Sodda kiritmalar so`zlar va so`z-gaplar bilan, murakkab kiritmalar


Download 22.09 Kb.
bet2/7
Sana22.03.2023
Hajmi22.09 Kb.
#1285817
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
56-mavzu

Kirish so‘z
Kirish so‘z so‘zlovchining o‘zi bayon qilayotgan fikriga nisbatan tasdiq, ishonch, shubha, tusmol, fikrning qat’iyligi, fikrning manbai, fikrning oldingi fikr bilan bog‘liqligi, fikrga yakun yasash kabi turlicha modal munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Kirish so‘zlar gap boshida, gap o‘rtasida, gap oxirida keladi, ular gapning boshqa bo‘laklaridan vergul bilan ajratiladi.
Kirish so‘zlar quyidagicha ifodalanadi:
a) sof modal so‘zlar bilan: haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, avvalambor, xullas, koshki, masalan kabi.
b) vazifadosh modal so‘zlar bilan: aftidan, chamasi, balki, umuman, taxminan, ehtimol, shubhasiz kabi.
c) so‘z-gaplar bilan: ha, yo‘q, xo‘p, mayli, mutlaqo kabi.
Kirish so‘zlar vazifadosh modal so‘zlar bilan ifodalanar ekan, bunday vazifadosh modal so‘zlar ko‘proq mustaqil so‘z turkumlaridan o‘sib chiqqan bo‘ladi, ular matnda o‘rni bilan mustaqil so‘z turkumi, o‘rni bilan modal so‘z vazifasida keladi.
Quyidagilar mustaqil so‘z turkumlaridan o‘sib chiqqan modal so‘zlardir:
a) Ot turkumidagi kirish so‘zlar: mazmuni, chamasi, aftidan, baxtimizga, odatda, nazarimda.
b) Sifat turkumidagi kirish so‘zlar: yaxshi, rost, to‘g‘ri, durust, tabiiy.
c) Son turkumidagi kirish so‘zlar: birinchidan, ikkinchidan.
d) Olmosh turkumidagi kirish so‘zlar: menimcha, sizningcha, o‘z-o‘zidan, qalay, nima, o‘z-o‘zicha.
e) Fe’l turkumidagi kirish so‘zlar: aytganday, aytmoqchi, aytishlaricha, eshitishimcha, fahmlashimcha.
f) Ravish turkumidagi kirish so‘zlar: umuman, taxminan.
g) Balki so‘zi zidlov bog‘lovchisi sifatida yoki modal so‘zga ko‘chib, kirish so‘z vazifasida kelishi mumkin.
Mustaqil so‘zlar modal so‘zga ko‘chib, kirish so‘z vazifasida kelar ekan, uning tarkibidagi qo‘shimchalar qotib qolgan hiso­lanadi. Masalan: aft/i/dan – ot, 3 ta morfema, aftidan – modal so‘z, 1 ta morfema
Kirish so‘zlarning ifodalangan fikrga nisbatan qanday modal ma’nolar ifodalashini quyidagi jadval orqali ko‘rishimiz mumkin:




Download 22.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling