Sodda hayvonlar tipi Protozoa


-savol. Xivchinlilar sinfining morfo-fiziologik xususiyatlari, sistematikasi, asosiy vakillari


Download 71.45 Kb.
bet4/6
Sana04.01.2023
Hajmi71.45 Kb.
#1079021
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 Sodda hayvonlar tipi - Protozoa

4-savol. Xivchinlilar sinfining morfo-fiziologik xususiyatlari, sistematikasi, asosiy vakillari.
Xivchinlilar sinfi vakillari turli tuman boʻlib tabiatda keng tarqalgan. Sarkodalilarga nisbatan ancha aktiv hayot kechiradi. SHuning uchun ham ularga nisbatan ancha murakkab tuzilgan.
Xivchinlilar sinfining xarakterli xususiyati

  1. Tanashaklidoimiy – tanasisirtqitomondanmaxsusqobiqpellikulabilanqoplangan.

  2. Harakatorganoidlariboʻlibxivchinlarxizmatqiladi (1-8 tagacha), ba’zilaridakoʻp.

Xivchinlilar sinfi oziqlanish xususiyatiga koʻra 2 ta kenja sinfga boʻlinadi.
1. Oʻsimliksimon xivchinlilar - Phutomastigina.
2. Hayvonsimon xivchinlilar - Zoomastigina.
Oʻsimliksimon xivchinlilarning xarakterli xususiyati sitoplazmasi tarkibida xlorofill moddasi boʻlgan donachalar xromotoforlar boʻladi. Tipik vakili yashil evglena - Euglena viridis.
Hayvonsimon xivchinlilar: kenja sinfi 3 ta turkumga boʻlinadi.
1.Turkum - Protomonadalar yoki 1-2 xivchinlilar
2.Turkum - Polimastiginalar yoki koʻp xivchinlilar
3.Turkum – Ildiz xivchinlilar yoki Rizomastiginalar.
Protomonadalar turkumi.
Protomonadalarni erkin yashovchi hamda odam va qishloq xoʻjalik hayvonlarida xavfli kasallik chaqiruvchi turlari mavjud boʻlib, ularinng tanasida bir yoki ikki xivchin boʻlishi bilan xarakterlanadi. Erkin yashovchi vakillari orasida yoqali xivchinlilar deb ataluvchi oila vakillari nazariy jihatidan katta ahamiyatga ega boʻlib, koloniya hosil qiladilar va bulutlarning kelib chiqishini tushuntirishda muhim dalil boʻlib xizmat qiladi.
Parazitlik qilib yashovchi protomonadalar turkumi orasida leyshmaniya va triponosoma avlodlarining vakillari muhim amaliy va nazariy ahamiyatga ega.
Leyshmaniyalar juda mayda, 3-4 mikron kattalikdagi hayvon boʻlib, Kavkazorti va Markaziy Osiyo davlatlarida uchraydi.
Leyshmaniyalarni 2 xil turi uchraydi.

  1. Teri leyshmaniyasi – Lieshmania tropica

  2. Ichki leyshmanioz – Lieshmania donovani.

Teri leyshmaniyasi – odam, qishloq xoʻjalik hayvonlari, yovvoyi sut emizuvchilar, ayniqsa kemiruvchilarning terisida parazitlik qilib, yara hosil qiladi. Bu kasallik teri leyshmaniozi mahalliy nomi «pashshaxoʻrda» debataladi. Bunday vaqtda terida bitmaydigan yara hosil boʻladi. Bitgandan keyin chandiq hosil boʻladi. Bu kasallikni birinchi marta 1882 yilda harbiy vrach A.P.Borovskiy topgan.
Parazitni tashuvchisi kemiruvchilar uyida yashovchi hasharot iskabtoparlar hisoblanadi.
Ichki leyshmanioz. Bu leyshmaniya odatda ichki organlar jigar, taloq va qizil ilikda parazitlik qiladi. Bular tomonidan chaqiriladigan kasallik mahalliy tilda «qola ozar» deb ataladi.
Bu parazit bir yoki ikki xivchinli boʻladi.
Xivchinsizi ham mavjud. Xivchinlisi hasharotda, xivchinsizi odamlarda uchraydi.
Leyshmaniyalarni Oʻzbekistonlik olamlar L.M.Isaev, V.L.YAkimov, N.I.Latыshevlar tomonidan chuqur oʻrganilgan.
Triponosomalar – qishloq xoʻjalik hayvonlari va odamlarning qonida va boshqa toʻqimalarida parazitlik qilib yashaydi. Qonda yashovchilari eritrotsitlarda emas, balki qon plazmasida parazitlik qiladi. Triponosomalar ichida qoʻyidagi turlari muhim ahamiyatga ega.
1. Ot triponosomasi – Tryponosoma equiperdum bir xoʻjayinli parazit. Jinsiy organlarda parazitlik qilib, yilqilarda qochirish kasalligini chaqiradi. Bu vaqtda koʻplab biyalar qisir qoladi. Kasallik bevosita jinsiy aloqa vaqtida kasal hayvondan sogʻlom hayvonga oʻtadi.
Odamlarda uchraydigan triponosoma. Trypanosoma gambiense afrika uyqu kasalini qoʻzgʻatadi. 2 xoʻjayinli. Bu kasallikni Se-Se (Glossina palpalis) pashshasi tarqatadi. Bu kasallik asosan tropik mamlakatlarda uchraydi.
Tryponosoma evanse – ot, eshak, tuyalarda kasallik chaqiradi.
Tryponosoma cruzi – Janubiy Amerikada tarqalgan boʻlib, odamlarda «Chagas» deb ataladigan kasallik chaqiradi. Bu kasallikni tarqatuvchisi qandalalar.
2. Polimastiginalar yoki koʻp xivchinlilar. Bularning barchasi parazit boʻlib, umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning ovqat hazm qilish va jinsiy organlarida parazitlik qilib yashaydi. Ularning xarakterli xususiyati, tanasidagi xivchinlar soni 3 va undan ziyod boʻladi. Bundan tashqari tayanch vazifasini bajaruvchi aksostil (oʻq) deb ataluvchi organning boʻlishi, yadroning tananing oldingi qismda joylashishi xarakterlidir.
Bularning keng tarqalgan vakillariga; qoramol trixomonadasi - Trichomonos foetus, qin trixomonadasi T.Vaginalis, T.hominis larni koʻrsatish mumkin. Bundan tashqari odamlar ichagida Lyamblya – Lamblia intestinalis yashaydi. Parazitkasal organizmdan sogʻlom organizmga bevosita oziq-ovqat orqali oʻtadi.
3. Ildiz xivchinlilar yoki rizomastiginalar. Bu turkumda kiruvchi hayvonlar sarkodalilar va xivchinlilarning xarakterli belgilarini oʻzlarida namoyon qiladi. SHakl jihatidan yolongʻoch amyobalarga oʻxshasa, xivchinlarini boʻlishi bilan ulardan farq qiladi. Tipik vakili mastiga amyoba.

Download 71.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling