Sodda hayvonlar tipi Protozoa
Koʻp hujayrali hayvonlarni kelib chiqishi
Download 71.45 Kb.
|
2 Sodda hayvonlar tipi - Protozoa
Koʻp hujayrali hayvonlarni kelib chiqishi.(мустақил уйга вазифа)
Sodda hayvonlardan tashqari, qolgan barcha tiplarga kiruvchi hakyvonlar koʻp hujayrali hayvonlar deb ataladi. Koʻp hujayrali hayvonlarning tuzilishi murakkab lik darajasi turli- tuman boʻlishga qaramasdan ular uchun umumiy hususiyatlar harakterlidir. Hujayralar soni koʻpaygan bilan organizmlar koʻp hujayrali deb atalavermaydi. Misol: Volvoks juda koʻp hujayralardan tashkil topgan, biroq hujayralarini bir-biridan ajratib yuborsak, mustaqil hayot kechravermaydi. Bunday organizmlar kollonial organizmlar deb ataladi. Haqiqiy koʻp hujayralilarda hujayralar differensiallashib (ixtisoslashib) organizmning alohida funksiyalarni bajarishga moslashadi. Natijada ularda ma’lum bir vazifani bajaruvchi hujayralar toʻplami ya’ni toʻqimalar hosil boʻladi. Keyinchalik evolyusion jarayonda organizmlar yanada murakkablashib, bir necha xil toʻqmalardan tashkil topgan organlar va organlar sistemasini hosil qiladi. Rivojlanish mukammalashgan sari korrelyasiya qonuniga binoan organizmlar oʻrtasida bir-biri bilan bogʻliqlik osha boradi va nihoyat organizmlar yaxlit umumiy sistemaga aylanadi. Koʻpchilik olimlarning fikricha koʻp hujayralilar qadimiy geterotrof kolloniol holda yashovchi xivchinlilardan kelib chiqqan. Bunga asos sifatida quydagilarni keltirish mumkin. Sodda hayvonlar ham, koʻp hujayralilarni ham hujayradan tuzilganligi va boʻlinishining bir xilligi. Sodda hayvonlar eng primitiv hayvonlar sifatida koʻp hujayrali hayvonlardan ancha oldin paydo boʻlganligi. Kollonial xivchinlilarda keyinchalik hujayralarni mutaxassislanishi uchun imkoniyatning mavjudligi. Hamma koʻp hujayralilarning embrional taraqqiyoti bittagina hujayradan boshlanadi va dastlabki stadiyalarda kolloniyalarni eslatadi. Biroq hozirgi vaqtda kollonial hayvonlar bilan haqiqiy koʻp hujayralilar oʻrtasida oraliq formalar yoʻq. Er qatlamlarida ham ularning qoldiqlari saqlanib qolmagan. SHuning uchun ham koʻp ham koʻp hujayralilarni kelib chiqishini tushunish uchun ularning embrional taraqqiyotini oʻrganish uchun, biogenetik qonun asosida yondoshish zarur. Hozirgi vaqtda koʻp hujayralilarni kelib chiqishi haqida 160 dan ortiq nazariyalar mavjud. Shularning ichida E.Gekkelning “Gastre” va I.I.Mechnikovning “Parenximulla” nazariyalari bir muncha haqiqatga yaqin. E.Gekkel oʻzning “Gastre” nazariyasini rus olimi A.O.Kovalevskiy va boshqa olimlaning malumotlariga tayangan holda yaratgan. Olimning fikricha hayvonlar shaxsiy taraqqiyot (onitogenez) davomida zigota, morula, blastula va gastrula bosqichlarini oʻtar ekanlar, demak koʻp hujayralilar evolyusiya davomida ana shunday bosqichlarni boshdan kechirganlar. Bu bosqichlar ularning qadimiy avlodlari (siteya, moreya, blasteya va gastreyalar) ning takrorlanishi deb koʻrsatadi. I.I.Mechnikov tuban koʻp hujayralilar (Meduzalarning) embrionol taraqqiyotini oʻrganib, blastuladan keyin keladigan “yangi” stadiya Parenximullani topdi. I.I.Mechnikov morfo-fiziologik nuqtai nazardan bu jarayon hujayralar oʻrtasida funksiyalarni boʻlib olinishi natijasidir. Ya’ni harakat vazifasini bajaruvchi hujayralar – kinoblastlar sirtda qolib harakat vazifasini bajarsa, ozuqa ushlab hazm qiluvchi hujayra – fagotsitoblasitlar ichkariga koʻchib kiradilar va endodermani tashkil qiladi. Shunday qilib I.I.Mechnikov endodermani hosil bshlish sabablarini tushuntirib berdi. Shuning uchun ham u oʻz nazariyasini “Parenximulla”, keyinchalik esa “Fagatsitella” deb aytadi. Download 71.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling