Sodda hayvonlar tipi Protozoa


-savol. Sporalilar sinfining morfo-fiziologik xususiyatlari, sistematikasi asosiy vakillari


Download 71.45 Kb.
bet5/6
Sana04.01.2023
Hajmi71.45 Kb.
#1079021
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 Sodda hayvonlar tipi - Protozoa

5-savol. Sporalilar sinfining morfo-fiziologik xususiyatlari, sistematikasi asosiy vakillari.
Bu sinf oʻz ichiga toʻliq parazitlik yoʻliga oʻtgan bir hujayralilarni oladi. Barchasi parazit erkin yashovchi formalari yoʻq. Toʻliq parazitlik yoʻliga oʻtish natijasida ba’zi organlari morfologik regressga uchragan (harakat organoidlari, hazm organlari, qisqaruvchi vakuolalari yoʻq). Ular tayyor organik moddalarni xoʻjayin tanasidan osmatik yoʻl bilan oladi.
Sporalilarning xarakterli xususiyati, ularning rivojlanish yoʻli bilan oʻtishi, jinssiz koʻpayish stadiyasi koʻplab boʻlinish (shizogoniya) yoʻli bilan kechishi, jinsiy koʻpayish davrida koʻpchiligida usti qalin poʻst bilan qoplangan spora hosil qilishini koʻrsatish mumkin. Spora rivojlanishining bir qismi toshqi muhitda oʻtadigan turlarida hosil boʻladi. Ular dastavval tashqi muhitga sistaga oʻralgan zigotalar (ootsistalar) shaklida tushadi. Ootsistalar tashqi muhitda qulay sharoitda, bir necha marotaba boʻlinib, poʻst bilan oʻralgan bir yadroli bir necha organizmlar (sporozoidlar) hosil boʻladi.
Parazitning rivojlanish davrida zigota tashqi muhitga tushmasdan oʻtsa sporotsistalar hosil boʻlmaydi. Parazit bunday vaqtda bir organizmdan ikkinchisiga vositachi orqali oʻtadi. Sporalilarning rivojlanish sikli ikki xoʻjayinda oʻtadigan boʻlsa, parazitning jinssiz koʻpayish davri oʻtadigan xoʻjayin oraliq xoʻjayin, jinsiy koʻpayish davri oʻtadigan organizm asosiy xoʻjayin deb ataladi.
Sporalilarni koʻpayishi va rivojlanishi murakkablashgan boʻlib odam va hayvonlar qonida, hazm organlarida parazitlik qiladi.
Sporalilar sinfi 3 ta turkumiga boʻlinadi.

  1. Koksidiyalar turkumi

  2. Qon sporalilar turkumi

  3. Piroplazmalar turkumi.

Koksidiyalar turkumi. Juda mayda hayvonlar boʻlib, parrandalar, mayda va yirik shoxli hayvon va odamlarning ovqat hazm qilish hujayralarining ichida parazitlik qiladi. Ular chaqiradigan kasalliklar koksidiozlar deb ataladi. Koksidiozlar parrandachilik va quyonchilik katta zarar etkazadi.
Koksidiyalar ootsistalari suv, oziq-ovqat yordamida xoʻjayin organizmiga tushib, murakkab rivojlanish davrini utaydi.
Koksidiyani taraqqiyoti 3 davrga boʻlinadi. Shizogoniya, gametogoniya va sporoganiya.
1. SHizogoniya davri: hayvon organizmiga ozuqa yoki suv bilan ootsista tushgandan keyin, oshqozonda sista erib ketadi. Sistadan chiqqan sporozoidlar ichak epiteliysiga kirib oziqlanib, oʻsib trofozoidlarga aylanadi. Oʻsish davridan keyin trofozoitlar shizogoniya yoʻli bilan jinssiz koʻpaya boshlaydi. Yadro bir necha marotoba boʻlinish natijasida sakkiztadan oltmish toʻrttagacha yadrolar hosil boʻladi. Har bir yadro atrofida sitoplazma ham boʻlinib, bir qancha organizmlar hosil qiladi.
Bunday organizmlar shizontlar deb ataladi.
Shizontlardan esa sporozoitlar hosil boʻladi.
Sporozoitlar yana qaytadan epiteliy hujayralariga kirib, bir necha marta boʻlinib, sungra gametogoniya davri boshlanadi.
2. Gametogoniya davri: ikkinchi avlod shizontlardan ba’zilari xoʻjayraga kirib trofozoit davrini oʻtaydi, lekin boʻlinmaydi natijada ulardan katta xujayra makrogametalar hosil boʻladi.
Ba’zilari esa trofozoit davridan keyin minglab hujayralarga boʻlinadi. Ulardan juda mayda ikki xivchinli hujayralar – mikrogemetalar hosil boʻladi. Makrogameta mikrogameta bilan qoʻshilib zigota hosil qiladi. Zigota ichak boʻshligʻiga tushib, usti pust bilan uralib ootsistaga aylanadi. Ootsista hayvon tezagi bilan tashqariga tushib, rivojlanishning uchinchi bosqichi sporogoniya boshlanadi.
3. Sporogoniya davri – tashqi muhitda ootsistaning yadrosi ikki marta boʻlinib, turtta hujayra hosil qiladi. Hujayra pust bilan qoplanib sporoblastlarga aylanadi. Sporoblastlar ichidagi hujayralar yana ikkiga boʻlinib, sporotsista hsoil qiladi. Har bir sporotsistaning ichida 4 ta spora, har sporaning ichida 2 ta sporozoid hosil boʻladi. Ootsistalar ozuqa va suv bilan hayvon organizmiga tushadi.
Koksidiyalarni ichida eng koʻp tarqalgani eymeriya avlodi vakillari hisoblanadi.
Qon sporalilar turkumi – Haema sporidia
Qon sporalilar evolyusiya jarayonida koksidiyalardan kelib chiqqan organizmlar boʻlib, issiq qonli hayvonlar qushlar sut emizuvchilar hamda odamlarning qizil qon tanachalari eritrotsitlarda parazitlik qiladi. SHuning uchun ular qon sporolilar deb ataladi.
Qon sporalilarning jinsiy koʻpayishi qon soʻruvchi hasharotlar va kanalar organizmida oʻtadi. Hasharotlar va kanalar qon sporalilar uchun asosiy hoʻjayin hisoblanadi.
Jinssiz koʻpayish davri qushlar va sut emizuvchilarda oʻtadi. Demak ular qon sporalilar uchun oraliq hoʻjayin vazifasini bajaradi.
Qon sporalilar tipik vakili, bezgak plazmodiyasi.
Piroplazmalar turkumi – Piroplazmida
Piroplazmalar oʻziga xos hayvonlar boʻlib, rivojlanishi sut emizuvchilar va qon suruvchi kanalarda oʻtadi. Ularning xarakterli belgisi gametogoniya stadiyasining boʻlmasligi, shizogoniyadan keyin merazoitlar bilan birga qonga melanin pigmentini chiqmasligini koʻrsatsa boʻladi.
Eng koʻp tarqalgan piroplazmalardan teyleriyalar, babeziyalar oilalarini vakillari hisoblanadi.

Download 71.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling