limfada hayot kechiradi.
Sodda hayvonlarni yashash shakllari.
Sodda hayvonlar evolyusiya jarayonida turli tuman yashash sharoitlariga moslashgan.

  1. Erkin yashovchi

  2. Yirtqich shakllari

  3. Parazit turlari

  4. Simbiont turlari.

Tuzilishi. (morfologiyasi)
Bu tipning deyarli barcha vakillari mikroskopik organizmlar. Kattaligi 2-4 mln.dan tortib, ayrim dengizlarda yashovchi vakillari bir necha millimetrgacha boradi. Kamdan kam turlari 3 sm.gacha boradi. Bir hujayrali organizmlar, barcha yadroli organizmlar singari membrana, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. Hujayra membranasi ba’zilarida yupqa boʻlib ma’lum shaklga ega emas, ba’zilarida zich joylashgan pellikuladan, ayrimlarida esa chigʻanoq paydo boʻlgan. Protoplazmasi ektoplazma va endoplazmadan tarkib topgan. Ektoplazma tiniq rangda, enzoplazma qalin quyuqroq rangda boʻladi.
Ta’sirlanishi. Sodda hayvonlarni tashqi taassurotlarni sezish va unga javob qaytarishi taksis deyiladi. Sodda hayvonlar tashqi muhitdagi yorugʻlik – fototoksis, mexanik-mexanotaksis, harorat-termotaksis, ximiyaviy ximotoksis ta’sirotlarni sezish va javob qaytarish xususiyatiga ega. Ta’sirlanish natijasiga koʻra musbat va manfiy boʻladi. Yorugʻlikka qarab intilsa – musbat, yorugʻlikdan qochsa manfiy boʻladi. Issiqlik muhiti tomon harakatlansa ijobiy, sovuqlik muhiti tomon intilsa salbiy termotaksis kuzatiladi.

Kon’yugatsiya – bu usulda haqiqiy jinsiy jarayon kuzatilmaydi. 2 ta individ bir biriga yopishib yadrolar tarkibi almashinadi.



Download 71.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling