Sodda hayvonlar tipi Protozoa


-savol. Tipning sistematik asoslari va sistematikasi


Download 71.45 Kb.
bet3/6
Sana04.01.2023
Hajmi71.45 Kb.
#1079021
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 Sodda hayvonlar tipi - Protozoa

2-savol. Tipning sistematik asoslari va sistematikasi
Sodda hayvonlarni harakat organoidlarining xususiyati va koʻpayishiga koʻra 5 ta sinfga ajratilgan.
1. Sarkodalilar sinfi – Sarcodina.
2. Xivchinlilar sinfi - Mastigophora yoki Flagellata.
3. Sporalilar sinfi – Sporozoa.
4. Infuzoriyalar sinfi – Infusoria. S.Siliata
5.Knidosporidiyalar sinfi – Cnidosporidia (amaliy ahamiyatga ega emas)


3-savol. Sarkodalilar sinfining morfofiziologik xususiyatlari, sistematikasi, asosiy vakillari
Sarkodalilar sinfi – Sarcodinae. 10.000 dan ortiq turga ega. Ularning koʻpchiligi har xil suv haovazlarida yashaydi. Juda ozchiligi parazit.
Sarkodalilar sinfi qoʻyidagi morfologik xususiyatlari bilan boshqa sinflardan ajralib turadi.

  1. Harakat organoidlari turli sonli oʻzgarib turuvchi yolgʻonoyoqlardan (psevdopodiyalar) iborat.

  2. Sitoplazmasida maxsus membrana qobiq – pellikula boʻlmaydi. Shu sababli ularning tana shakli oʻzgaruvchan.

  3. Ayrim sistematik guruhlari tashqi chigʻanoq hosil qiladi, ayrimlari ichki uq skeletga ega.

Sarkodalilar sinfi 3 ta kenja sinfga boʻlinadi:


I - kenja sinf - Ildizoyoqlilar - Rhizopoda
II - kenja sinf - Quyoshsimonlar - Heliozoa
III - kenja sinf - Nursimonlar - Radiolaria
I. Ildizoyoqlilar oʻz navbatida uchta turkumga boʻlinadi.

  1. Yolongʻoch amyobalar – chuchuk suvlarda, nam tuproqlarda, ba’zi bir vakillari odam va hayvonlarda parazitlik qilib hayt kechiradi. Tanasi sirtqi tomondan pellikula qobiq bilan qoplanmagan, shakli tez oʻzgarib turadi. Tipik vakillari protey amyobasi – Amoeba proteus, ichburugʻ (dizenteriya) amyobasi - Entamoeba histolitica, limaks amyobasi - Amoeba limax larni koʻrsatish mumkin.

  2. Chuchuk suv chigʻanoqli amyobalari. Botqoqliklarda koʻp uchraydi. Xarakterli xususiyatlaridan tanasi organik modda yoki qum parchalarini elimlanishidan hosil boʻlgan chigʻanoqlar ichida joylashgan. Eng koʻp tarqalgan vakillariga difflyugiya – Diflugia oblangata va oddiy arsella – Arcella vulgaris larni koʻrsatish mumkin.

  3. Dengiz chigʻanoqli amyobalari yoki foraminiferalar. Dengiz tubida chuchuk suv chigʻanoqli amyobalariga oʻxshagan, koʻpincha juda koʻp kamerali chigʻanoqlar bilan qoplangan ildizoyoqlilar uchraydi.

Chigʻanogʻi odatda ohak moddasidan tashkil topgan boʻladi. Foraminiferalar nobud boʻlgandan keyin dengiz tubida chukma jinslar hosil boʻladi. Doskaga yozadigan boʻr ham foraminiferalar chigʻanogʻidan tashkil topgan.
Bu turkumning tipik vakili Rotaliya.
II. Quyoshsimonlar – Heliozoa kenja sinfiga kiruvchi hayvonlar koʻllarda va kichik botqoqliklarda uchraydi. Ayrim vakillari dengizlarda ham oʻchraydi. Kattaligi 1 mm.gacha boʻlib, shakli sharsimon. Undan quyosh nuriga oʻxshab nursimon yolgʻon oyoqlar chiqib turadi. Quyoshsimonlarni ildizoyoqlilardan farqi yolgʻon oyoqlari doimiy boʻladi. Koʻpchiligida yadrolar soni koʻp (200 tagacha), ba’zilarida esa bitta boʻladi. Ularni qalqib yuruvchi, oʻrmalovchi, oʻtroq yashovchi shakllari bor.
Bu kenja sinf 1 ta turkum – Quyoshsimonlar turkumidan iborat. Tipik vakili – Aktinosfera.
III. Nursimonlar – Radiolaria kenja sinfi. Bitta turkum nursimonlar turkumidan iborat. Bu sinf vakillarining koʻpchiligi issiq dengizlarda hayot kechiradi. Koʻpchiligi plankton organizmlar boʻlib quyoshsimonlarga oʻxshaydi. Ular markaziy kapsulasini borligi bilan ajralib turadi. Markaziy kapsula organik moddadan iborat boʻlib himoya skeleti vazifasini bajaradi. Kapsuladan nurga oʻxshash skelet ignachalar chiqib turadi.
Tipik vakili Akontomera.
Oʻzbekiston xududida yolongʻoch amyobalar, chuchuk suv chigʻanoqli amyobalari va quyoshsimonlar turkumlari vakillari uchraydi.

Download 71.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling